• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    FIFA Jahon chempionati saralashida porlayotgan Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi

    FIFA sayti Jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan 6 yosh futbolchi faoliyatiga to‘xtaldi. Ular orasida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev ham bor. “Daryo” ushbu maqolani to‘liqligicha taqdim etadi.

    Foto: FIFA

    Mustahkam himoyachilar, markazda o‘yinni tashkil qilib beruvchilar, ayyor qanot futbolchilari va aniq zarba beruvchi hujumchilar: FIFA Osiyo saralashining so‘nggi bosqichida ko‘zni qamashtirayotgan oltita yulduzni ko‘zdan kechirdi.

    • Osiyoda Jahon Chempionati saralash bosqichi uchinchi raundi tugashiga atigi to‘rt o‘yin qoldi.  
    • Yosh iste’dodlar 6-turda yana bir bor porladi.  
    • Abdulla, Amin, Fayzullayev, Ferdinan, Kim va Majid alohida ajralib turdi.

    Osiyo yoshlar darajasida ajoyib natijalarga ega: o‘tgan beshta FIFA U-20 Jahon Chempionatining uchtasida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC)ga a’zo davlatlar yarim finalga yetib borgan, shuningdek, U-17 va U-23 darajalarida ham o‘zini ko‘rsatgan.  

    Ammo muammo ko‘pincha yosh iste’dodlarni haqiqiy yulduzlarga aylantirishda bo‘lgan. FIFA Jahon Chempionati—26 saralash bosqichida davom etayotgan o‘yinlar qit’ada iste’dodlar kam ekanini inkor etadi.  

    FIFA yaqinda o‘tgan OFK saralash o‘yinlarida o‘z mahoratini namoyish etgan oltita yulduzni yoritib beradi.

    Harib Abdulla (BAA)

    Fabio Limaning to‘rtta goli BAAning Qatar ustidan qozongan yirik g‘alabasida asosiy e’tiborni tortgan bo‘lishi mumkin, ammo amirlik yosh iste’dod Harib Abdullaning bu muvaffaqiyatdagi hissasini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. 

    Dinamik hujumchi o‘zining tezligi va bevosita hujumlari bilan doimiy xavf tug‘dirib, bir nechta gollarni tashkil qilishda muhim rol o‘ynadi. U ikkinchi golga olib kelgan penaltini ishlab oldi va uchinchi ajoyib golga zamin yaratgan jarima zarbasiga ham sababchi bo‘ldi.

    Foto: FIFA

    Yusuf Amin (Iroq)

    Osiyo qit’asida Iroqdan ko‘ra ko‘proq yosh iste’dodlarga ega millatni topish qiyin. Husayn Ali, Ali Jasim, Zidan Iqbol va Ali Al-Hamadi kabi o‘yinchilar hali o‘smirlik yoshida bo‘lsa-da, birinchi jamoada muntazam o‘ynashmoqda.

    Bu safar esa yana bir yosh yulduz o‘zini ko‘rsatib, jamoasiga mundialning final bosqichiga ikkinchi bor yo‘l olishi uchun muhim uch ochko taqdim etdi. Dortmundning "Borussiya" klubida tarbiyalangan 21 yoshli Yusuf Amin Muskatdagi o‘yinda Aymen Husaynning uzatmasini aniqlik va xotirjamlik bilan golga aylantirib, jamoaning yagona golini urdi.

    Foto: FIFA

    Abbosbek Fayzullayev (O‘zbekiston)

    Yaqindagina OFK’ning Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga sazovor bo‘lgan Abbosbek Fayzullayev o‘z obro‘sini yanada oshirishda davom etmoqda. Koreya Xalq Demokratik Respublikasini mag‘lub etishda ko‘rsatgan mahoratli o‘yini bunga yana bir misol bo‘ldi.

    Bo‘yi kichik bo‘lsa-da, yuqori texnik mahorati va himoyachilarni dog‘da qoldirishga bo‘lgan qat’iyati bilan ajralib turadigan Moskva klubi vakili Vyentyan shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda yagona golni kiritdi. U jarima maydonchasining tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab “Oq bo‘rila”ni ilk bor Jahon chempionatining final bosqichiga chiqish yo‘lida imkoniyatlarini yaxshiladi.

    Foto: FIFA

    Marselino Ferdinan (Indoneziya)

    Uzoq vaqtdan beri “Garuda”ning navbatdagi buyuk iste’dodi sifatida e’tirof etilayotgan Marselino Ferdinan, so‘nggi sakkiz finaldan oltitasida qatnashgan Saudiyadek kuchli jamoani mag‘lub qilishda markaziy rol o‘ynadi. Mahalliylashtirilgan yulduzlar soni ortib borayotgan tarkibda, 20 yoshli Surabayalik futbolchi mahalliy futbol ham yetuk iste’dodlarni yetishtirayotganini ko‘rsatdi.

