• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Poytaxtdagi maktablar oshxonasi tijorat maskaniga aylanishi, maktab direktorlariga bosim bo‘layotgani aytilmoqda

    Toshkent shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari oshxonasi tez orada tijorat maskanlariga aylanishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ga ma’lumot bergan murojaatchilarga ko‘ra, Olmazor tumanidagi maktab direktorlari tuman hokimi bosimi bilan oshxonalarni auksion savdoga chiqarishga majbur bo‘lmoqda. 

    Hozirgi kunda ijara markazlari Toshkent shahridagi maktablar oshxonalarini auksion sotuvga chiqarmoqda. Maktab direktorlariga turli ko‘rinishda bosim o‘tkazilib, ular tashkilotlarga chaqirtirilmoqda. Va shu tarzda barcha maktab direktorlari qo‘rqqanidan oshxonalarini auksion savdoga chiqarmoqda. Natijada ayni kunga qadar maktablarda faoliyat yuritib kelgan kichkina korxonalar yuqori narx taklif qilolmaymiz va oshxonalarni sotib ololmaymiz. Ko‘chada turli faoliyat bilan shug‘ullangan korxonalar esa katta narx taklif qilib, sotib oladi. Maktab oshxonalari o‘z-o‘zidan tijorat maskanlariga aylanadi. Aslida maktab o‘quvchilarini sog‘lom ovqatlantirish doimiy davlat nazoratida bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga sotilayotgan mahsulotlar arzonligi nazorat qilib turilishi kerak. Maktab oshxonasini oyiga 20 yoki 30 million so‘mga sotib olgan tadbirkor o‘sha pulni, ishchilar maoshi va o‘ziga qoladigan daromadni chiqarish uchun mahsulotlarni qimmat narxda sotadi yoki maktab oshxonasida sotilishi taqiqlangan mahsulotlarni sotishni boshlaydi. Maktab oshxonalarini auksionda sotib, ishlab bo‘lmaydi. Oshxona tijorat maskaniga aylanib qoladi, — deydi ism-familiyasi ochiqlansa bosim bo‘lishidan qo‘rqqan murojaatchi.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan Olmazor tumanidagi 22-maktab direktori o‘rinbosari maktab oshxonasi hokimiyat topshirig‘iga ko‘ra, auksion savdoga qo‘yilganini tasdiqladi.

    Bizdan shuni talab qilishdi, savdoga qo‘ydik. Ayni paytda sotildimi yoki yo‘qmi xabarim yo‘q, — deydi 22-maktab direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Kamola Hasanova.
    Foto: “Daryo”

    Direktor o‘rinbosarining bildirishicha, maktablarga bunday topshiriq hokim nomidan Iroda ismli xodim tomonidan berilgan. 

    Menga direktor topshiriq berdi, bajardim. Yaqinda ish boshlagan xodimman. Bu holat bilan yaxshi tanish emasman. Va tafsilotni to‘liq bilmayman, — deydi direktor o‘rinbosari. 

    “Daryo” mazkur holatga izoh olish maqsadida Olmazor tumani hokimligi axborot xizmati bilan bog‘lanishga urindi. Biroq, buning imkoni bo‘lmadi, mas’ul qayta-qayta qilingan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

    Maktab oshxonalari auksion savdoga chiqishidan noroziligini bildirayotgan murojaatchilarga ko‘ra, oshxona uchun katta mablag‘ tikib, uni sotib olgan va oyiga 20-30 million so‘m to‘lov qilayotgan tadbirkor uchun birinchi darajali masala sarflayotgan pulini chiqarish, daromad qilish bo‘ladi. 

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi mas’uli, boshqarmaning Moliya bo‘limi boshlig‘i Mahmud Sattorovning tan olishicha, oshxonalarning auksion orqali tadbirkorlar qo‘liga o‘tishi bolalar ovqatining narxi oshishiga olib keladi. Biroq, buning oldini olish uchun harakat qilinadi. 

    Auksion orqali maktab oshxonasini sotib olgan tadbirkorga talab qo‘yiladi. Tadbirkor o‘sha talabni — taqiqlangan mahsulotlar sotmaslikni, ovqatlar narxini oshirmaslikni zimmasiga olsa va shuni bajarsagina u bilan ishlanadi. Bo‘lmasa yo‘q, — deydi Mahmud Sattorov. 

    Shu sohada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorning aytishicha, auksion orqali maktab oshxonasini sotib olgan tadbirkorga hech qanday talab qo‘yib bo‘lmasligini, savdo g‘olibi hech kimga bo‘ysunmasdan faoliyat yuritish ehtimoli yuqori ekanini aytmoqda.

