• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 1-iyun kuni respublikada yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tuzilganligini e’lon qildi.

    Xabarda qayd etilishicha, respublikada transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari yuqoriligi, yo‘l infratuzilmasidagi jiddiy muammolar yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotganligi, oqibatda ko‘plab insonlarning tan jarohat olishi, ularning bevaqt vafot etayotganligi holatlari ko‘payib bormoqda.

    Guruh tarkibiga hukumat, Ichki ishlar, Transport, Moliya vazirliklari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.

    Guruh tomonidan yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olishning bugungi kundagi holati kompleks ravishda o‘rganilib, xorijiy tajriba va ilmiy yondashuvlarni qo‘llash asosida normativ-huquqiy va manzilli tashkiliy-amaliy choralar ishlab chiqiladi.

    Alohida e’tibor yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq jiddiy muammolar — yo‘llarning holati, piyodalar o‘tish joyi, yo‘l belgilari, tartibga solinmagan chorrahalar va boshqalarga qaratilib, ularni tubdan yaxshilash bo‘yicha har tomonlama choralar ko‘riladi.

    “Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘riladigan kompleks chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka axborot beriladi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi”, — deyiladi IIV xabarida.

    Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishchi guruh tarkibiga kiritiladimi-yo‘qmi, unga takliflarni qanday kiritish mumkinligi haqida ma’lumot berilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1 hafta (24-may 31-may) davomida sodir bo‘lgan YTHlarda 20 ga yaqin kishi vafot etdi.

    Jumladan:

    • Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida, taxminan, soat 02:15 da “KamAZ” va Damas ishtirokidagi YTH oqibatida Damas haydovchisi va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘lgan, shuningdek, Damas’ning ikki yo‘lovchisi (jumladan, 2-sinfda o‘qiydigan qiz) tan jarohati olib, reanimatsiyaga yotqizilgan;
    • Toshkentdagi Bunyodkor shohko‘chasining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida, taxminan, soat 04:45 da Spark haydab ketayotgan 36 yoshli F.Yu. boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa borib urilgan va shifokorlarning urinishlariga qaramay, kasalxonada vafot etgan;
    • Toshkent viloyatining Angren shahrida, taxminan, soat 09:00 da dastlab Nexia-3 avtomobili yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan, shundan so‘ng shu yo‘nalishda orqadan harakatlanib kelayotgan mashinalar sekinlashgan vaqtda me’yoridan ko‘p yuk ortilgan MAN yuk mashinasi tormozi ishlamay qolib, uchta Lacetti, Nexia-2 va Cobalt bilan to‘qnashgan (Lacetti’lardan biri yonib ketgan), hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, 14 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan;
    • Xorazmning Yangiariq tumanida, taxminan, soat 17:30 da 39 yoshli haydovchi qoidaga xilof ravishda o‘ng tomondan quvib o‘tishga urinish vaqtida yo‘l chetidagi olti nafar 11-sinf bitiruvchisini urib yuborib, ariqqa ag‘darilgan. Hodisa oqibatida uch nafar o‘quvchi hodisa joyida, bir nafari kasalxonada vafot etgan, yana ikki o‘quvchi og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi;
    • Namanganning Pop tumanida, taxminan, soat 18:00 da haydovchi J.J. Nexia avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilib, pastlikka tushib ketgan. Oqibatda haydovchi hamda ikki yo‘lovchi — 20 yoshli A.R. va 35 yoshli A.Q. tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, yana bir yo‘lovchi Ya.B. esa tan jarohatlari sababli vafot etgan.
    • Toshkent halqa yo‘li va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidagi aylanma ko‘prik ustida avtobuslardan biri piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan fuqarolarga yo‘l berib to‘xtagan paytda, uning ortidan kelayotgan boshqa bir Isuzu haydovchisi o‘z vaqtida tormozlanishni amalga oshira olmay, uning ortiga kelib urilgan. Oqibatda piyodalardan biri og‘ir ahvolda shifoxonga yuborilgan. Biroq jabrlanuvchi shifoxonaga yetib borishi bilan vafot etgan.
    • Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 31-may kuni soat 12:21 larda Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 124-kilometrida R.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan. Shu yo‘nalish bo‘ylab orqa tomonidan oraliq masofani saqlamasdan kelayotgan Isuzu yuk mashinasi Nexia’ga kelib urilgan. Yengil mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchi ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay tibbiyot bo‘limida vafot etgan.
    Bundan tashqari, Farg‘onada bir haftada (10—17-may) YTHlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani hamda O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt oy ichida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 557 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

    01.06.2021, 22:57   Izoh (0)   16379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon—O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi

    01.06.2021, 22:41

    Shavkat Mirziyoyev Termizdagi yangilangan “Ayritom” chegara bojxona postini borib ko‘rdi

    01.06.2021, 22:26

    Toshkentdagi Chirchiq daryosi bo‘yida villalar va xizmat ko‘rsatish punktlari quriladi

    01.06.2021, 22:10

    O‘zbekistonda 31-maydagi harorat mutlaq maksimumga yetdi

    01.06.2021, 21:41

    Toshkentdagi Magic City ko‘ngilochar bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni ko‘paygani bois ba’zi ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

    01.06.2021, 21:27

    Shavkat Mirziyoyev “Angor Surxon g‘ururi” klasterida g‘alla hosilini ko‘zdan kechirdi

    01.06.2021, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.