Futbol bo‘yicha 17 yoshlilar o‘rtasida Osiyo Kubogi doirasidagi 2-tur uchrashuvlari 6-aprel, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib bordi. Dastlab hisob 33-daqiqada Jang Chengrui tomonidan ochildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sadriddin Hasanov gol urib, tablodagi hisobni tenglashtirib qo‘ydi.
Ikkinchi taym teng kurashlar ostida boshlandi. Ammo 86-daqiqaga kelib, Asilbek Aliyev O‘zbekistonning navbatdagi golini kiritib, jamoaga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket ikki turda g‘alaba qozonib, 6 ochko qo‘lga kiritdi. Guruhning ikkinchi bahsida mezbon Saudiya Arabistoni Tailandga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu bellashuvda mezbonlar ochko yo‘qotmasa, O‘zbekiston bugunning o‘zida JCH masalasini hal qiladi.
U-17 Osiyo chempionati
2-tur
6-aprel, yakshanba
Xitoy — O‘zbekiston 1:2
Gollar: 1:0 — Jang Chengrui (33), 1:1 — Sadriddin Hasanov (45+1), 1:2 — Asilbek Aliyev (86)
Izoh (0)