Koreyaliklar O‘zbekistondan oltita zotdor xizmat itlarini sotib oldi. Bu haqda 18-iyul kuni Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston labrador zotiga mansub oltita xizmat itini Toshkent xalqaro aeroporti orqali Koreyaga yubordi. Dastlab hayvonlar tegishli veterinariya diagnostika va ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Xalqaro tashish uchun zarur bo‘lgan hujjatlari rasmiylashtirilgan.
-BMaK8tx7.avif)
“Bugun Jessi, Bella, Farona, Rada, Fayz, Fariz laqabli xizmat itlarini koreyalik bojxonachilar qabul qilib olishdi va iqlimga moslashish jarayonlari yakuniga yetgach, xizmatga safarbar qilinadi”, deyiladi xabarda.
Itlar Milliy kinologiya markazida yetishtirilib, giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida tayyorlangan. Hozirda bu toifadagi jonzotlar xalqaro aeroport va dengiz portlarida yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda.
-Pl132UfU.avif)
“Milliy kinologiya markazi yuqori toifali xizmat itlarini tayyorlash va xorijiy hamkorlarga yetkazish bo‘yicha eksport salohiyatini muttasil oshirmoqda”, deya qayd etgan qo‘mita.
Bugungi kungacha markaz tomonidan Koreyaga eksport qilingan xizmat itlari soni 12 taga yetgan.
Izoh (0)