• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    “Siti” imperiyasi kengaymoqda: Fayzullayevning “SSKA”dan “Bashakshehir”ga o‘tishi ortida nimalar bor?

    O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning Moskvadagi “SSKA” klubidan Istanbulning “Bashakshehir” jamoasiga o‘tishi oddiy transfer emas, balki City Football Group (CFG) tomonidan strategik asosda amalga oshirilgan qaror sifatida ko‘rilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Manchester Siti” skautlari aynan Fayzullayevni “Bashakshehir”ga tavsiya qilgan. Ushbu transfer “Bashakshehir” jamoasining City Football Group tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng ro‘y bermoqda. Endilikda “Bashakshehir” ham CFG tizimidagi klub sifatida holding brendini Turkiya orqali yangi bozorlarga olib chiqishda vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

    Transfer ortida yotgan omillar

    Abbosning “SSKA”dan ketishi va “Bashakshehir”ga o‘tishi ortida bir qancha sabablar bor:

    • Fayzullayevning “SSKA” bilan shartnomasi 2026-yilda yakunlanadi, shuning uchun moskvaliklar uni yuqori narxda sotishga urinmoqda;
    • Rossiya klublarining Yevropa orqali pul tushumlarini olishdagi muammolari;
    • Turkiya-Rossiya bank tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati;
    • O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy yaqinlik;
    • Fayzullayevning City Football Group brendining Markaziy Osiyodagi yuziga aylanishi ehtimoli.
    • Husanovdan keyin markaziy Osiyo mintaqasi bozoriga kirish

    Markaziy Osiyo bozoriga kirish

    2025-yilgi qishki transferlar oynasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 40 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga o‘tgandi. Ushbu transferdan so‘ng, City Football Group tarkibidagi “shaharliklar”ning muxlislari soni bir necha million nafarga ko‘paydi. Bu muxlislarning aksariyati O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga mansub.

    Ushbu jarayon fonida City Football Group Markaziy Osiyo futbol bozoriga chuqurroq kirishni maqsad qilmoqda. Buning uchun “Bashakshehir” klubi “koridor” vazifasini bajarishi mumkin.

    Yaqinda Markaziy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov CFG tarkibidagi jamoalardan birida yana bir o‘zbekistonlik futbolchining paydo bo‘lishi ehtimoli borligini ma’lum qilgan edi. Ehtimol, bu futbolchi aynan Abbosbek Fayzullayev bo‘lishi mumkin.

    Shuningdek, ushbu holding O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan jamoalardan birini tarkibiga qo‘shib olish ustida ham o‘ylamoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, CFG Farg‘onaning “Qo‘qon-1912” klubini xarid qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Fayzullayev esa bu jarayonda birinchi “elchi” sifatida baholanmoqda.

    Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”ga o‘tishi — oddiy klub almashtirish emas, balki City Football Group’ning global strategiyasiga asoslangan, Markaziy Osiyo futbolini integratsiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

    Ehtimol, Fayzullayev bu tizimga o‘tgan birinchi markaziy osiyolik futbolchi emas, lekin u so‘nggisi bo‘lmasligi aniq.

    18 iyul, 14:44   Izoh (0)   31835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Manchester Siti#Abduqodir Husanov#Abbosbek Fayzullayev#City Football Group#Bashakshehir#SSKA

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimpiya cho‘qqisi uchun ilk qadam. O‘zbekiston—Ispaniya uchrashuvi. Prevyu

    24.07.2024, 11:59

    Abbosbek Fayzullayev: “Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi – ajoyib” 

    10 mart, 12:40

    Qirg‘izistonga qarshi  Kapadzening yangi O‘zbekistoni. Yoqimli an’ana 9-bor davom etadimi?

    19 mart, 15:56

    O‘zbekiston bizdan o‘tib ketdi — Eron matbuoti  

    24 mart, 11:19

    Jahon chempionati yo‘llanmasi 99 foizga hal bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Eronga qarshi “Ozodi”da o‘ynaydi (prevyu)

    24 mart, 17:23

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    25 may, 22:42

    JCH—2026. O‘zbekiston mundial masalasini hal qilishga yaqin turibdi (prevyu)

    5 iyun, 11:15

    “O‘zbekiston – isteʼdodlar zamini” nomli global promoushn kampaniyasiga start berildi

    5 iyun, 21:44

    Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

    18 iyun, 10:32

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    18 iyun, 23:01

    “Man Siti” Abduqodir Husanovni “Lion”ga tekinga ijaraga berishni istamadi — OAV

    21 iyun, 17:22

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Al-Ayn” darvozasiga 6 ta gol urdi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi 

    23 iyun, 08:28

    Abduqodir Husanovning “Al-Ayn”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

    23 iyun, 10:16

    FIFA Abduqodir Husanovni e’tirof etdi

    23 iyun, 14:32

    “Manchester Siti” O‘zbekistondan yana bir futbolchi sotib olishi mumkin

    27 iyun, 15:59

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    1 iyul, 09:04

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    4 iyul, 08:46

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    6 iyul, 10:30

    “Manchester Siti” “Inter” himoyachisi bilan muzokara boshladi 

    6 iyul, 18:57

    Abduqodir Husanov “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin — manba

    8 iyul, 11:24

    “Bavariya” “Real” futbolchisi uchun taklif tayyorlamoqda

    9 iyul, 14:15

    “Manchester Siti”ning qishda xarid qilgan futbolchisi jamoadan ketmoqchi

    9 iyul, 16:15

    “Manchester Siti” futbolchisiga APL klublari qiziqish bildirmoqda

    10 iyul, 14:30

    “Tottenhem” “shaharliklar” qiziqish bildirayotgan futbolchiga ega chiqish niyatida — Romano

    10 iyul, 21:38

    “Real” Rodrigoning narxini ma’lum qildi

    14 iyul, 12:11

    Federiko Valverde rekord natija qayd etdi 

    15 iyul, 22:03

    Pep Gvardiola yozda tarkibni qisqartirmoqchi — “Manchester Siti”ning olti futbolchisi jamoada ketishi mumkin

    16 iyul, 12:10

    Florentino Peres va Xabi Alonso o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

    17 iyul, 20:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vashington HAMAS bilan sulh muzokaralaridan chiqib, o‘z delegatsiyasini Qatardan chaqirib oldi

    Dunyo | 25 iyul, 17:15

    Ayollar uchun motivatsiya: ish, oila va sportni uyg‘unlashtira olgan Marhabo Bakirova

    Sport | 25 iyul, 17:00

    Avstraliya va Buyuk Britaniya o‘rtasida 50 yillik mudofaa shartnomasi imzolanadi

    Dunyo | 25 iyul, 16:50

    Giperfaol bolani multfilmlar yordamida tinchlantirish mumkinmi? Foydali va xavfli kontent o‘rtasidagi farqlar

    Farzand | 25 iyul, 16:40

    Andrea Pirlo faoliyatini BAAda davom ettiradi

    Sport | 25 iyul, 16:33

    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

    Reklama | 25 iyul, 15:00

    Filippindagi tropik bo‘ronlarda bir haftaning ichida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 16:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.