• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston hali ham ulkan imkoniyatlarga ega hamkor — Dubay iqtisodiyot va turizm departamenti

    Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholi istiqomat qiladigan davlat, tarixiy Buyuk Ipak yo‘lida muhim maskan — O‘zbekiston Dubayning turizm landshaftida tobora muhim rol o‘ynamoqda.

    2023-yilda Dubay O‘zbekistondan 132 mingga yaqin sayyohni qabul qildi. Bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga ko‘p bo‘lib, bu mamlakat turizm bozoriga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.

    Dubay iqtisodiyot va turizm departamenti (DET) ushbu sur’atni mustahkamlash hamda O‘zbekistondan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini yanada oshirish bo‘yicha yangi strategiyalarni ko‘rib chiqmoqda. DETning Markaziy Osiyo bozorlari bo‘yicha rahbari Badir Ali Habib so‘nggi intervyusida Dubayning O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan bozorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadini bildirdi.

    Rivojlanayotgan davlatlar uchun maxsus yondashuv

    Habibning so‘zlariga ko‘ra, Dubay tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun o‘ziga xos yondashuvni qo‘llash niyatida.

    “Janubiy Osiyoda odamlar ko‘p yillardan buyon Dubayga sayohat qilishlari haqida xabaringiz bor. Biroq, biz uchun O‘zbekiston hali ham ulkan imkoniyatlarga ega hamkor. Sa’y-harakatlarimizni boshlab yubordik. Maqsadimiz kelgusi besh-o‘n yil ichida O‘zbekistondan tashrif buyuruvchilar sonini sezilarli darajada oshirishdir”, dedi Badir Ali Habib.

    Bu strategiya Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum tomonidan Dubay iqtisodiyotini ikki baravar rivojlantirish, barqaror iqtisodiy muhitni ta’minlash, Dubayni yashash va ishlash uchun eng yaxshi global shahar sifatida o‘rnatishga qaratilgan D33 strategiyasiga o‘xshash.

    Mehmonlarni jalb qiluvchi yangi tashabbus va kampaniyalar

    O‘zbekistonlik sayyohlarni jalb qilish uchun Dubay kattalar uchun mehmonxona xizmati va bundan tashqari bolalar uchun bepul attraksionlardan bahramand bo‘lish imkonini beruvchi “Bolalarga bepul” aksiyasi kabi bir qancha loyihalarni ishga tushirdi.

    “Ushbu kampaniya yoz oylarida ayniqsa samarali natija ko‘rsatdi”, deb ta’kidladi Habib. 

    Bundan tashqari, Dubay O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. “O‘zbekiston va Dubay o‘rtasida parvozlar sonini oshirish bo‘yicha aviakompaniyalar bilan muntazam muzokaralar olib bormoqdamiz”, dedi Habib. 

    Vizasiz sayohat

    Yanvar oyida O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimining bekor qilinishi BAA turizm sanoatini sezilarli darajada yaxshiladi.

    “Joriy yilning yanvar—iyun oylari orasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sayyohlar sonida 8 foiz o‘sish kuzatildi. Yilning qolgan qismida ham, ayniqsa Dubay Shopping Festivali va Dubai Fitness Challenge kabi yirik tadbirlar orqali sayyohlar soni yanadi o‘sishi kutilmoqda”, dedi Habib.

    Habibning taʼkidlashicha, kelajakda O‘zbekiston bozori katta imkoniyatlar eshigi bo‘lishi mumkin. “O‘tgan yilgi 132 ming sayyoh tashrifi faqat boshlanishi. Bu sur’atni mustahkamlash va o‘sishda davom ettirish uchun harakatdamiz”, dedi u.

    O‘sib borayotgan turizm landshafti

    Dubayning O‘zbekistondan tashrif buyuruvchilarni jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlari, yangi diqqatga sazovor joylar, tadbirlar va tashabbuslarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli strategiyadan iborat. Toshkentdagi muhim tadbirda DET 2023-yilda o‘zbekistonlik sayyohlar soni 56 foizga oshganini e’lon qildi.

