KTI va QYFI Quyosh astronomiya laboratoriyasi veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning magnit maydonida kuchli magnit bo‘roni qayd etildi.
“Hozirda Yer magnitosferasida magnit bo‘ronining kuchli G3 darajasi sodir bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.
Magnit bo‘ronlari necha bosqichda bo‘ladi?
- G1 - zaif bo‘ron;
- G2 - o‘rtacha bo‘ron;
- G3 - kuchli bo‘ron;
- G4 - juda kuchli bo‘ron;
- G5 - ekstremal kuchli bo‘ron.
G3 darajali bo‘ron sun’iy yo‘ldoshlar va elektr tarmoqlarida uzilishlarga olib kelishi mumkinligini anglatadi.
Meteovesti portalining xabar berishicha, magnit bo‘roni 11-avgust kuni kechqurun boshlangan, ertalab esa kuchaygan. Bo‘ron deyarli kun oxirigacha davom etadi.
“Seshanba kuni ham zaif geomagnit maydon buzilishlarining alohida davrlari saqlanib qoladi va 13-avgust kuni Yer magnitosferasi sokin holatga qaytadi”, deb yozadi portal.
Izoh (0)