    Jakartadagi Gelora Bung Karno Stadionida, futbolning ulkan sahnalaridan birida, Marselino 2:0 hisobidagi g‘alabaning ikkala golini ham kiritdi. Birinchi golni penalti nuqtasi yaqinidan murakkab zarba bilan amalga oshirdi, ikkinchisini esa chaqqon reaksiyasi bilan to‘pni darvozaga yo‘llab, o‘z xalqining saralash bosqichidagi umidlarini qayta jonlantirdi.

    Foto: FIFA

    Kim Yu-song (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi)

    O‘yinning ko‘p qismini himoyada o‘tkazadigan jamoa safida Kim Yu-song saralash bosqichi davomida haqiqiy ajralib turuvchi futbolchiga aylandi. 21 yoshli pxenyanglik himoyachi o‘zining tezligi, aniq uzatmalari va o‘yinni puxta anglash qobiliyati bilan vaqtida to‘pni egallab olish va raqibni to‘xtatishda mohirlik ko‘rsatmoqda.

    U Koreya XDRning to‘rt kishilik mudofaasida faxriy futbolchi Chang Kuk-chol uchun ideal sherik bo‘lib xizmat qilmoqda. Laosdagi neytral hududda o‘tgan o‘yinda ham u ajoyib o‘yin ko‘rsatib, uchta muhim zarbani to‘sdi, ikki bor to‘pni hujumchidan olib qo‘ydi va bir necha marta zaruriy bloklar amalga oshirdi.

    Foto: FIFA

    Yusuf Majid (Kuvayt)

    Kuvayt futbolining katta umidi bo‘lgan Yusuf Majid birinchi bo‘limda raqib tomonidan nazorat ostida turdi. Shunday bo‘lsa-da, to‘p yo‘q paytdagi uzluksiz harakati bilan ajralib turdi. Bu uning o‘yinining kam baholanadigan qismi hisoblanadi. Uning tinimsiz to‘psiz harakati Iordaniyadek xavfli jamoa uchun maydonda joy topishni qiyinlashtirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Yusuf hal qiluvchi assistni amalga oshirib, hisobni tenglashtiruvchi golga sabab bo‘ldi va Kuvaytning saralashdagi umidlarini saqlab qoldi.

    Foto: FIFA

    Ma’lumot uchun Osiyo qit’asidagi mundial saralashining 6-tur uchrashuvlari 19-noyabr kuni o‘tkazildi. Qolgan 4 tur 2025-yilda bo‘lib o‘tadi. 20-mart kuni bo‘ladigan 7-tur bahsida O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Qirg‘izistonni qabul qiladi.

    22.11.2024, 11:25   Izoh (0)   56308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Abbosbek Fayzullayev#Jahon Chempionati saralashi#O‘zbekiston milliy jamoasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tarix yozgan shaxmatchilar, to‘xtashni bilmayotgan Chusovitina, Nuriddinovning kambeki va intrigaga boy bo‘lgan Superliga. O‘zbek sportida yil sarhisobi

    31.12.2022, 18:00

    JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi 

    06.06.2024, 21:24

    Asosiy himoyachisiz qolgan Eron bosh murabbiysiz O‘zbekistonga qarshi: futbolchilarimiz qora an’anaga chek qo‘ya oladimi?

    09.10.2024, 15:37

    Srechko Katanes noyabr oyi o‘yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi 

    06.11.2024, 11:18

    RPL. “SSKA” safarda “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etdi, Abbosbek Fayzullayevdan golli uzatma 

    10.11.2024, 17:03

    Jahon chempionatiga yo‘l xatarli Qatar orqali bo‘ladi: O‘zbekiston Osiyo Kubogidagi mag‘lubiyat uchun qasos oladimi?

    13.11.2024, 15:06

    Umar Eshmurodov: “Muxlislarni uyaltirib qo‘yishga haqimiz yo‘q”

    14.11.2024, 09:50

    JCH — 2026 saralashi. Qatar so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi 

    14.11.2024, 23:25

    Qatardan alamli mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining o‘yini qanday baholandi?

    15.11.2024, 02:08

    Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi 

    15.11.2024, 20:45

    Shimoliy Koreya—O‘zbekiston: milliy jamoa ikkinchi o‘rinda qolishi uchun g‘alaba qozonishi shart bo‘lgan bahs haqida

    18.11.2024, 15:02

    O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi muhim o‘yinda qiyin g‘alabaga erishdi

    19.11.2024, 18:57

    10 kishi qolgan holda g‘alabaga erishgan O‘zbekiston termasi o‘yinchilari qanday baholandi?

    19.11.2024, 20:16

    O‘tkir Yusupov KXDR ustidan qozonilgan g‘alaba haqida: “Bir kun oldin taktika-paktikani yig‘ishtirib, hamma borini berib, yurakdan o‘ynasa, yutamiz deb kelishgandi...

    19.11.2024, 19:53

    Abbosbek Fayzullayev futbolchining eng katta dushmani haqida gapirdi

    20.11.2024, 16:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.