O‘zbekistonda bugun, soat 13:44 da 4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila episentri Toshkentdan 305 km janubi-g‘arbda. Episentrda sezilish kuchi: 3 ball. Episentr: Nurota tumani, Navoiy viloyati.
19-aprel kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sezilgan edi.
O‘zbekistonda so‘nggi oylarda sezilgan zilzilalar
14-aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan 3,8 magnitudali zilzila kuchi O‘zbekistonning Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Buloqboshi, Xonobod, Marhamat, Andijon, Asaka tumanlari va Andijon shahrida 2-3 balldan sezilgandi. 13-aprel kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 2-3 balldan sezildi. Ushbu zilzila oqibatida Tojikistonda uch yoshli bola devor bosib qolishidan halok bo‘ldi.
Izoh (0)