Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra endilikda mamlakat bosh jamoasini Vadim Abramov boshqarib boradi. Avvalroq argentinalik Ektor Kuperning terma jamoa rulidan ketganligi haqida xabar berilgandi.
Ta’kidlanishicha, Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Temur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.
Ma’lumot uchun, Abramov O‘zbekiston terma jamoasini avval ham boshqargan. U 2012-yil 4-iyunida Eronga qarshi mag‘lubiyat sabab terma jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.
Qayd etish lozim, Vadim Abramov ayni damda “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi ham sanaladi. Uning klubdan ketishi yoki bir vaqtda ikki jamoada ishlashi haqida ma’lumot berilmagan.
O‘zbekiston terma jamoasining Abramov qo‘l ostida 2011-yilgi Osiyo Kubogida qayd etgan natijalari
Guruh bosqichi- Qatar — O‘zbekiston 0:2
- Kuvayt — O‘zbekiston 1:2
- Xitoy — O‘zbekiston 2:2
- O‘zbekiston — Iordaniya 2:1
- O‘zbekiston — Avstraliya 0:6
- Janubiy Koreya — O‘zbekiston 3:2
O‘zbekiston terma jamoasining Abramov qo‘l ostida 2014-yilgi Jahon Chempionati uchun saralash bahslarida qayd etgan natijalari:
JCh—2014 2-saralash bosqichi- O‘zbekiston—Qirg‘iziston 4:0 (3:0)
- Tojikiston — O‘zbekiston 0:1
- O‘zbekiston — Yaponiya 1:1
- KXDR — O‘zbekiston 0:1
- O‘zbekiston — KXDR 1:0
- O‘zbekiston — Tojikiston 3:0
- Yaponiya — O‘zbekiston 0:1
- O‘zbekiston — Eron 0:1
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)