• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘lashi mumkin

    “Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatuvchi onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat.  Ushbu qonun loyihasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ularning faoliyati  “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan.

    Qonun loyihasida bir qator tushunchalarga aniqlik kiritildi. Xususan:

    • bloger – o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tusdagi kontentni, shu jumladan onlayn-platforma foydalanuvchilari tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs (onlayn-platforma foydalanuvchisi);
    • inflyuenser — onlayn-platformadagi o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda 10 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger;
    • veb-sayt egasi — veb-saytdan foydalanish tartibini, shu jumladan ushbu veb-saytda kontent joylashtirish tartibini mustaqil ravishda belgilaydigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
    • yolg‘on axborot – haqiqatga mos kelmaydigan, shaxslar, ashyolar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqida faktlarning buzib ko‘rsatadigan, noto‘g‘ri taassurot uyg‘otadigan har qanday shaklda qayd etilgan ma’lumot.

    Qonun loyihasida foydalanuvchilar, blogerlar, inflyuenserlar va veb-sayt egalarining huquq va majburiyatlari keltirilgan.

    Huquqlari:

    • onlayn-platformada akkaunt, ommaviy hamjamiyat ochish;
    • onlayn-platformadan foydalanish qoidalari va shartlari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumot olish;
    • O‘zbekiston qonunlari bilan taqiqlanmagan har qanday usulda kontentni tayyorlash, olish, tarqatish;
    • O‘zbekiston qonunlariga muvofiq onlayn-platforma va veb-saytlarda fikrni erkin ifoda etish;
    • o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmatini vakolatli organga murojaat qilish yoki sud tartibida himoya qilish;
    • onlayn-platforma mulkdori yoki ommaviy hamjamiyat moderatori yoxud veb-sayt egasiga o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga amal qilinishi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi yuzasidan talab (e’tiroz) bilan murojaat qilish;
    • o‘zining ijodiy, tijorat va boshqa qonuniy faoliyatidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va onlayn-platformadan foydalanish qoidalariga muvofiq daromad olish;
    • agar o‘z qiziqishlari va qarashlariga zid kelsa, onlayn-platformalar tomonidan taklif etiladigan mahsulotlarni rad etish;
    • onlayn-platformada o‘zlarini qiziqtirmaydigan kontent namoyish etilishini cheklash;
    • o‘zining akkauntiga yoki ommaviy hamjamiyatiga yoxud veb-saytiga kirilishini asossiz cheklanishidan himoyalanish, kirish cheklanganda uning sabablari ko‘rsatilgan holda xabarnoma olish.

    Majburiyatlari:

    • O‘zbekiston qonunchiligiga amal qilish;
    • shaxsning huquq va erkinliklari, sha’n va qadr-qimmatini hurmat qilish;
    • noqonuniy kontentni tarqatmaslik;
    • noqonuniy kontent tarqatilgan hollarda uni o‘chirish;
    • onlayn-platformalar yoki veb-sayt orqali ixtiyoriy homiylik mablag‘larini yig‘ishda
    • O‘zbekiston qonunchiligi jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilish.

    inflyuenser va veb-sayt egasi yuqoridagi huquq va majburiyatlar bilan birga quyidagi qo‘shimcha majburiyatlarga ega:

    • tarqatilayotgan kontentning to‘g‘riligini, uning jamoatchilikka ochiq bo‘lishidan oldin tekshirish;
    • shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yoki tashkilotlarning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on axborotni o‘zining akkaunti, ommaviy hamjamiyati yoki veb-saytida tarqatmaslik, shuningdek, ularning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan o‘z akkaunti, ommaviy hamjamiyati yoki veb-sayti, shu jumladan foydalanuvchilar tomonidan fikr va izohlar qoldirish uchun mo‘ljallangan bo‘limlarining noqonuniy kontentni aniqlash maqsadida monitoringini amalga oshirish va aniqlangan taqdirda uni zudlik bilan o‘chirish choralarini ko‘rish;
    • o‘z akkauntida va (yoki) ommaviy hamjamiyatida yoki veb-saytida noqonuniy kontentning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • yolg‘on axborot tarqatilgan hollarda uni o‘chirish yoki fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat organlarining murojaatlari asosida yolg‘on axborot mavjud bo‘lgan dastlab joylashtirilgan kontentga ushbu kontent yolg‘on ekanligini ko‘rsatuvchi maxsus axborot belgisini qo‘yish;
    • jismoniy va yuridik shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on axborot tarqatilganligi tasdiqlangan hollarda, ularning talabiga muvofiq raddiya e’lon qilish;
    • murojaat qilish va qayta aloqa o‘rnatish uchun tegishli ma’lumotlarni jamoatchilikka ochiq shaklda joylashtirish;
    • prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e’lon qilmaslik, sud hukmi chiqarilmaguncha muayyan ish natijalarini oldindan e’lon qilmaslik yoki boshqa usullar orqali sudga ta’sir o‘tkazmaslik;

