Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Bog‘iston” MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvuriga 6-noyabr kuni Cobalt avtomashinasi urildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida soat 11:00 dan “Bog‘iston” va “Gazarak” MFY hududidagi 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji isteʼmolchining tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.

Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Oktyabr oyida Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida Nexia-3 avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi natijasida avariya sodir bo‘lgan edi.
Izoh (0)