• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Svetlana Osipova: “Olimpiada sabab jarrohlik amaliyotini kechiktirdik”

    Parij Olimpiadasida ayollar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha kumush medal sohibi Svetlana Osipova Sports’ga bergan intervyusida o‘zbek tilini qanday o‘rgangani, Olimpiada oldidan olgan jarohati va final jangi haqida fikr bildirdi.

    Foto: Getty Images

    Sportchining savollarga o‘zbek tilida aniq, ravon javob berishi hayron qoldirdi.

    “15 yoshimda taekvondo bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Birinchi murabbiyim Pahlavon Sobirov hisoblanadi. Mashg‘ulotlar Olimpiya kollejida bo‘lardi. O‘sha paytda birorta ham sportchi rus tilini bilmasdi. Faqatgina murabbiyim men bilan rus tilida gaplashar edi. Men o‘zbekchani bilmasam qanday gaplashaman deb o‘ylardim. Qarasam, iloji yo‘q. Kichkina “razgovornik” (so‘zlashgich) sotib olganman. O‘shanda so‘z birikmalari, gaplar bor edi. Shunday qilib o‘rganganman. Keyin seriallar orqali yaxshiroq o‘rgandim”.
    Foto: Instagram

    Parij Olimpiadasidan oldin litsenzion turnirlar va Jahon chempionatlari bo‘lib o‘tadi. Svetlana shunday turnirlardan birida jarohat olganini ma’lum qildi.

    “Eng kuchli sportchilar yig‘iladigan Gran-pri musobaqasi koreys raqibimga qarshi harakatda oyog‘imni noto‘g‘ri qo‘yish oqibatida jarohat oldim. Murabbiyim, agar jarohat olmaganimda, birinchi o‘rinni olishim mumkinligini aytdi.

    Musobaqadan so‘ng Toshkentga qaytib keldim. Aeroportdan to‘g‘ri shifoxonaga yo‘l oldik. Rentgen va MRT tekshiruvini amalga oshirdik. Shifokorlar jarrohlik amaliyotini o‘tkazishim kerakligini, bo‘lmasa tuzatishning iloji yo‘qligini aytdi. Taekvondo federatsiyamizda shifokorimiz bor. U Germaniyada tanish mutaxassisi borligini, aynan shu tizza “svyazka”lari bilan ishlashini aytdi. Biz rasmlarni yubordik. Ular ko‘rib, ikki oy oyoqqa dam berish kerakligini aytdi. Oyog‘imga “shina” taqishdi. Umuman qimirlata olmaysiz, na tekis qilolasiz, na bukolasiz. Hattoki, yurish mumkin emasdi.

    Tasavvur qiling, ikki oy yotishim kerak edi. Dekabrda, bayramlar, yil yakuni bilan chalg‘idim. Yanvar oyida hamma mashg‘ulotlarni boshladi. Terma jamoa a’zolari Turkiyaga ketdi. Men Toshkentda qoldim. Uyda, to‘rt devor Ichida qoldim. Faqat yuqoriga qarab yotardim. Vaqt o‘tmasdi. Ruhan juda qiynaldim. Ota-onam qo‘llab-quvvatladi. Murabbiyim har kuni qo‘ng‘iroq qilib dalda berdi.

    Ikki oydan keyin MRT tekshiruvini yana o‘tkazdik. Germaniyalik doktorga aloqaga chiqdik. Shifokorlar Germaniyaga kelishim shartligini aytdi. U yerda maxsus texnikalar bilan oyog‘imni bukib tekshirib ko‘rishdi. Shundan so‘ng menga jarrohlik amaliyoti kerakligini aytdi. Agar hozir operatsiya qilishsa, avgust oyidan mashg‘ulotlarga qayta olishim mumkin ekan. Sababi tizzadagi “svyazka”ni davolash uchun boshqa joydan kesib jarohatga qo‘yar ekan. Shifokor bu jarrohlikni kechiktirishni tavsiya qildi, sababi agar bu amaliyot amalga oshsa, yana ikki oy harakat qilish mumkin bo‘lmaydi.

