• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xalqchil IPO” dasturi doirasida O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarning aksiyalari sotuvga chiqariladi

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq O‘zbekistonning yirik kompaniyalari aksiyalarini fuqarolarga ommaviy taklif etishning yangi bosqichi boshlanganligini eʼlon qildi.

    Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida Davlat ulushi bor korxonalarning aksiya paketlari jismoniy shaxslarga sotilishi haqida aytib o‘tgandi.

    "Mazkur “Xalqchil IPO” dasturi mamlakatda aholining barcha qatlamlari orasida keng mulkdorlar sinfini – aksiyadorlarni shakllantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Bu uchun mazkur bosqichda “birlamchi/ikkilamchi ommaviy taklif etish” tamoyili asosida “Olmaliq KMK”, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kabi yirik kompaniyalarni aksiyalari savdoga chiqarilmoqda.

    Foto: Google Images

    Avval xabar berilganidek, ushbu jarayonni o‘tkazishda:

    — KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi Strategik konsultant sifatida va jarayonni muvofiqlashtirish uchun jalb etilgan;

    — Mosaic Financial va Lightman PR konsorsiumi keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirish uchun PR-konsultant sifatida jalb etilgan;

    — 6 ta investitsion vositachilari – “Toshkent” RFB aʼzolari, salohiyatli anderrayterlar ro‘yxati (“g‘oliblar ro‘yxati”)ga kiritilib, ular bilan bosh kelishuvlar imzolangan.

    Bunda “Xalqchil IPO”ni muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun Strategik konsultant bilan kelishgan holda bir yoki bir nechta anderrayterlar “Xalqchil IPO” o‘tkaziladigan muayyan kompaniyalarga alohida shartnomalar orqali biriktiriladi.

    Strategik konsultant bilan hamkorlikda aksiyalar muomalasi va “Xalqchil IPO”ni tashkillashtirish uchun zarur hujjatlar va ushbu kompaniyalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilinib, uning natijalariga ko‘ra dastlab “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning aksiyalarini joylashtirish taklifi ishlab chiqildi.

    O‘z navbatida, Strategik konsultant tomonidan qolgan jamiyatlar kompleks tahlil qilinmoqda va ularning aksiyalarni birlamchi joylashtirishga tayyorligi, ommaviy joylashtirish standartlari va talablarini mos kelishi yuzasidan tavsiya ishlab chiqilmoqda.

    “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning aksiyalarini “Xalqchil IPO” doirasida ommaviy joylashtirishni amalga oshirish maqsadida:

    Biznes-rejasi/strategiyasi va investitsion jozibadorlik tarixi (equity story) ishlab chiqish;
    bukrannerning standart xizmatlari, shu jumladan joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun salohiyatli investorlarning arizalarini qabul qilish, talabnomalarning jamlangan reestrini yuritish va aksiyalarning “Xalqchil IPO”sini tashkil etishni amalga oshirish uchun Kapital-Depozit, Satori IB Group va Satori Capital anderrayter sifatida jalb qilindi.

    “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning aksiyalarining ommaviy taklifini o‘tkazish jarayonida mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo‘lgan jarayonga qo‘shimcha ravishda, “E-auksion” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

    “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ aksiyalarini “Xalq IPO”sini muvaffaqiyatli tashkillashtirishda anderrayterlar zarur mobil ilovalarga ega bo‘lgan tijorat banklari bilan holda hamkorlik qilish imkoniyatiga ega.

    Eslatib o‘tamizki, “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosidagi “Xalq IPO”sida ishtirok etish uchun aholining barcha qatlamlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, fuqarolar o‘rtasida ommalashishga ulgurgan va foydalanuvchilarga qulay bo‘lgan “E-auksion” platformasining joriy imkoniyatlaridan foydalaniladi hamda jarayonga qiziqish bildirgan O‘zbekiston Respublikasining barcha rezidentlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ning arizalari jumladan mazkur platforma orqali qabul qilinadi.

    Bunda, platforma orqali 24/7 onlayn rejimida:

    • talabgorlarni qimmatli qog‘ozlar bozori qonunchiligi talablariga asosan identifikatsiya qilish (ERI, One ID va Mobile-ID);
    • professional brokerni tanlab, ular bilan shartnoma tuzish;
    • depo hisob raqam (aksiya/obligatsiya uchun hisob raqam) ochish;
    • mahalliy investorlar tomonidan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha buyurtmalarni yuborish imkoniyatlari yaratiladi.

    Aksiyalarni joylashtirish parametrlari (narx diapazoni), “O‘zRTXB” AJ aksiyalarining investitsiya salohiyati to‘g‘risidagi materiallar, shuningdek arizalarni topshirish tartibi va muddatlari haqidagi maʼlumotlar “KapDepo” konsorsiumi, Davaktiv agentligi, “O‘zRTXB” AJ rasmiy aloqa kanallari, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shimcha tarzda yetkaziladi.

    Bu orqali, jarayonning har bir bosqichi to‘g‘risida jamoatchilik xabardor qilinishi taʼminlanadi, jalb qilingan PR konsultantlar esa ommabop targ‘ibot-tashviqot jarayonlarini va marketing kampaniyasini amalga oshiradi.

    Yurtdoshlarimizni respublikadagi eng yirik kompaniyalarning aksiyadorlari – egalari bo‘lish va ularni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatidan foydalanishga chorlaymiz", — deyiladi Davlat aktivlarini bosharish agentligi xabarida.

    Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi qaroriga asosan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (2%), “O‘zbektelekom” AK (2%), “O‘zbekiston pochtasi” AJ (5%), “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (5%), “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ (2,4%), “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ (2%), “O‘zbekgeofizika” AJ (2%), “O‘zbekgidroenergo” AJ (2%), “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ (4%), “Temiryo‘lkargo” AJ (4%), “UzAuto Motors Powertrain” AJ (5%), “Toshkent” RFB» AJ (5%) aksiyalarining mahalliy fond bozorida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkazilishi belgilangan.

    24.08.2024, 09:40   Izoh (0)   6536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

    24.08.2024, 09:10

    Tramp Jon Kennedi o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishga va’da berdi

    24.08.2024, 08:40

    O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    23.08.2024, 22:40

    “Daryo” dayjesti: 23-avgustning eng muhim xabarlari

    23.08.2024, 22:17

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi

    23.08.2024, 21:50

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi

    23.08.2024, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.