Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olinishi, Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun kirgan bemor o‘lik holda chiqishi, Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a‘zolariga avtomobil sovg‘a qilinishi – “Daryo” nashri bugun, 21-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Temur Rahmonov O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisi etib tayinlandi
U O‘zbekistonning Latviya, Litva va Finlyandiyadagi elchisi ham hisoblanadi.
Vafot etgan shaxslarga ham kuryerlik jo‘natmalari yuborilgan — Bojxona qo‘mitasi
Qo‘mita jismoniy shaxslarning tovarlarni bojsiz olib kirishiga cheklovlar sabablarini tushuntirdi.
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
Ular xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.
Toshkentda bir necha avtomobillarga shikast yetkazgan Gentra’dagi 3 kishi qamaldi
Ular mayda bezorilik va ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda ayblandi.
Italiya bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo—Italiya” sammiti ham bo‘lib o‘tadi.
“To‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan U-17 jamoasiga tabrik yo‘lladi.
G‘ofurjon Abdurahmonov Andijon shahri hokimi lavozimidan olingani tasdiqlandi
Shaharga Elyorbek Karimov yangi hokim etib tayinlandi
Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zolariga avtomobil sovg‘a qilinadi
Chempionlar bugun, 21-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentga yetib keladi.
O‘zbekistonda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi
Episentr: Navoiy viloyati Nurota tumani.
O‘zbekiston banklarida oltin narxi yil boshidan beri 27 marta oshdi
Ushbu qimmatbaho metall 2025-yil boshidan buyon 28,5 foizga qimmatlashdi.
Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiysi unvon va medallar bilan mukofotlanadi
Shuningdek, taqdirlanganlar orasida sport sharhlovchilari ham bor.
Shavkat Mirziyoyev Rim papasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston yetakchisi Vatikan xalqiga chuqur taʼziya va hamdardlik tuyg‘ularini izhor etdi.
Namangan shahar hokimi noqonuniy o‘rnatilgan radarlarni olib tashlashni so‘radi
Shuningdek, ular tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarga jarimalar qo‘llash ishlarini to‘xtatish so‘ralgan.
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun kirgan bemor o‘lik holda chiqdi (video)
Bu haqda “Daryo”ga marhumning turmush o‘rtog‘i xabar berdi.
O‘zbekistonda haj ziyoratining yangi narxlari ma’lum bo‘ldi
O‘tgan yili 73 mln 970 mingni tashkil etgan.
Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinib, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etilishi kutilmoqda
Prezident maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
“Tormoz ishlamay qoldi”. Namanganda ikki sinfdosh ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi (video)
Ular avval ham avtomobil boshqargani uchun ogohlantirilgan bo‘lgan.
O‘zbekistonda birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 mlrd dollardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda
Prezidentga investitsiya sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar hamda navbatdagi asosiy vazifalar bo‘yicha axborot berildi.
Foto: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga mukofotlar topshirildi
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston bosh vaziri, O‘FA raisi va MOQ rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi
2025-yil yakunicha xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilar “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi.
Izoh (0)