• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qatar JCh—2022 mezbonligidan mahrum bo‘ladimi? Iste’fodan so‘ng “portlagan” Kabayev, chet el ligasida chempion bo‘lgan 17-o‘zbekistonlik. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 24-mayda nimalar haqida yozgan?

    Futbol – yildan yilga o‘zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o‘yiniga aylanayotgan sport turi. Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televideniye, radio va gazeta-jurnallar orqali yetkazib berilgan.

    Xo‘sh, 11 yil avval 24-may kuni o‘zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O‘zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida e’lon qilib boriladi.

    Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvlari, jumladan, 4-iyun kuni Xitoyga qarshi o‘ynashi aytilgan, ammo “Interfutbol” gazetasining 24-may sonida berilgan xabarga ko‘ra, ushbu uchrashuv O‘FFning iltimosiga binoan bir kun keyinga ko‘chirildi.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Bunga nima sabab bo‘lgan degan savolga javob ham bir ajoyib – MTJ 1-iyun kuni Kiyevda Ukraina bilan o‘yin o‘tkazgan, endigi manzil esa Sharqiy Osiyo. Futbolchilarning charchab qolmasligi uchun murabbiylar tomonidan shunday fikrga kelingan. Kishini hayron qoldiradigani – ushbu holat yuzaga kelishini taxminan hamma, hech bo‘lmasa murabbiylar yaxshi anglagan. Ammo nega uchrashuv sanasi kelishilayotganda shu kabi faktorlar inobatga olinmagan, qiziq.

    “Interfutbol” gazetasining 17-may kungi sonida O‘FFga FIFA vakillarining kelishi kutilayotgani va unda yollar o‘rtasida U-20 Jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi muhokama qilinishi aytilgandi, gazetaning 24-maydagi sonida xabar berilishicha, FIFA vakillari O‘zbekistonga kelgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Delegatsiya O‘zbekistonda uch kun ish olib boradi. Borish reja qilingan manzillar: Toshkentdagi “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “JAR” stadionlari, shuningdek, Qashqadaryodagi “Markaziy”, “Nasaf”, “B.Vafoyev” hamda bir qator mashg‘ulot maydonlari.

    Ma’lumot uchun, o‘sha vaqtda FIFA O‘zbekistonga mundial mezbonligini bergan, biroq keyinchalik tashkilotning o‘zi O‘zbekistonni bu huquqdan mahrum qilgan.

    “Toshkentda xalqaro turnir” sarlavhali xabarda gap futzal haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, 28—31-may kunlari Ozarbayjon va Rossiyadan futzal klublari, Vyetnamning esa butun boshli terma jamoasi O‘zbekistondagi musobaqada ishtirok etadi. Mezbon mamlakat nomidan esa “Ardus” ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Xabardagi e’tiborga molik jihat – O‘zbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi tomonidan ushbu uchrashuvlarni tomosha qilish uchun “O‘zbekiston” sport majmuasiga kirish bepul. Aytish joizki, 11 yil o‘tib ham, bugungi kunda ayrim futzal turnirlariga kirish mutlaqo bepul.

    2011-yilning 19-may kuni 40 yoshga to‘lgan “Paxtakor”ning vitse-prezidenti Samvel Babayan “Interfutbol”ga intervyu bergan. U jamoa tarkibining yoshartirilishi borasidagi savollarga ham javob berib o‘tgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Samvel Vyacheslavovich, shuningdek, qachon o‘zbek televideniyesi futbol translyatsiyalari uchun klublarga haq to‘lashi to‘g‘risidagi savolga ham javob berib, jumladan, shunday degan: “... birinchi navbatda, oliy ligada ko‘rsatilayotgan futbolning o‘rtacha sifati oshishi zarur... o‘ylashimcha, O‘FF bu yo‘nalishda ham katta ishlarni olib boryapti”.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Oradan 11 yil o‘tib ham ko‘rishimiz mumkin, TV translyatsiyalar uchun klublarga pul to‘lamaydi.

