Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtiroki mavjud bir nechta banklar balansidagi binolarni auksionda sotilgani yuzasidan axborot berdi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB balansidagi Navoiy shahrida joylashgan boshlang‘ich narxi 1,6 milliard so‘m bo‘lgan mehmonxona binosi 1 milliard 700 million so‘mga sotilgan.
“Mikrokreditbank” ATB balansidagi Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 98 milliard so‘m bo‘lgan bino 102 milliard 9 million so‘mga sotilgan.
AT “Xalq bank” Farg‘ona viloyati balansidagi Qo‘qon shahrida joylashgan savdo majmuasi auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 21,5 milliard so‘m etib belgilangan bo‘lib, aytilganidan sal qimmatroqqa — 22 milliard 6 so‘mga sotilgan.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 24 milliard 6 million so‘mlik “Asakabank” AJ balansidagi yengil konstruksiyali issiqxona binosi va chorvachilik majmuasi 25 milliard 9 million so‘mga sotilgan.
Savdolardan ko‘rinadiki, auksionga qo‘yilgan lotlar dastlabki bahosidan ko‘ra yuqori bo‘lmagan narxlarda sotilgan.
Izoh (0)