• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    AQSH hukumatining 2025-yil uchun “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” — Green Card javoblari e’lon qilindi. Dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga beriladigan ushbu lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Kentukki shtatining Uilyamsburg shahridagi Kentukki konsullik markazi DV-2025 dasturi g‘oliblarini ro‘yxatdan o‘tkazdi va ro‘yxatni e’lon qildi. Turli millatlarga mansub lotereya dasturi Immigratsiya va fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning 203(c) bo‘limi shartlariga muvofiq o‘tkazildi.

    Bunda Amerika Qo‘shma Shtatlariga immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan kelgan shaxslarga har yili 55 000 tagacha doimiy yashash vizalarini taqdim etiladi.

    Taxminan 131 ming nafar ariza beruvchi ro‘yxatga olingan va ularga xabar berilgan. Ehtimol, ro‘yxatdan o‘tgan dastlabki 55 000 kishining ba’zilari viza berish bo‘yicha o‘z ishlarini davom ettirmasligi mumkinligi sababli, bu muhimroq ko‘rsatkich barcha DV-2025 raqamlari 2025 moliya yili davomida ishlatilishini ta’minlashi kerak.

    Ro‘yxatda xatolik sabab O‘zbekiston Yevropa qatoriga kiritilgan. Agar ko‘rsatkich Osiyo mamlakatlari qatorida solishtirilsa O‘zbekiston 1-o‘rinda qayd etilar edi. Undan keyingi o‘rinlarda esa Eron va Afg‘oniston.

    DV-2026 uchun quyidagi mamlakatlar va hududlarning fuqarolari ariza bera olmaydi. So‘nggi besh yil ichida ushbu mamlakatlardan 50 000 nafar mahalliy aholi AQSHga ko‘chib kelgan:

    • Bangladesh
    • Braziliya
    • Kanada
    • Xitoy Xalq Respublikasi (shu jumladan materik va Gonkongda tug‘ilganlar)
    • Kolumbiya
    • Kuba
    • Dominika Respublikasi
    • Salvador
    • Gaiti
    • Gonduras
    • Hindiston
    • Yamayka
    • Meksika
    • Nigeriya
    • Pokiston
    • Filippin
    • Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya)
    • Venesuela
    • Vyetnam

    Green Card lotereyasi nima? 

    Green Card chet el fuqarolariga AQSHda rasman ishlash imkonini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir.

    Bu viza lotereyasi bo‘lib, unda ishtirok etish uchun siz maxsus shaklni to‘ldirishingiz kerak. Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab aholi lotereyada yutib oladi va AQSHga rasman ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Ushbu maqolada Diversity Visa lotereyasida yoki boshqa aytganda, Green Card lotereyasida ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish jarayonini batafsil ko‘rib chiqamiz. Ishtirok etish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

    • Barqaror internet;
    • Foto;
    • Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari. 

    Arizani 2-oktyabr kuni soat 21:00 dan quyidagi havola orqali o‘tib to‘ldirish zarur: https://dvprogram. state. gov/ 

    1. Boshlash uchun BEGIN tugmasini bosasiz;

    Shundan so‘ng sizda 14 punktdan iborat arizani to‘ldirish uchun 30 daqiqa vaqtingiz bo‘ladi. Barcha punktlar transliteratsiya bilan to‘ldiriladi.

    • Ism-familiya;
    • Tug‘ilgan sana;
    • Tug‘ilgan shahar/aholi punkti;
    • Tug‘ilgan mamlakat;
    • Kelib chiqishingiz ko‘rsatilgan mamlakat;
    • Sizning va barcha oila a’zolaringizning fotosurati;
    • Pochta manzili. Siz yetib borishingiz mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsating, chunki lotereya natijalari unga yuboriladi;
    • Yashayotgan mamlakatingiz;
    • Telefon raqami;
    • E-mail manzili;
    • Ta’lim darajasi;
    • Oilaviy ahvol va bolalar haqidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa).