    Murabbiylar bilan jarrohlik amaliyotini keyinroqqa qoldirish qaroriga keldik. O‘zbekistonga kelib yarim oydan keyin “shina”ni yechdim. Har kuni 20 ming qadam yurdim. Sababi oyog‘im qotib qolgan edi. Aprel oyiga yaqin mashg‘ulotlarga qaytdim”.

    Foto: Instagram

    Sportchi may oyidan musobaqaga qatnashgani va Vyetnamga borganini va shu tariqa sportga qaytaganini esladi.

    “May oyida Osiyo chempionatida qatnashish uchun Vyetnamga bordik. U yerda 3-o‘rinni egalladim. To‘g‘ri, zo‘r natija emas, ammo federatsiya va murabbiylar va o‘zim ham sportga qaytganimni his qildik. Xatolar va ruhiy holatimni bilib oldim.

    3 haftadan so‘ng harbiylar o‘rtasida Jahon chempionatida qatnashdim. U yerda ikkinchi o‘rinni oldim. Murabbiylarim bu musobaqada ancha yaxshi qatnashganimni aytdi. Turkiyada jismoniy tayyorgarligimni yaxshilash uchun 3 hafta terma jamoa yig‘inida qatnashdim. Turkiyada Olimpiada uchun yetarli darajada tayyor holatga kelganmiz. Qaytgach, Toshkentda sport mahoratimizdagi so‘nggi ishlovlarni amalga oshirdik. Shunday qilib Fransiyaga yetib bordik”.

    Foto: Getty Images

    Tokio Olimpiadasiga ham jarohat bilan borganini ma’lum qilgan Svetlana finalda mag’lub bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani haqida fikr bildirdi.

    “Final jangida hech qanday og‘riq bezovta qilmadi. Rosti, bilmadim nima bo‘ldi. Savolingizga qanday javob berishni bilmayapman. Balki, bosim sabab bo‘lgandir. Fransiyalik raqib bilan tushayotganimni, uning muxlislari ko‘p bo‘lishini bilardim. Jang paytida murabbiyimni eshita olmadim. Hech bo‘lmasa uning harakatlaridan anglash uchun unga ko‘proq qarashga harakat qildim. Rosti, mag‘lubiyatning sababini ayta olmayman”, dedi Svetlana Osipova.

    Svetlana Osipova 2000-yil 3-may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Jahon va Osiyo chempionati sovrindori. 

    +67 kg vazn toifasida Olimpiadada ishtirok etgan Svetlana Osipova finalda fransiyalik Altea Loranga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ham sportchi g‘alabasini e’tirof etib, qo‘ng‘iroq orqali tabriklagan edi.

    Unga davlat tomonidan 100 ming AQSH dollari pul mukofoti, mashina va uy sovg‘a qilindi.

    20.08.2024, 17:10   Izoh (0)   25388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Taekvondo. O‘zbekistonlik Svetlana Osipova Parijdagi French Open musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi​

    18.11.2018, 16:50

    Parij—2024. Svetlana Osipova Olimpiada finaliga yo‘l oldi

    10.08.2024, 20:15

    Taekvondochi Svetlana Osipova Parij Olimpiadasi kumush medalini qo‘lga kiritdi

    11.08.2024, 01:21

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi 

    11.08.2024, 21:37

    Parij—2024 medallar jamlanmasi. AQSH — yetakchi, Xitoy 2-bo‘lib yakunladi. O‘zbekiston eng yaxshi natijasini qayd etdi

    12.08.2024, 10:18

    Parij—2024. O‘zbekiston sportida yangi sahifa ochgan musobaqa tafsiloti

    12.08.2024, 15:09

    Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi

    13.08.2024, 00:00

    Olimpiada medallari jadvali aslida nimalardan dalolat beradi?

    14.08.2024, 01:15

    Svetlana Osipova: “Oyog‘im singanida ruhiy bosim bo‘ldi”

    16.08.2024, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.