Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘lgan edi. Ushbu terma jamoa aʼzolari davlat mukofotlari va avtomashinalar bilan taqdirlandi.
Terma jamoa murabbiyi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, futbolchilarga “Kelajak bunyodkori” medallari topshirildi.
Shuningdek, murabbiyga Equinox, futbolchilarning har biriga Cobalt avtomashinalari topshirildi.
Taqdirlash marosimi Toshkent aeroportida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri hamda O‘FA raisi va MOQ rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
Foto






































Izoh (0)