    inflyuenser va veb-sayt egasi o‘zining akkaunti, ommaviy hamjamiyati yoki veb-sayti orqali reklama yoki daromad keltiruvchi boshqa faoliyatni amalga oshirishda Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi kerak. Murojaat qilish va qayta aloqa o‘rnatish uchun tegishli ma’lumotlarni jamoatchilikka ochiq shaklda joylashtirmagan inflyuenserga reklama berish taqiqlanadi.

    Qonun loyihasi bilan vakolatli organ bilan tizimli ravishda hamkorlik qilmay kelayotgan onlayn-platformalarga O‘zbekiston hududida kirish tezligini sud qarori asosida pasaytirish nazarda tutilmoqda. Butunlay bloklash amaliyotidan voz kechilmoqda. Ya’ni, noqonuniy kontentni o‘chirish, uning tarqatilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi ko‘rsatma talablarini bir kalendar yil davomida 3 martadan ortiq bajarmagan bloger/inflyuenser faoliyati 6 oygacha to‘xtatiladi. 

    Internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish borasida rivojlangan davlatlar ijobiy amaliyoti o‘rganilganda ma’lum bo‘lishicha, Yevropa Ittifoqi “Raqamli xizmatlar to‘g‘risida”gi qonuni orqali onlayn platformalar uchun yuqori standartlarni joriy etdi. Germaniyada 2 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega platformalarga noqonuniy kontentni 24 soat ichida o‘chirish majburiyati yuklangan. Fransiya internetda nafrat, terrorizm va bolalar pornografiyasiga qarshi qat’iy choralar ko‘rishni, Turkiya xorijiy IT-kompaniyalarga mahalliy vakil tayinlashni talab etgan. Qozog‘iston blogerlar va platformalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan huquqiy asosni shakllantirdi.

    O‘zbekistonda bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida qonunchilikda aniq normalar yo‘q edi, axborot tarqatishga oid talablar esa milliy qonunchilikda tizimli va yetarli darajada tartibga solinmagan, tarqoq holda belgilangan.

    Ushbu qonun loyihasi muhokamasi 27-maygacha davom etadi.

    O‘zbekistonda qator davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida sohani tartibga soluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqilgani haqida 7-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasida onlayn-platformalar foydalanuvchilari huquqlari, sohada yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar, zamonaviy chaqiriqlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qilingandi.

    12 may, 12:29   Izoh (0)   2994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #blogerlar#media sohasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yuksalish” umummilliy harakati: Ba’zi davlat idoralari hanuzgacha OAV va blogerlar bilan muloqotga tayyor emas

    30.08.2019, 09:03

    OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi fond qoshida jamoatchilik kengashi tuzilmoqda

    30.01.2020, 10:08

    Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi

    10.04.2020, 21:57

    Jurnalistlar uchun ijodiy tanlov: “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”

    08.09.2020, 19:41

    Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

    26.06.2021, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlarini bayram bilan tabrikladi

    27.06.2022, 19:11

    “Axborot ochiqligi va so‘z erkinligi ortga qaytmas jarayon” – jurnalist Bobur Alixonov Konstitutsiyada OAV faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanayot...

    28.02.2023, 12:33

    Muxlisa Azizova: “Shovqinli zamonamizda muhim mavzularga san’at orqali e’tibor qaratish zarur”

    03.03.2024, 21:15

    Pul uchun hamma narsaga tayyor, oilabuzar va erkakshunos blogerlar: ular jamiyat uchun qanchalik xatarli? (video)

    27 yanvar, 19:00

    Qozog‘istonda blogerlar 151 ming dollar soliq to‘ladi

    5 mart, 17:30

    O‘zbekistonda blogerlar majburiyatlari yengillashtiriladi

    8 may, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    DXX hajga yuborishini aytib firibgarlik qilgan yana to‘rt kishini ushladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 15:10

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Futbol yulduzlarining mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan rafiqalari

    Layfstayl | 3 iyun, 15:05

    Pokistonda 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi

    Dunyo | 3 iyun, 15:00

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    Iqtisodiyot | 3 iyun, 14:50

    Met Gala’da uni tanishmadi: Bollivud qiroli Shohrux Xonning 5 yil tanaffus qilishiga nima majbur qilgandi?

    Kino | 3 iyun, 14:49

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.