• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

    1-fevraldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar joriy etiladi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy qilinadi

    Prezident topshirig‘i asosida qabul qilingan qaror bilan mamlakatda “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” joriy etiladi. Reyting qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutadi. Tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

    • “AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
    • “BBB”, “BB” va “B” toifalar — o‘rta barqarorlik reytingi;
    • “CCC”, “CC” va “C” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
    • “D” toifa — quyi barqarorlik reytingi.

    Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik shakllantiriladi. Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida esa e’lon qilib boriladi.

    Elektrotexnika mahsulotlarini import qilishda rasmiy vakil bo‘lishi talab etiladi

    Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilingan. Hujjat bilan, O‘zbekistonga elektortexnika mahsulotlarini olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lishi talab qilinadi.

    Quyida mahsulotlar ro‘yxati keltirilgan:

    • alyumin radiatorlar;
    • suv isitish qozonlari;
    • suv isitkichlar;
    • bug‘ qozonlari;
    • changyutgich;
    • kir yuvish mashinasi;
    • sovutkichlar, muzlatkichlar;
    • televizor va monitor;
    • maishiy gaz pechi;
    • duxovka va pechka;
    • mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitkich;
    • konditsioner;
    • suv nasoslari.

    Bunda, rasmiy vakillarning servis xizmati bo‘lishi talab qilinadi hamda ular elektrotexnika mahsulotlarini mamlakatga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi hamda servis kafolatini ta’minlaydi. Shuningdek, 1-fevraldan elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda, shu jumladan, 120 kun kechiktirib to‘lashda quyida tartib joriy etiladi:

    • QQSni hisobga olish imkoniyatini beruvchi tizimda bir vaqtning o‘zida istalgan miqdorda bojxona yuk deklaratsiyasini yuborish;
    • import bo‘yicha QQSni birinchi navbatda soliq organlaridagi hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobidan undirish;
    • ularning yetmagan qismi bo‘yicha undiruvni bojxona depozitidagi mablag‘larga qaratish.

    BAA o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini bekor qiladi

    Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekiston fuqarolari uchun viza talablarini bekor qiladi. Tomonlar o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokolini imzolangan. Hujjat 16-fevralidan kuchga kirib, endilikda o‘zbekistonliklar BAA hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

    Xotin-qizlar kasanachilik va hunarmandchilik bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitiladi

    Kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi. Bunda, ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda uslubiy yordam berish maqsad qilingan. Kurslar ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

    Kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.

    Ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70%i, biroq BHMning 5 barobaridan (1,7 mln so‘m) oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

    Savdo belgilari va brendga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun jarimalar oshirilmoqda

    17-fevraldan prezident imzolagan alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji savdosidagi ayrim qonunbuzarliklar uchun sanksiyalarni kuchaytiruvchi qonun kuchga kiradi.

    Shuningdek, sanitariya qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar oshirilib, veterinariya standartlariga rioya qilmaslik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning xavfsizligi normalarini, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va tashish o‘tkazish talablarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi.

    O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish jarimaga sabab bo‘ladi. Va bunga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish nazarda tutilgan.

    Suvni tejovchi texnologiyalar uchun kreditlar berishning elektron tizimi ishga tushiriladi

    “Agrobank” tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha shaffof onlayn kredit ajratish imkonini beruvchi suvkredit.uz tizimi ishlab chiqilib, 1-fevralgacha to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.

    Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun fermerlarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

    Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i stavkalari oshirilmoqda

    Soliq kodeksining 383-moddasiga kiritilgan o‘zgarishtirish bilan soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkalari miqdori o‘zgartirildi. 1-fevraldan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘rtacha 10%ga oshiriladi. Yangi stavkalar quyida keltirilgan:

    “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq ishga tushiriladi

    Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solishga qaratilgan hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan 1-fevralgacha “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushirilishi belgilangan. Shuningdek, tizim Energetika vazirligiga o‘tkazilishi ta’minlanadi.

    “Yashil energiya” axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi.

    27.01.2024, 16:05   Izoh (0)   54229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #qonunchilikda o‘zgarish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-noyabrdan ayrim yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

    01.11.2023, 08:47

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

    29.11.2023, 11:28

    1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

    01.01.2024, 13:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20

    Tramp yong‘indan jabrlanganlarga ajratilgan 100 mln dollar yo‘qolgani haqida ma’lum qildi

    Dunyo | 26 iyul, 11:50

    “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ning 28 nafar mansabdori intizomiy javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 11:37

    “Barselona” yozgi transfer oynasida boshqa futbolchi xarid qilmaydi

    Sport | 26 iyul, 11:36

    K-pop yulduzi bo‘lish narxi qancha? Koreyalik mashhurlarning go‘zallik uchun qilingan jarrohlik amaliyotlari

    Shou-biznes | 26 iyul, 11:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.