    Oliy liga taqvimida esa yana o‘zgarishlar. Avvalroq, MTJning o‘rtoqlik uchrashuvlarida “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” futbolchilari ishtirok etishi sabab O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi bahs 29-mayga qoldirilgani aytilgandi. Endi esa ushbu o‘yin noma’lum muddatga qoldirib yuborildi.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Shuningdek, “Paxtakor”ning O‘zbekiston kubogidagi “Andijon” qarshi uchrashuvining sanasi ham o‘zgartirilgan. Bunga sabab – O‘zbekiston MTJ hamda OTJning yig‘inlariga “paxtakorchi” futbolchilarning chaqiruv olishi. Bundan tashqari, taqvimdagi bir qator uchrashuvlarning ham sanasida o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rish mumkin.

    Oliy liganing 8-turidan so‘ng “Qizilqum”da iste’fo yuz bergan, xo‘sh, murabbiy nega jamoadan ketdi? “Marat Kabayev ‘portladi’ ” sarlavhasi ostidagi intervyuda mutaxassis nima sababdan iste’foga chiqqani haqida to‘xtalib o‘tgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    E’tiborga molik tomoni shundaki, klub rahbariyati o‘tgan yilgi qarzlarni 20-yanvardan so‘ng berishga va’da qilgan. “Yigitlar bilan hazillashib, 20-yanvardan keyinligi aniq, ammo qaysi yil, qaysi oy yoki qaysi kun ekanligi noaniq, deb kulishardik. Xullas, aprel oyida oz miqdorda pul oldik. Ochig‘i qanday yo‘l bilan berilgan noaniq. Chunki na bir qog‘ozga qo‘l qo‘ydik, na bir hujjatga”.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Klublarimiz o‘z sohiblariga egami?” sarlavhasi ostidagi maqolada bugungi kunda ham aktual bo‘lgan mavzular ko‘tarilgan deyish mumkin.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Maqolada klublarning prezidenti bo‘lishi, reklama masalalari, shuningdek, jamoalarning atributlar orqali pul topishi haqida so‘z borgan.

    Xorij futbolida nima gap? “Vest Hem” futbolchisi Demba Ba dastxat bermagani sabab muxlis bilan mushtlashib ketgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Voqeaning rivoji qiziq: muxlis futbolchidan dastxat so‘ragan, Ba esa unga charchaganini aytgan. Muxlis klub stadionidagi arzimagan loja uchun 60 ming funt sterling to‘lashini aytib yana dastxat so‘ragan, Ba yana bir bor rad etgan. Keyin esa muxlis hujumchini haqoratlagan, jumladan, irqchilikka yo‘g‘irilgan so‘zlar aytgan. Voqeaning yakuni esa mushtlashuv bilan yakun topgan.

    “Bosh bilan zarba berish oqibati” sarlavhali xabarda aytilishicha, Meksika termasi posboni Xose de Xesus Korona mamlakat chempionati doirasidagi o‘yinda raqib jamoa murabbiyiga bosh bilan zarba bergan va ushbu holat TV kameralariga muhrlangan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Oqibatda darvozabon KONKAKAF Oltin kubogi musobaqasida ishtirok etishdan mahrum bo‘lgan.

    Qatar JCH—2022 mezbonligidan mahrum bo‘lishi — ko‘p gapirilgan mavzu. FIFA prezidenti Zepp Blatter ham bu borada gapirgan ekan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Aytilishicha, Qatar tomoni mundialga mezbonlikni qo‘lga kiritish uchun FIFA ijroqo‘mining ayrim a’zolarini sotib olganlikda gumonlanmoqda. Mana, oradan 11 yil o‘tib ko‘rib turganimiz — 2022-yilgi Jahon Chempionati Qatarda bo‘lib o‘tadi.

    25-maydan 8-iyunga qadar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstriyadagi turnirda ishtirok etadi, xo‘sh, terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov turnir haqida qanday fikrda? “Futbol-Ekspress” gazetasida mutaxassis bilan suhbat e’lon qilingan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Intervyudagi e’tiborga molik jihat – Vadim Karlenovich musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirilishi yoki yo‘qligini bilmaydi. “Lekin asosiysi bu emas. Birinchi navbatda bu turnir futbolchilarning o‘yin amaliyotini oshirishga katta yordam beradi. Gollandiya kabi Yevropaning kuchli jamoalariga qarshi maydonga tushish puldan afzal turadi deb hisoblayman”, – degan Abramov.

