Daryo

O‘zbekistonda go‘sht narxi MDH davlatlariga nisbatan qimmatligi ma’lum bo‘ldi

Shveysariya, Islandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Lyuksemburg mol go‘shti eng qimmat mamlakatlarning top-5 taligidan o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish45 384 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston mol go‘shti narxi bo‘yicha dunyoda 127 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi. 

Foto: “Daryo”

Numbeo xalqaro servisi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7-mart holatida O‘zbekistonda bir kilogramm mol go‘shtining narxi 8,1 AQSH dollarini tashkil etadi. Qo‘shni mamlakatlarda ham narxlar shunga yaqin. Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonda mol go‘shti 7 AQSH dollaridan sal oshiqroq turadi.

Shveysariya, Islandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Lyuksemburg mol go‘shti eng qimmat mamlakatlarning top-5 taligidan o‘rin olgan. Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Shveysariyada bir kilogramm go‘sht narxi 44,3 AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Islandiyada — 38,7, Janubiy Koreyada — 28, Norvegiyada — 26,8, Lyuksemburgda esa — 23,9 AQSH dollarini tashkil etgan.

Eng arzon go‘sht Keniya (4,97), Gana (4,78), Nigeriya (4,50), Uganda (12) va Pokistonda (4,04) sotilmoqda. 

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil fevral oyida jahon bozorlarida go‘sht narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshgan. Mutaxassislar buni aynan mol go‘shti narxining ko‘tarilishi bilan izohlagan. Qayd etilishicha, bu turdagi go‘shtga barqaror yuqori talab kuzatilgan.

O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari bir yil ichida 14,4 foizga qimmatlashdi. Ushbu tovarning iste’mol narxlari indeksi joriy yilning fevral oyida Statistika agentligi mutaxassislari tomonidan qayd etilgan. Biroq go‘sht turlari kesimida vaziyat turlicha: suyakli mol go‘shti 2024-yil fevraliga nisbatan 18,5 foizga, qo‘y go‘shti 19,4 foizga qimmatlashgan. Parranda go‘shti esa 0,8 foizga arzonlashgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar