Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “E-auksion” savdosi orqali yutib olingan yer maydonini sotishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro X.X. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, “E-auksion” savdosi orqali Shahrisabz tumani hududidan yutib olgan 1,2 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)