    Umuman olganda, Dubay 2023-yilda 17,15 million xalqaro sayyohni qabul qildi, 2024-yilda ham o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Yanvardan iyungacha tashrif buyuruvchilar soni 9 foizga oshgan.

    2023-yilning yoz oylarida o‘zbekistonlik tashrif buyuruvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 81 foizga, 2019-yilning yoziga nisbatan esa 160 foizga oshgan.

    Bu o‘sishga Dubay, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar ham o‘z hissasini qo‘shdi. “O‘zbekiston o‘sib borayotgan bozor va biz o‘zbek sayyohlari sonining sezilarli darajada oshganini ko‘rishdan benihoya mamnunmiz. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar va vizasiz rejimning joriy etilishi ham qo‘shimcha qulaylik yaratdi. Maqsadimiz har bir o‘zbekistonlik sayyoh unutilmas taassurotga ega bo‘lishini ta’minlash”, dedi Habib.

    Globallashuv va yangi ishlanmalar

    Dubayning turizm sohasidagi yutuqlari xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘ldi, shahar 2024-yil boshida ketma-ket uchinchi yil Tripadvisor Travellers’ Choice Awards tanlovida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Shahar hali-haligacha o‘zining hordiq chiqarish va o‘yin-kulgi uchun global markaz maqomini saqlab qolmoqda. O‘tgan yilning oktyabr oyida Real Madrid bilan imzolangan uzoq muddatli shartnoma Dubay iqtisodiy kun tartibi, D33 doirasida shahar maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    Dubay, shuningdek, “Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning 50 ta eng yaxshi restorani” kabi nufuzli reytinglarida o‘z o‘rniga ega. Bundan tashqari 2022-yildan beri Dubay “Mishlen qo'llanmasi”ning mezboni. Kids Go Free aksiyasida ishtirok etuvchi 100 dan ortiq mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan Dubai Summer Surprises va Dubay Shopping Festivali kabi tadbirlar yil davomida xalqaro mehmonlarni jalb qilishda davom etmoqda.

    Barqaror strategiya

    Birlashgan Arab Amirliklarining 2024-Barqarorlik yiliga muvofiq, Dubay turizm va mehmondo‘stlik sohalarida turli dastur va tashabbuslar orqali barqaror o‘sishga intilmoqda. “Hayot uchun” kampaniyasi bilan Dubai Can loyihasi ikki yil ichida 500 ml hajmdagi plastik butilkalar sonini 18 millionga qisqartirdi. Ayni paytda, Dubai Reef loyihasi dunyodagi eng katta dengiz rifini yaratish, baliq zaxiralari va dengiz bio xilma-xilligini oshirishga qaratilgan.

    Innovatsion strategiyalar, maqsadli kampaniyalar va barqaror strategiyalar bilan Dubay O‘zbekiston bilan o‘sib borayotgan aloqalarni mustahkamlash, turizmda uzluksiz o‘sishni ta’minlash va ikki mintaqa o‘rtasidagi dinamik munosabatlarni rivojlantirishga tayyor.

    To‘liq videoni tomosha qiling: 

    12.09.2024, 22:33   Izoh (0)   7146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kasbilik yoshlar endilikda Tataristonning Qozon shahrida ishlab daromad topishi mumkin

    12.09.2024, 22:25

    Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival!(foto)

    12.09.2024, 21:00

    Pekin va Urumchidan Toshkentga aviaparvozlar soni oshiriladi 

    12.09.2024, 20:37

    O‘zbekistonga Buyuk Britaniya sayyohlik kompaniyasi tomonidan 1500 dan ortiq sayyoh jalb etiladi 

    12.09.2024, 20:05

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri, ichki ishlar vaziri va Milliy razvedka xizmati direktorini qabul qildi

    12.09.2024, 19:25

    “Davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro kelishuvlarga erishilayotgan bir vaqtda qonunlarimiz bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim” — Tanzila Norboyeva

    12.09.2024, 19:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.