    Fotosuratga qo‘yiladigan talablar:

    • Ariza beruvchining fotosurati (oxirgi 6 oy ichida olingan), turmush o‘rtog‘i va barcha bolalarning fotosurati talab qilinadi. Green Card’ga ariza berishda avval foydalanilgan fotosuratlardan foydalana olmaysiz.
    • Rasm JPEG (.jpg) formatida bo‘lishi kerak;
    • Maksimal qabul qilinadigan tasvir hajmi 240 kB (kilobayt);
    • Piksellar kvadrat bo‘lishi kerak (tasvirning eni bo‘yiga teng bo‘lishi kerak);
      Ruxsat berilgan o‘lcham 600x600 piksel;

    Bolaning fotosuratiga qo‘yiladigan talablar:

    • Bolaning fotosuratida begonalar, ularning qo‘llari yoki begona narsalar bo‘lmasligi kerak.
    • Bola kameraga ochiq ko‘zlari bilan qarashi kerak.
    • Kichkintoylar uchun yopiq yoki qisman ochiq ko‘zlar qabul qilinadi.

    Yashash manzili

    Ta’lim darajasini tanlang:

    Sizda ta’lim yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak: diplom yoki har qanday sertifikat.

    Quyida ta’lim bo‘yicha nozik nashrda AQSH Mehnat Departamenti (DOL) ma’lumotlar bazasiga havola mavjud bo‘lib, u erda kasbingiz talabga ega yoki yo‘qligini osongina bilib olishingiz mumkin.

    Primary school (boshlang‘ich maktab) — 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan birinchi ta’lim darajasidir.

    High school degree (o‘rta maktab darajasi) — tugatilgan 11 yillik o‘rta maktab va attestat;

    High School, no degree (o‘rta maktab, darajasi yo‘q) — bu shaxs allaqachon 10-sinfga o‘tgan, lekin hali tugatmaganligini bildiradi;

    Vocational school — kollej;

    Some University Courses (ba’zi universitet kurslari) — universitetga o‘qishga kirgan va u yerda bir muddat o‘qigan shaxs. Bu kamida 1 imtihondan o‘tganligi qayd etilgan zachyot daftarchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi;

    University Degree — bakalavr darajasi;

    Some Graduate Level Courses (ba’zi magistratura kurslari) — bu 1 imtihondan o‘tganligi qayd etilgan zachyot daftarchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi;

    Master’s degree – Green Card o‘yinida qatnashuvchi allaqachon magistrlik darajasini olganligini bildiradi;

    Some doctoral-level cources (doktorlik darajasidagi ba’zi kurslar) — aspiranturada o‘qishni boshlagan va 1 imtihondan o‘tgan shaxs.

    Doctorate Degree – ishtirokchining nomzodlik yoki doktorlik darajasiga ega ekanligini bildiradi.

    Oilaviy holatni tanlash

    • Single — bo‘ydoq|turmushga chiqmagan;
    • Married — uylangan|turmushga chiqqan. Agar siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan birga yashamasangiz, lekin rasman ajrashmagan bo‘lsangiz, unda sizning maqomingiz turmush qurgan bo‘ladi va siz turmush o‘rtog‘ingizning fotosuratini oila a’zosi sifatida yuklashingiz kerak;
    • Divorced — ajrashgan;
    • Widowed — beva|turmush o‘rtog‘i vafot etgan.

    Turmushga chiqmagan va 21 yoshgacha bo‘lgan barcha farzandlaringizni, shu jumladan, biologik va asrab olingan farzandlaringizni ro‘yxatga qo‘shishingiz kerak. Agar farzandlaringiz Qo‘shma Shtatlar fuqarosi bo‘lsa, ularni arizangizda ko‘rsatmang.

    Diqqat! Agar bola 21 yoshga to‘lmasdan uylangan yoki turmushga chiqqan bo‘lsa, uni ota-onalarning so‘rovnomasiga kiritish mumkin emas.

