Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo Kubogida zafar quchgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi munosib taqdirlanadigan bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchilariga prezident sovg‘asi sifatida Chevrolet Cobalt avtomobillari sovg‘a qilinadi. Jamoa murabbiylar shtabiga Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etiladi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, 21-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentga yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi finalda Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Ta’kidlash kerakki, Islombek Ismoilov jamoasining ikki nafar a’zosi birinchi taymning oxirida qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirilgan edi. Ammo yakunda jamoa iroda ko‘rsatib, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.
Izoh (0)