• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda to‘rt kishini 26 ming dollar evaziga hajga noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan turfirma xodimlari ushlandi

    Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida haj va umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan shaxslar harakatlariga chek qo‘yildi. 

    Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmalardan birining 4 nafar xodimi 3 nafar fuqaroni ishchi vizasi orqali haj ziyoratiga yuborish evaziga 7 ming dollardan hamda 1 nafar fuqaroni sayyohlik vizasi orqali yuborish evaziga 5 ming dollar, jami 26 ming dollar talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

    Foto: Videodan kadr

    Xizmatning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmaning ish yurituvchisi 2 nafar fuqaroni umra safariga yuborish evaziga 2400 dollar, shuningdek, 3 nafar fuqaroni haj ziyoratiga yuborish evaziga 15 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Foto: Videodan kadr

    Xizmatning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan shaxs 2025-yilda haj safariga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarga soxta e’lonlar joylab, 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. Ularning har biridan 4900 dollar, jami 14 700 dollar olgan vaqtida ushlangan.

    Foto: Videodan kadr

    Chust tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari esa umra ziyoratini tashkil etish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, 3 nafar fuqaroni 1350 dollardan, jami 4050 dollarga umra ziyoratiga yuborishini aytib, shundan 4 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Foto: Videodan kadr

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Toshkent shahrida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs poytaxtda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat orqali 5 nafar fuqaroni jami 27 ming dollar evaziga haj vizasi asosida diniy amallarni bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, oldindan 13 500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan barcha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Haj va umra tadbirlarini tashkil etish

    Haj ziyoratiga borish uchun ruxsatnoma olish talab etiladi. Har yili ajratilgan kvotalar asosida nomzodlar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan nomzodlar safar hujjatlarini rasmiylashtiradi.

    2024-yil iyulida O‘zbekistonda umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangan. Litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan umra xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlangan. Bunday huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 million so‘m) etib belgilangan.

    14 may, 10:40   Izoh (0)   796
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #haj#umra#noqonuniy

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning to‘rtta hududida haj va umra ziyoratlari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

    6 yanvar, 20:45

    Umra va hajga boruvchilar meningitga qarshi emlanishi zarurligi bekor qilinmagan — Sanepidqo‘mita

    12 fevral, 09:20

    Namangan, Xorazm, Farg‘onada haj va umraga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

    18 fevral, 11:03

    O‘zbekistonda haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilgani ma’lum qilindi 

    18 fevral, 21:35

    Toshkentda turistik kompaniyalarga ziyorat turlarini tashkil etishga cheklovlar qo‘yilgani rad etildi

    19 fevral, 09:24

    O‘zbekiston musulmonlari idorasida mablag‘lar o‘zlashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi

    19 fevral, 21:20

    Ramazon oyida 1,7 mingta masjidda Qur’oni karim xatm qilinadi

    28 fevral, 19:25

    O‘zbekistonda umra xizmatini noqonuniy ko‘rsatgan 31 ta sayyohlik firmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    19 mart, 16:00

    Eron ballistik qurollar bilan to‘ldirilgan yerosti bazasini ko‘rsatdi (video)

    26 mart, 09:59

    “Odamlar Afg‘onistonda xavfsizlik o‘rnatilganiga shukr qilishi kerak” — “Tolibon” yetakchisi

    30 mart, 18:25

    Toshkentda 4 kishini hajga jo‘natish uchun 27,2 ming dollar olayotgan turfirma xodimi ushlandi

    11 aprel, 22:35

    Toshkentda to‘rt kishini hajga jo‘natish uchun 23,6 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    14 aprel, 22:41

    “Haj – 2025” mavsumida hojilarga qancha ellikboshi va mingboshi xizmat qiladi? 

    7 may, 22:18

    “Hech kimga bunday oila va hayotni tilamayman!”: bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

    8 may, 18:55

    Maxachkala—Toshkent bo‘yicha parvozlar bir oy davomida kechikishi mumkin

    12 may, 17:00

    O‘zbekistonlik haj ziyoratchilari dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi (foto)

    13 may, 10:03
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.