    Agar ariza berish vaqtida homilador bo‘lsangiz, hech narsa ko‘rsatmang. Agar lotereyada omadingiz kulsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ham viza beriladi.

    Oila a’zolarining ma’lumotlari siznikiga o‘xshash tarzda to‘ldiriladi.

    Ma’lumotlarni tekshirgandan so‘ng, davom etish tugmasini bosing.

    Tekshiruvdan so‘ng sizda 3 ta tugma paydo bo‘ladi:

    yashil tugma — hamma narsani tasdiqlash. Uni bosish orqali siz endi hech narsani tuzata olmaysiz yoki bekor qila olmaysiz — barcha ma’lumotlar AQSH Davlat departamentiga yuboriladi.

    o‘rtadagi ko‘k tugma — bu tugmani bosish orqali ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun eng boshiga qaytishingiz mumkin.

    o‘ng tarafdagi ko‘k tugma — ishtirokingizni bekor qilish.

    Ma’lumotlarni tasdiqlaganingizdan so‘ng, siz ishtirokchi raqamingiz ko‘rsatiladigan sahifaga yo‘naltirilasiz. Agar bu sodir bo‘lmasa, siz barcha ma’lumotlarni qayta kiritishingiz mumkin.

    Diqqat! Ishtirokchi harflar va sonlardan iborat bo‘lgan ishtirokchi kodingizni saqlab qo‘ying. Mazkur kod orqali natijalarni tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.

    Lotereya natijalarini 2025-yil may oyida bilib olish mumkin bo‘ladi.

    12 may, 19:40   Izoh (0)   2848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Green Card#AQSH#O‘zbekiston

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 2022-yil Green Card g‘oliblari uchun tasdiqlangan vizalar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi

    13.12.2022, 18:11

    Samarqandda AQSHga yuborishini aytib, fuqarolarning 4 mlrd so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qildi 

    05.03.2023, 12:11

    2024-yilgi grin-karta natijalari e’lon qilindi

    06.05.2023, 21:47

    Amerika orzusi. Green Card atrofidagi haqiqatlar

    14.05.2023, 20:14

    AQSH elchixonasi Green Card g‘oliblarini ogohlantirdi

    15.08.2023, 23:05

    AQSH elchixonasi ayrim Green Card g‘oliblari viza ololmasligidan ogohlantirdi

    07.09.2023, 08:40

    AQSH 2023-yil uchun Green Card berishni yakunladi

    07.09.2023, 16:51

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    02.10.2023, 11:43

    Green Card DV-2025 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Arizani to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma

    04.10.2023, 21:01

    Xitoylik tadbirkor ayol Vendi Dengning milliarder bo‘lish borasidagi hech kimnikiga o‘xshamagan muvaffaqiyat sirlari

    17.10.2023, 15:24

    Techstars Startup Weekend xalqaro dasturining bosqichi Qarshida bo‘lib o‘tdi

    06.11.2023, 18:00

    O‘zbekiston grin-karta orqali viza olish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi

    28.11.2023, 10:00

    AQSHdagi o‘zbekistonliklar Bayden ustidan sudga murojaat qildi

    24.02.2024, 17:11

    “Qurilishdagi ustoz, Yaratganga isyon va sotuvga qo‘yilgan Alifbe” — tanlovga kelgan qisqa hikoyalar

    04.05.2024, 12:34

    2025-yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

    04.05.2024, 21:58

    Green Card DV-2026 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi ma’lum qilindi

    30.09.2024, 12:40

    “Daryo” dayjesti: 30-sentyabrning eng muhim xabarlari

    30.09.2024, 22:45

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda: Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbek shou-biznes vakillari (foto)

    2 yanvar, 14:35

    AQSH prezidenti falastinlik talabani deportatsiya qilmoqchi edi. Sud buni vaqtincha to‘xtatdi

    12 mart, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.