    O‘zbekistonning to‘rt klubi – “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Sho‘rtan” bittadan uchrashuvda o‘yin diskini OFK qarorgohiga yubormagani uchun 5000 dollardan jarimaga tortilgandi. Gazetaning ushbu sonida chiqqan xabarga ko‘ra, disklar haqiqatdan OFKning Kuala-Lumpurdagi qarorgohiga yetib borgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Ta’kidlanishicha, disklar tushunmovchilik sabab boshqa bo‘limga o‘tib ketgan va endilikda OFK tartib-intizom qo‘mitasi o‘z qarorini qaytadan ko‘rib chiqadi.

    Kiyevning “Arsenal” jamoasida o‘ynaydigan Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘yini oldidan fikr bildirar ekan, jumladan, shunday deydi: “Hozirgi termamiz endi 2007-yilgi Kiyevga kelgan jamoa emas. Bu safar hammasi sal boshqacharoq bo‘ladi”.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Yana 25 kundan keyin” sarlavhasi ostidagi xabarda O‘zbekiston o‘smirlar termasining Meksikadagi kichik mundialda ishtirok etishi haqida so‘z borgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Anzurda durang, Jeparov va Geynrixda mag‘lubiyat. Xo‘sh, legionerlarda nima gap?

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Xitoy hamda Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan Anzur Ismoilov, Eldor Magdeyev, Server Jeparov hamda Aleksandr Geynrix haqida.

    Uzoq yillardan buyon Rossiyada faoliyat olib borayotgan Marat Bikmayevning aytishicha, futbolchini u yerda “ikkinchi Qosimov” deb chaqirishadi.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    Bikmayev suhbat davomida terma jamoaning Ukraina va Xitoyga qarshi o‘yinlariga chaqiruv olmagani, agar taklif tushsa va jamoasi bilan muammo yuzaga kelmasa terma jamoa safida o‘ynashini aytib o‘tgan. Intervyuni tashkil qilgan jurnalistga ko‘ra, Bikmayev o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    2011-yili Ozarbayjonning “Neftchi”si milliy chempionatida g‘olib bo‘lgan. E’tiborli tomoni klub safida o‘zbekistonlik Bahodir Nasimov ham faoliyat yuritib keladi. Quyidagi ro‘yxatdan 1992-yildan 2011-yilga qadar xorijda chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar haqida ma’lumot olishingiz mumkin:

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

     

    “Barselona” klubining himoyachisi Erik Abidal mart oyida operatsiya qilingan. Shunga qaramasdan maydonga qayta olgan va jamoasining ayrim o‘yinlarida ishtirok etgan futbolchi bergan intervyusida hayotga yangicha nazar bilan qaray boshlaganini aytgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 24-may sonidan lavha

    “Shuning uchun barcha mashinalarimni sotib yubordim. Futbolchilik kasbi senga juda yuksak hayot tarzini yuritish imkonini beradi. Masalan, juda tezyurar avtomobillarni xarid qilishing mumkin. Ammo shunga o‘xshash biron voqea sodir bo‘lganida sen o‘sha mashinalar hech qanday ahamiyatga ega emasligini tushunasan”, — degan futbolchi.

     

    Mavzuga doir: 

    • Futbol yangi inqilob bo‘sag‘asida, Oliy liga taqvimidagi o‘zgarishlar, “Akramov zo‘rmi yoki Abramov?”. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 17-mayda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbekiston terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘yini, bir vaqtda ikkita xorij yig‘inida ishtirok etgan Abramov, “Kroyff va Platini hozirgi Messidan ancha kuchli bo‘lgan”. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 20-mayda nimalar haqida yozgan?

    24.05.2022, 16:01   Izoh (0)   29892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YChL 2022/23-yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan 26 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

    24.05.2022, 15:02

    Alisher Sa’dullayev shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

    24.05.2022, 14:30

    O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    24.05.2022, 13:50

    O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi. U-17 Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    24.05.2022, 11:55

    “Barselona” Robert Levandovski uchun rasmiy taklif yubordi. Hujumchi Xavi bilan 2 marta suhbatlashgan

    24.05.2022, 10:01

    Kilian Mbappe: “Real”ga yo‘q demadim, Fransiya va “PSJ”ga ha dedim

    24.05.2022, 09:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.