Gulnora Karimova noqonuniy o‘zlashtirgan mablag‘lar O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha ma‘lumot berilishi, Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishi, bolalarga qo‘pol munosabat qilingan “Tanzilandiya” bog‘chasi litsenziyasidan ayrilishi – “Daryo” nashri 24-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda SSV tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
Ular orasida bolalar stomatologiya poliklinikalari ham bor.
Yangi o‘quv yilidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi
Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Toshkentdagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist ishi bo‘yicha tergov yakunlandi
Texnik ekspertiza o‘tkazilganda mehmonxonadagi isitish qozonlari eskirgani va xizmat muddati tugagani aniqlangan.
“Pullar o‘zbek xalqiga tegishli” Gulnora Karimova noqonuniy o‘zlashtirgan mablag‘lar O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha ma’lumot berildi
Musodara qilingan mablag‘lar birinchi navbatda sog‘liqni saqlash va ta’limga yo‘naltirilmoqda.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi shunday qaror qabul qildi.
Toshkent shahri hamda uch viloyatda haj va umraga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)
Ular firibgarlik yo‘li bilan fuqarolardan pul olgan.
Samarqandda O‘zbekiston—Turkmaniston muzokaralari bo‘lib o‘tdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralarda mintaqaviy sheriklikka doir masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Turkman xalqining milliy yetakchisiga O‘zbekistonning yuksak davlat mukofoti tantanali topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda eman daraxtini ekdi (foto)
Marosim O‘zbekiston—Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qatʼiy intilishning ramzi bo‘ldi.
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv sabab o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi
Zilzila vaqtida u yuqori qavatda bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan birga “Zamonlar sadosi” ko‘rgazmasini borib ko‘rdi (foto)
Mehmonlarga ko‘rgazmaning asosiy qismi — tungi sahro manzarasi namoyish etildi.
Toshkentdagi xususiy bog‘cha xodimi 6 yoshli bolani kaltakladi (video)
Xodim bolani kamera yo‘q xonaga olib chiqib qasddan urgan.
O‘zbekistonning beshta tumanida zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentri hisoblangan Marhamat tumanida sezilish kuchi 3 ball bo‘ldi.
Bolalarga qo‘pol munosabat qilingan “Tanzilandiya” bog‘chasi litsenziyasidan ayrildi
Javobgar sudning qaroridan norozi bo‘lib shikoyat kiritgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi malaka sinovlarida bo‘lgani aytilgan “tanish-bilishchilik” haqida: “Hech qanday sirli narsa yo‘q”
Test jarayonlari vaqtida texnik nosozlik sabab ekranda bir kadr to‘xtab qolgan.
Umraga ketib, och va yotoqsiz qolib ketgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi
Ba’zi turfirmalar o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarmagani sababli ko‘plab fuqarolar Saudiya Arabistonida og‘ir holatga tushib qolgan.
Shukrullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Sudda qiziqchining o‘g‘li unga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.
Izoh (0)