• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    “Yuksalish” harakati tomonidan 2025-yilning aprel—may oylarida 2024—2025-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlarida avtomobil yo‘llarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Mas’ul idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil boshidan 1-aprelga qadar respublika bo‘ylab 12 655 dona yangi yo‘l belgisi o‘rnatilgan va eskilari yangisiga almashtirilgan. Yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida 83 dona yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan, 56 ta yangi svetofor obyektlari qurilgan va mavjudlari rekonstruksiya qilingan. Yo‘llarda 13 dona elektron axborot tablolari o‘rnatilgan.

    O‘rganishlar davomida sohada yaratilayotgan sharoitlar bilan bir qatorda, avtomobil yo‘llarida transport vositalari va piyodalar xavfsizligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosida qator muammolar borligi aniqlandi. O‘rganilgan obyektlarning 14 tasida avtomobil yo‘llarining texnik holati qoniqarsiz ekani, ta’mirlash ishlari sifatsiz va belgilangan yo‘l qurilish standartlariga zid ravishda amalga oshirilgani aniqlangan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman Muqaddasov

    Monitoring davomida 8 ta holatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, almashtirish, saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari sifatsiz hamda belgilangan standartlarga zid ravishda bajarilgani sababli harakat xavfsizligiga tahdid solishi ma’lum bo‘lgan. Xususan, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq va Parkent tumanlarida o‘rnatilgan ayrim yo‘l belgilari shaharsozlik normalariga zid ravishda katta daraxt, svetofor yoki boshqa obyektlar ortiga/orasiga joylashtirilgan. 

    17 ta holatda aholi punktlarida, ayniqsa, maktablar, bozorlar atrofi va aholi zich yashaydigan hududlarda piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan yo‘laklar — trotuarlar ta’mirtalab holatga kelib qolgan va yangi yo‘laklar sifatsiz qurilgani ko‘ringan. Xususan, Marg‘ilon shahridagi “Uzumzor” MFY, Turkiston ko‘chasi hududidagi piyodalar uchun mo‘ljallangan ko‘prik hozirgi kunda ta’mirtalab ahvoldaligi, obyektning asfalt qoplamasi ko‘chib, temir ustunlar chirish darajasiga yetib kelgani ma’lum bo‘lgan. Xorazm viloyatida shu kungacha qurilishi rejalashtirilgan 42 kilometr trotuardan faqatgina 1 kilometr qismi qurilgan, xolos.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

    O‘rganishlar davomida 6 ta holatda maktablar oldida tezlikni 30 km/soatgacha cheklash kabi ogohlantiruvchi belgilar, piyodalar o‘tish joyini bildiruvchi “zebra” chiziqlari, tezlikni pasaytiruvchi sun’iy notekisliklar mavjud emasligi aniqlangan. Jumladan, Muzrabot tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktab joylashgan avtomobil yo‘lida maktabga yaqinlashayotgan qismda tezlikni pasaytirish yo‘l belgilari o‘rnatilmagan, yo‘l chiziqlari va piyodalar yo‘lagi chiziqlari ko‘rinmaydigan holatga kelib qolgan.

    Toshkent shahar Yangihayot tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi yaqinida yangi asfalt qoplamasi yotqizilgan, ammo “lyuk”lar usti qopqoqlarsiz ochiq qoldirib ketilgan. Bu bolalar xavfsizligi uchun katta xavf tug‘dirmoqda.

    Monitoring davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yo‘l infratuzilmasidagi mavjud noqulayliklarga ham e’tibor qaratilgan.

    Shu bilan birga, mazkur o‘rganishlarga soha ekspertlari jalb qilinib, ular bilan mavjud muammolar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. 

    Ekspertlar tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

    • amaldagi Yo‘l harakati qoidalari va tegishli normativ hujjatlarda ko‘plab xatolar, mantiqiy ziddiyatlar, tushunish qiyin bo‘lgan va mujmal ifodalar mavjud. Bu esa qoidalarning noto‘g‘ri talqin qilinishiga va huquqni qo‘llashda muammolarga olib kelmoqda;
    • mamlakatda katta miqdorda yo‘l belgilari yetishmaydi, ayni paytda ko‘plab joylarda belgilar ortiqcha, mantiqsiz, bir-birini takrorlaydigan yoki keraksiz o‘rnatilgan (“To‘xtash taqiqlangan” belgisi kabi). Yo‘l chiziqlari ko‘pincha eskirgan, standartlarga mos kelmaydi yoki haydovchilarni beixtiyor qoidabuzarlikka undaydi;
    • yo‘l harakatini tashkil etish sohasidagi (yo‘l belgilari, chiziqlar, svetoforlar, yo‘l qoplamasiga oid) aksariyat texnik standartlar 1986-yilda qabul qilingan va bugungi kun talablariga, zamonaviy transport oqimi va xalqaro amaliyotga mos kelmaydi;
    • ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun belgilangan jarimalar miqdori ularning ijtimoiy xavflilik darajasiga va fuqarolarning iqtisodiy ahvoliga nomutanosib ravishda yuqori. Jarimalardan tushadigan mablag‘larning sarflanishi yetarlicha shaffof emas;
    • maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish sifati past, o‘qituvchilarning malakasi yetarli emas. YPX xodimlarining ayrimlari YHQ va tegishli qonunchilikni yetarlicha bilmaydi;
    • ko‘plab yo‘llar, avtobus bekatlari va piyodalar o‘tish joylari nogironligi bo‘lgan shaxslar, bolalar aravachalari bilan harakatlanuvchilar uchun moslashtirilmagan. Ayrim yo‘l uchastkalarining kimning balansida ekanligi noaniq, bu esa ularni ta’mirlash va saqlashda muammolar tug‘dirmoqda;
    • yo‘l qurilishi va rekonstruksiyasi loyihalarida xavfsizlik masalalariga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Yo‘l chiziqlarini chizish va belgilarni o‘rnatishga mas’ul tashkilotning IIV tarkibida bo‘lishi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin.
    Foto:  “Daryo” / Madina Nurman 

