Daryo

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

Konsert ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish10 617 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun davlat rahbarlarining irodasi va saʼy-harakatlari tufayli xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qo‘shma konsert O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligi hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Isteʼdodli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarda madaniyatlarning boyligi, rang-barangligi va o‘ziga xosligi mujassam bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar