• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hisobga olinmagan dehqon mehnati, yerlarning kamligi va degradatsiya: go‘sht narxiga taʼsir qilgan sabab va omillar

    Statistika agentligi tahliliga qaraganda, go‘sht narxlari yanvardan beri har oy oshib bormoqda. Mart oyida O‘zbekistondagi go‘sht narxi MDH davlatlariga nisbatan qimmatlagan. Markaziy bank so‘rovlarida ham aholi tomonidan go‘sht qimmatlashgani kuzatilgan.

    O‘zbekistonda go‘sht narxining oshib borishiga olib keluvchi sabab va omillar yuzasidan veterinariya fanlari doktori, professor Qurbon Norboyev “Daryo”ga izoh berdi.

    Qurbon Norboyev
    Qurbon Norboyev
    Foto: “Daryo”

    Dunyo bo‘ylab go‘sht narxi oshmoqda

    O‘zbekistondagi qishloqlar, tumanlar, viloyat markazlaridagi go‘sht narxi bilan qiziqdik. Bizda go‘sht narxi hozir qishloqlarda asosan dehqon fermer xo‘jaliklar tomonidan 92-95 ming so‘mga narxlab, qassobga beriladi. Chorvachilik tumanlarida qassob go‘shtni 100 ming so‘mdan narxlayapti, sug‘oriladigan, dehqonchilik qilinadigan tumanlarda esa maksimum 105-110 ming so‘mdan sotilyapti. Viloyat markazlarida go‘sht narxi 120 ming so‘mdan, lahm go‘sht, suyaksiz go‘sht faqat Toshkent shahrida 130-140 ming so‘mgacha sotilyapti.

    Foto: “Daryo”

    Go‘sht narxi qimmat deb bo‘lmaydi. Chunki qo‘shni respublikalarimizda mol go‘shtining narxi 160-170-180 ming so‘mgacha sotilyapti. Rossiya Federatsiyasining Moskvada shahrida 1 kilogramm go‘shtning narxi 200-250 ming so‘mgacha sotilyapti. Umuman olganda, dunyoda go‘shtning narxi 2025-yil hisobiga birmuncha ko‘tarildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning maʼlumotiga qaraganda, dunyoda 2025-yilning fevraldan beri hozirgacha go‘sht narxi 18 foizga oshgan.

    O‘zbekistonda go‘sht ishlab chiqarish o‘sib boryapti. Mana misol uchun, 2022-yilda tirik vazn hisobida 2,7 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu raqam 2,8 million tonnani tashkil etgan. 2024-yilda esa 2,9 million tonnani tashkil etgan. Demak, o‘sish tendensiyasi mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Mol boshi uchun ajratilgan yer maydonlari kam

    O‘zbekiston ichki bozorida ishlatiladigan go‘shtning asosiy qismini dehqon xo‘jaliklarida, fermer xo‘jaliklarida yetishtiryapti. Soha mutaxassisi sifatida go‘sht narxining oshishiga quyidagi omillar taʼsir etyapti deb hisoblayman. Shulardan birinchisi, mol boshi uchun ajratilgan yer maydonining kamligi. Aslida sug‘oriladigan dehqonchilik qiladigan hududlardan bir shartli bosh mol uchun 0,3 gektar yer ajratilishi kerak. O‘zbekistonda mana shu ko‘rsatkich 0,19 ni tashkil etadi. 0,11 gektar yer yetishmayapti, yaʼni 34,5 foiz yer yetishmayapti. Albatta, bu ko‘rsatkichni joylarda hokimlar imkoniyatini topadigan bo‘lsa, shu yerni ajratib berish kerak bo‘ladi.

    Tarixda bo‘lmagan yemish narxi

    Ajratilgan yerdan to‘g‘ri foydalanish, ularda demak chorva ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish. Beda, paxta, almashlab ekishni joriy qilish, tritikale, raps kabi ekinlarni ekish, shu uchun chorva ozuqasini, demak uni to‘yimliligini oshirish uchun xizmat qiladigan soha bo‘ladi. O‘zbekistonda hozir 1 kilogramm bug‘doy kepagi 3000-3300 so‘mni tashkil etadi. 1 kilogramm paxta shroti 6000-6500 so‘m. 1 kilogramm paxta sheluxasi tarixda bo‘lmagan 5000 so‘mni tashkil etadi.

    Dehqonlar mehnati hisobga olinganicha yo‘q

    Tirik vaznda 1 kilogramm natija olish uchun, 11,5-12 oziq birligi talab etiladi. Agar shu oziq birligini hisobini beradigan ozuqalarni ro‘yxat qilib, ularning narxini belgilaydigan bo‘lsak, bu 80-85 ming so‘mga borib yetyapti. Demak, bu yarim kilogramm go‘sht hisobi. Aslida 1 kilogramm go‘shtning narxi bu hisobda 160-170 ming so‘mga tushadi.

    Qishloq joylarda mol boqib yetishtiruvchilar hali o‘zining mehnatini go‘sht ustiga qo‘yayotgani yo‘q. Olti oy mol boqadimi, bir yil mol boqadimi — bu hisobga olinmayapti.

    Degradatsiyaga uchrayotgan yerlar

    O‘zbekistonda 16,5 million gektar yaylov bor. Uning ham 40 foizi degradatsiyaga uchragan. Qozog‘istonda yaylovlar esa 124 million gektar. Hosildorligi bizga nisbatan ancha baland. Qozog‘istonda yaylovlarning hosildorligi 7-8 sentnerni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa yaylovlarning hosildorligi 2 sentner atrofida. Bu tomondan ham bizda go‘sht ishlab chiqarish uchun ancha qiyinchilik bor.

    Foto: “Daryo”

    Go‘shtga bo‘lgan talab oshdi.

    Barcha supermarketlarda, rastalarda, go‘sht do‘konlarida go‘sht yetarli miqdorda. Xalqimizning talabi oshganligi bu xalqning farovonligini oshganligini dalolati bu.

    Narxga elektr energiyasi ham taʼsir qilgan

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi bergan bayonotiga ko‘ra, go‘sht narxi oshishi global miqyosda kuzatilayotganini qayd etgan. Bu dunyoda go‘sht ishlab chiqarish hajmi sekinlashayotgani, yirik importchi davlatlarda talab yuqoriligi va ozuqa xom ashyosi va transport xarajatlari ortishi bilan bog‘liq.

    Bayonotda 2025-yil I choragida go‘sht narxiga taʼsir qiluvchi yem—ozuqa, elektr energiyasi va yoqilg‘i–moylash materiallari qimmatlashgani keltirilgan.

    Maʼlumot uchun, O‘zbekiston o‘rtacha 4 dollardan go‘sht import qilmoqda. Importning juda katta qismi Belarus va Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keladi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rganishlariga (13-iyun sanasi bilan) ko‘ra, Toshkent shahridagi bozorlarda mol go‘shtining ulgurji narxi 73 ming so‘mdan 95 ming so‘mgacha, qo‘y go‘shti esa 83 ming so‘mdan 98 ming so‘mgacha tashkil etmoqda.

    13 iyun, 19:45   Izoh (0)   2589
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #goʻsht narxi#goʻsht#Mol#chorva#qo‘y#lahm

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.