    Deylik biror tadbirkor maktab oshxonasini auksionda yutib olib, oyiga 20-30 million so‘m to‘lab uni ishlatmoqda. Bu tadbirkor uchun eng asosiy masala sarflayotgan pullarini chiqarish va ko‘proq daromad topishdan iborat. Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi esa ikkinchi darajali masalaga aylanadi. Hech kim “yo‘q aynan shu tadbirkor uchun muhimi bolalarning sog‘lom ovqatlanishi”, deya olmaydi. Biz ayni kunda amalda bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining 2016-yildagi 132-sonli qarori asosida faoliyatimizni davom ettirishni, maktab oshxonalari tender savdolari asosida berilishini va eng muhimi tenderda maktab oshxonasi uchun ovqat pishirishga layoqati bor, o‘z ishining ustasi bo‘lganlar qatnashishi tarafdorimiz. Auksion savdoda esa hech qanday talab yo‘q. Savdo g‘olibi hech kimga bo‘ysunmaydi, — deydi suhbatdosh. 

    Murojaatchining hisob-kitobiga ko‘ra, oyiga 25-30 million so‘m ijara markaziga to‘lagan tadbirkor maktab oshxonasidan ishchilari maoshi, xarajatlari va o‘ziga qolishi uchun kamida 50 million so‘m daromad topishi kerak. 

    Bu esa tadbirkorga oshxonada istalgan narsasini jumladan taqiqlangan mahsulotlari, gazlangan ichimliklarni ham sota boshlashiga, o‘quvchilar ovqatini qimmat qilishiga olib keladi. Bu esa ota-onalarga og‘irlik qiladi. Bir so‘z bilan aytganda oshxonadan daromad qilinadi, ammo o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi keyingi o‘ringa tushadi, — deydi u. 

    “Daryo” jurnalisti Toshkentdagi maktablar egasi, poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyevaning bu haqdagi fikrlari bilan qiziqib, jarayonlar maktab o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi, shuningdek, narxlar oshib ota-onalarga og‘irlik qilmasligi uchun qanday yo‘l tutilishi bilan qiziqdi. Biroq, boshqarma boshlig‘i kabinetiga borgan jurnalist bilan ko‘rishib, savollariga javob berishga vaqti yo‘qligini aytib, OAV vakili bilan yuzma-yuz kelishdan tiyildi. Matbuot kotibi esa jurnalist savolini boshqarma boshlig‘iga chala holda yetkazdi.

    Nilufar Husanboyeva.
    Foto: uzedu.uz

    Chala savolga javob bergan boshliq aslida maktab oshxonalarining auksion orqali sotilishiga o‘zi ham qarshi bo‘lganini gapirib yubordi. Ammo boshqarma boshlig‘ining matbuot kotibi bu javobni kutmagandi shekilli, jurnalist boshqarma boshlig‘i bilan telefon orqali bo‘lsa-da, muloqot qilib, savolini to‘lig‘icha bermoqchiligini aytsa-da, go‘shakni bermadi. 

    Nilufar Husanboyevaning kabinetiga kirish joyi.
    Foto: “Daryo”

    OAV vakili bilan muloqotdan qochgan boshqarma boshlig‘i Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmatining tavsiyasi bilanmi ko‘p o‘tmay “Daryo” jurnalistiga aloqaga chiqib, savollarga telefon orqali javob bermoqchiligini aytdi. Ammo jurnalistning aniq raqamlar bo‘yicha so‘ragan savoliga javobi yo‘qligini, hozircha jarayon bilan yaqindan tanish emasligini bildirdi. Shuningdek, poytaxtdagi mavjud maktablar oshxonalarining barchasi ham auksion orqali sotilmayotganini, faqatgina shartnoma muddatlari tugagan maktab oshxonalari sotuvga chiqayotganini, auksion orqali sotilgan oshxonalar egasi boshqarma, bo‘limlar va maktab rahbariyatining ko‘rsatmasi asosida, ularning talabidan kelib chiqib ishlashini, maktablarda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi birinchi darajali masala bo‘lib qolishini aytdi. 

    Foto: “Daryo”

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati rahbari Ilyos Abdujambulovning tushuntirish berishicha, davlat mulki obyektlari ijaraga berilish uchun auksionga chiqarilganda, jumladan maktab oshxonalarining ham ijaraga berish muddati uch yil etib belgilanadi. Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, ijara muddati yana uch yil muddatga uzaytiriladi. Abdujambulov murojaatchilarga tushunarsiz bo‘layotgan holat — auksionda maktab oshxonalarining sotuvga qo‘yilishini izohlar ekan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 660-sonli qarorida faqatgina ijtimoiy soha obyektlarining, jumladan maktablarning ma’muriy binolari sotuvga chiqmasligi ta’kidlanganini aytmoqda. 

    “Daryo” mavzuga qaytadi.

    27.08.2024, 17:49   Izoh (0)   11075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherali Qosimov To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi

    27.08.2024, 16:23

    O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

    27.08.2024, 16:05

    “AQSH afg‘on xalqining mulkini musodara qilishga haqqi yo‘q” — “Tolibon”

    27.08.2024, 15:44

    Erkaklar ko‘pmi yoki ayollar: O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

    27.08.2024, 14:58

    Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

    27.08.2024, 14:37

    Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi. Ekspertlar AQSH nima uchun bunday qarorga kelganini tushuntirdi

    27.08.2024, 14:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.