    “Yuksalish” harakati yo‘l infratuzilmasidagi muammolar faqat raqamlar bilan emas, inson hayoti va xavfsizligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan. 

    29 iyun, 16:00   Izoh (0)   2214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #yo‘l infratuzilmasi#yo‘l belgilari#avtomobil yo‘llari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda turizm yo‘l belgilari joriy qilinadi

    04.11.2018, 10:27

    Poytaxtdagi maktablardan birining yonida haydovchilar uchun nostandart ogohlantirish belgisi o‘rnatildi

    04.09.2019, 22:57

    Toshkentda YTHlar soni 14,4 foizga kamaydi

    27.09.2019, 14:42

    Toshkentdagi 24 ta yirik chorrahaning harakatlanish tartibini optimallashtirish orqali tirbandlikni 64 foiz kamaytirish rejalashtirilmoqda

    24.11.2020, 07:21

    O‘zbekistondagi yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

    01.06.2021, 22:57

    YHXBB: “Fuqarolar tomonidan yuborilayotgan takliflarning qariyb 80 foizi yo‘llardagi kamchiliklar haqida”

    10.06.2021, 22:46

    O‘zbekistondagi 2 mingdan ortiq chorraha svetofor bilan jihozlanmagani, yo‘l belgilari yetishmasligi ma’lum qilindi

    11.02.2022, 20:06

    Chorrahalarda tadbirkorlar o‘rnatgan kameralar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berildi

    24.08.2023, 22:25

    O‘zbekistonda avtobuslarning kunlik qatnovlari soni o‘tgan yilga nisbatan 69 foizga oshdi

    03.11.2023, 18:24

    O‘zbekiston savdo bozoridagi islohotlar: yaroqsiz standartlardan voz kechish, logistik to‘siqlarni yengib o‘tish va siyosiy o‘zgarishlar haqida 

    13.08.2024, 23:43

    Investorlar O‘zbekistondan davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, mulk huquqini himoya qilishni kutmoqda — AQSH davlat departamenti

    16.08.2024, 15:55

    “Xato qilmay iloj yo‘q” — O‘zbekistonda yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarimalar adolatlimi?

    21.09.2024, 11:00

    Parlamentdagi tortishuv: Alisher Qodirov va deputatlar avtobus yo‘laklari masalasida spikerga qarshi chiqdi

    12.12.2024, 20:21

    “Rossiya NATO davlatlariga hujum qilsa, qaqshatqich javob oladi” — Mark Ryutte

    28 mart, 11:25

    Toshkentda avtobuslar tezkor harakatlanishi uchun BRT yo‘lagi qurilishi kutilmoqda

    13 may, 14:51

    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

    19 may, 10:30

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    20 may, 23:00

    Isroil va Turkiya Suriyada to‘qnashuvdan qochish uchun ishonch telefoni tashkil qildi

    22 may, 21:10

    Sunʼiy o‘tmish, soxta musulmon va makkor tulki. Suriya prezidenti uchun vorislardan biri sifatida ko‘rilgan, Netanyaxu jasadini qaytarishni so‘rayotgan isroillik s...

    24 may, 10:25

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    27 may, 21:39

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

    5 iyun, 10:30

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    3 iyun, 14:50

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    3 iyun, 15:00

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    15 iyun, 14:13

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    18 iyun, 09:56
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Birinchi xonimga ko‘ylak tikish katta mas’uliyat”. Diyora Usmonova kiyim brendi, hayotidagi fojialar va asrab olgan farzandlari haqida

    Layfstayl | 30 iyun, 19:22

    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

    Reklama | 30 iyun, 18:00

    Yevropa rahbarlari NATO kechki ziyofatida Trampni Rossiyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishga undadi

    Dunyo | 30 iyun, 19:11

    Polsha snaryadlar ishlab chiqarishni besh baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 30 iyun, 19:00

    Seulda “Kalmar o‘yini” seriali sharafiga parad o‘tkazildi

    Kino | 30 iyun, 18:50

    O‘zbekistonda 843 kishiga arzon kreditda mashina olib berishni vaʼda qilgan 9 kishi qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 18:40

    Malika Diananing ko‘ylagi auksionda yarim million dollarga sotildi

    Layfstayl | 30 iyun, 18:30

    Pokistonda bomba portlashi oqibatida 13 nafar askar halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 18:20

    Iyul oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 30 iyun, 18:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.