• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Internetdagi erkinlik va masʼuliyat: huquqlar va majburiyatlarni aniq belgilash vaqti keldi

    Bugun uyqudan uyg‘onishimiz bilan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga kirishga oshiqamiz, hayotimizni real vaqt rejimidagi yangiliklar va postlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Onlayn-platformalar yordamida nafaqat muloqot qilish, tezkor xabarlardan bahramand bo‘lish, balki taʼlim, tijorat, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda keng foydalanish imkoniyati bor.

    Foto: Theleaflet
    Foto: Theleaflet

    Shu maʼnoda hozirda blogerlar, inflyuyenserlar, ijtimoiy tarmoqlardagi turli guruh va kanal egalari axborot tarqatish, fikr bildirish, jamoatchilikka taʼsir o‘tkazish borasida mamlakatimiz media makonida faollik ko‘rsatmoqda. Biroq raqamli muhitda ularning erkinligi, huquqlari qay darajada? Shu nuqtayi nazardan, sohada ayrim muammolar borki, ular tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

    Masalan, baʼzi onlayn-platformalar tomonidan foydalanuvchilarga akkaunt yoki guruh/kanal ochish imkoniyati cheklanishi kuzatiladi. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlarning ro‘yxatdan o‘tish yoki foydalanish qoidalari murakkablashtirilgani sababli fuqarolar erkin faoliyat olib bora olmaydi. Qoidalarning noto‘g‘ri yoki noaniq bayon etilishi foydalanuvchilarga nisbatan nomuvofiq shart-sharoitlar yaratib, ularni himoyasiz qoldiradi.

    Muammolar qatoriga kontent moderatsiyasi va moliyaviy foyda olish jarayoniga xalal berayotgan cheklovlar ham kiradi. Shunday platformalar borki, ijodiy yoki tijoriy faoliyat olib borayotgan foydalanuvchilarni daromad topish imkoniyatidan mahrum qiladi. Kontent tarqatish algoritmlari baʼzi foydalanuvchilarga “layk” bosilgan kontentni ko‘proq ko‘rsatadi, boshqa kontentni esa eʼtiborsiz qoldiradi.

    Eʼtiborga molik muhim masalalardan yana biri shundaki, foydalanuvchi o‘ziga mos kelmaydigan kontentdan himoyalanishda qiynaladi. Kontent filtrlash mexanizmlari samarasiz yoki noaniq ishlashi natijasida foydalanuvchini unga qiziq bo‘lmagan kontentdan muhofaza qilish murakkablashadi. Bunda, eng yomoni, bolalar va yoshlar uchun zararli kontentga oson kirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

    Yuqoridagi muammolar foydalanuvchilar, blogerlar, inflyuyenserlar va ijtimoiy tarmoqlardagi resurslar egalari uchun aniq huquqlar, kafolatlar zarurligini ko‘rsatadi. Xususan:

    • akkaunt, guruh, kanal ochish hamda onlayn-platformadan foydalanish qoidalari va shartlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli maʼlumot olish;

    • qonun bilan taqiqlanmagan har qanday usulda kontent tayyorlash, olish, joylashtirish, tarqatish;

    • fikrni erkin ifoda etish hamda o‘z huquqlari, qonuniy manfaatlari, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;

    • onlayn-platforma mulkdori yoki tarmoq moderatoriga talab (eʼtiroz) bilan murojaat qilish;

    • ijodiy, tijorat va boshqa qonuniy faoliyatdan daromad olish;

    • agar o‘z qiziqishlari va qarashlariga zid kelsa, onlayn-platformalar tomonidan taklif etiladigan mahsulotlarni rad etish;

    • onlayn-platformada noxush yoki qiziqtirmaydigan kontent namoyish etilishini cheklash;

    • shaxsiy akkaunti, blogi yoki resursiga asossiz cheklov qo‘yilgan holda, sabablarini bilish.

