Quyoshning faol qismida ikkinchi kuchli chaqnash qayd etildi. Bu haqda The Watchers nashri xabar berdi.
21-sentabr kuni M8.7 sinfidagi kuchli Quyosh chaqnashi sodir bo‘lgan. Hodisa UTC 12:42 (Toshkent vaqti bilan 17:42) da boshlangan va 13:02 UTC (Toshkent vaqti bilan 18:02) da tugagan. Bu so‘nggi ikki kun ichidagi ikkinchi M8 quyosh chaqnashidir.
Avvalgi chaqnash 20-sentabr kuni olti daqiqa davom etgandi. Quyoshdan koronal massa ajralib chiqmagan, biroq to‘lqin Yer tomon yo‘naltirilgan. Uning ta’siri Janubiy Amerika, Atlantika okeani, G‘arbiy Yevropa va Afrikaning katta qismida sezilishi kutilmoqda.
Chaqnash yuz bergan qismda hali ham yetarlicha energiya mavjud. Shuning uchun yaqin kunlarda Yerga qaratilgan yangi chaqnashni inkor etib bo‘lmaydi.
Kelgusi uch kun ichida Quyosh faolligi o‘rtacha bo‘lishi kutilmoqda. Quyosh chaqnashlari xavfli bo‘lib, Yer atmosferasi va texnologiyasiga ta’sir qilishi, shuningdek, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Sentabr oyidagi magnit bo‘ronlari
Prognozlarga ko‘ra, sentabr oyi oxirigacha kamida ikkita magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda. Biri 26-sentabrda boshlanadi va ancha kuchli bo‘ladi. Taxminan, uch kun, 28-sentabrgacha davom etadi. Oxirgi magnit bo‘roni esa 30-sentabr kuni kuzatilishi mumkin.
Izoh (0)