Quyoshda paydo bo‘lgan ulkan koronal teshik tufayli yaqin kunlarda Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qamrab oladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti va Quyosh—Yer fizikasi instituti vakillari xabar berdi.

Geomagnit holat 21-aprelgacha osoyishta bo‘ladi. Ob-havoga ta’sirchan kishilar dushanba kuni kechqurun faollikning keskin ko‘tarilishini sezishlari mumkin. Shunday qilib kuchli magnit bo‘roni yuz berish ehtimoli 80 foizgacha oshadi.
Geomagnit g‘alayonlarning eng yuqori nuqtasi 23-24-aprel kunlariga to‘g‘ri keladi. Olimlar G2 toifasidagi kuchli bo‘ronlar bo‘lishini bashorat qilmoqda. Magnit foni faqat 25-29-aprel oralig‘ida barqarorlashadi.
Magnit bo‘roni taxminan ikki sutka davom etishi kutilmoqda. U 21-aprel soat 14:00 dan keyin boshlanadi. Geozarbalar kun bo‘yi davom etib, 23-aprelga o‘tadi. Faqat chorshanba kuni soat 21:00 dan keyingina Yer magnitosferasi tinch holatga qaytishi ehtimoli mavjud.
Biroq koronal teshiklari ko‘pincha kutilmagan bo‘ronlarni keltirib chiqarishi, ba’zan ularning davomiyligi taxmin qilinganidan ancha uzoq bo‘lishi mumkin.
Magnit bo‘roni paytida o‘zingizni yomon his qilmaslik uchun nima qilish kerak?
Shifokorlarning aytishicha, uyqu tartibiga rioya qilish, spirtli ichimliklar va yog‘li taomlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik, yetarli miqdorda suv ichish hamda jismoniy faollik va ochiq havoda sayr qilishni aslo unutmaslik lozim. Shunda siz tanangiz tetikligini saqlab qolasiz va magnit bo‘ronlari ta’siriga kam uchraydigan bo‘lasiz.
O‘tgan haftada ham Yerga kuchli magnit bo‘roni yopirilib kelgandi.
Izoh (0)