    Bu huquqlar faqatgina erkinlikni taʼminlash uchun emas, balki internet muhitida shaffoflik, adolat va xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida ham talab etiladi.

    Darhaqiqat, xavfsizlik. Endi masalaning shu tomoniga eʼtibor qaratsak. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlar maʼlumot almashish va voqea-hodisalardan xabardor bo‘lishda muhim vosita, dedik. Biroq ular orqali nafaqat foydali maʼlumotlar, balki zararli va qonunga zid axborotlar ham keng tarqalayotgani oxirgi paytlar jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

    Jumladan, yolg‘on xabarlarning ko‘pligi, maʼlumotlar to‘g‘riligi yoki haqqoniyligini aniqlashning qiyinligi, axborot spekulyatsiyasi mavjudligi, odamlarning o‘zaro muloqoti davomida baʼzan etika normalarining qo‘pol ravishda buzilishi, o‘ylamasdan qilingan ayrim harakatlarni orqaga qaytarib bo‘lmasligi, qoldirilgan baʼzi noo‘rin postlarni o‘chirib bo‘lmasligi, yomon kuchlarning internetdan targ‘ibot maydoni sifatida foydalanishlari, shaxsiy maʼlumotlarning o‘g‘irlanishi va boshqa texnik tahdidlarning mavjudligi.

    Shu sababli fuqarolar, ayniqsa blogerlar, inflyuyenserlar va ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanal egalarining huquqlari bilan bir qatorda majburiyatlarini ham aniq belgilash muhim. Bu hozirgi raqamli makonda odamlar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish uchun zarur. Shundan kelib chiqib, quyidagi majburiyatlar aniq belgilab qo‘yilishi lozim:

    — Qonunlar doirasida faoliyat yuritish.

    — Shaxsning huquq va erkinliklari, shaʼn va qadr-qimmatini hurmat qilish. Internetdagi muloqot va kontent yaratish jarayonida shaxslarning huquqlarini kamsitishga, shuningdek, tahqirlash, tuhmat, shaxsiy maʼlumotlarni tarqatish, kiberbulling kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik.

    — Noqonuniy (jinoiy, ekstremistik, zo‘ravonlikka chorlovchi, dezinformatsiya va pornografik) kontentni joylashtirmaslik va tarqatmaslik.

    — Noqonuniy kontent joylashtirilgan, tarqatilgan hollarda, uni o‘chirish. Bu nafaqat huquqiy talab sifatida, balki axloqiy masʼuliyat nuqtayi nazaridan ham muhimdir.

    Onlayn makonda erkinlik va masʼuliyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash jamiyatda informatsion va maʼnaviy gigiyenani taʼminlaydi. Shu bois ham sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish muhim bo‘lib, bu internetdan xavfsiz, shaffof foydalanish imkonini yaratadi.

    Jo‘rayev Abbosjon,
    IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi

    12 may, 14:09   Izoh (0)   1132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    12 may, 13:44

    O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

    12 may, 13:12

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘lashi mumkin

    12 may, 12:29

    O‘zbekistonda nogironligi borlarni ishga qabul qilganlarga 1-iyundan subsidiya ajratiladi

    12 may, 11:43

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    12 may, 11:15

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi 

    12 may, 10:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10

    Tramp Hindistonga 25 foiz, Braziliyaga esa 50 foiz boj joriy qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:00

    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

    Reklama | 6 avgust, 22:09

    Germaniya madaniyat arboblari Mertsdan Isroilga qurol yetkazib bermaslikni so‘radi

    Dunyo | 6 avgust, 22:45

    Toshkent viloyatida 18 yoshli yigitlar mashina o‘g‘irlab, IIB va YPX xodimlarini jarohatladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 22:35

    AQSH sobiq prezidenti va uning rafiqasi Epshteyn ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

    Dunyo | 6 avgust, 22:25

    Xorazm viloyatida 119 nafar xodimning jami 1 mlrd so‘mdan ortiq maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.