Rossiyaning Tatariston o‘lkasidagi “Geran-2” (Shahed) kamikadze dronlari ishlab chiqariladigan zavod namoyish qilindi. Bu haqda “Zvezvda” telekanali ma’lum qildi.

Rus armiyasi bu dronlardan Ukrainaga qarshi hujumda keng qo‘llanib kelmoqda. U Eronning Shahed 136 dronlari nusxasi hisoblanadi. Rossiya mahalliy ishlab chiqariladigan bunday dronlarni “Geran-2” deb nomlagan. Zavod “Olabug‘a” maxsus iqtisodiy zonasida joylashgan.
U yerda Alabuga Politex maxsus o‘quv markazi ham faoliyat yuritmoqda. Shu sababli 16 yoshdan oshgan maktab qizlari ham dron ishlab chiqarishga jalb etilmoqda.

Alabugadagi o‘quv markazi yoshlar uchun “aeronavigatsiya” va “dron dasturlash” yo‘nalishlarida maxsus tayyorlov dasturini ochgan. Ta’lim muddati 4 yilgacha davom etadi. Dastur ishtirokchilari ishlab chiqarish hududida bepul turar joy va ovqat bilan ta’minlanadi. Bu Kremlga dronni urush uchun tezkor va ommaviy tarzda ishlab chiqarish imonini beradi.

Zavod ichidan olingan suratlarda yig‘ilgan o‘nlab dronlarni ko‘rish mumkin. Manbalarga ko‘ra, ishlab chiqarish sur’ati yuqori bo‘lib, dronlarning nishoni parvoz dasturiga oldindan kiritiladi: hujum koordinatalari uchishdan avval belgilanadi.

Izoh (0)