• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amerika orzusi. Green Card atrofidagi haqiqatlar

    Yaqinda AQSH hukumatining 2023-yil uchun “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” — Green Card javoblari chiqdi. Har yili dunyo bo‘ylab 50 ming kishiga beriladigan ushbu lotereya yutug‘ining 5 ming 511 tasi o‘zbekistonliklarga nasib qildi. “Daryo” muxbirining “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova bilan bu galgi suhbati Green Card, Amerikada yashash va ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida bo‘ldi.

    Oxirgi yillarda o‘zbekistonliklar Green Card lotereyasi yutib, Amerikaga ketishga ko‘proq qiziqayotgandek. Ayrim vatandoshlarimiz Green Card'ni qo‘lga kiritsa, AQSHda ish ham, mo‘may oylik – maosh ham tayin deb o‘ylaydi. Bu qarash qanchalik to‘g‘ri?

    O‘zim Qo‘shma shtatlarda 2001-yildan beri istiqomat qilaman. O‘zbekistonda 1990-yillarning o‘rtalarida ham Green Card qiziq mavzu edi. O‘sha paytlar men u yerda yashardim, talabalik davrim edi. Lekin bu lotereya nima ekanini deyarli hech kim bilmasdi. Bir dollar to‘lab, anketa to‘ldirilardi. Lekin 2000-yillardan keyin Green Card yutganlar soni orta boshladi.

    Umuman olganda, Green Card lotereyasi 1990-yildan beri taklif etib kelinadi. Bundan maqsad — immigrantlar kam keladigan jamiyatlardan Amerikaga muhojirlarni taklif qilib, ularga doimiy yashash va ishlash imkoniyatini berish, shu tariqa jamiyatni madaniy, diniy jihatdan rangbaranglashtirishdan iborat. Qo‘shma shtatlar muhojirlar asos solgan jamiyat bo‘lib, o‘zining immigrant tarixi bilan bag‘oyat faxrlanadi.

    Har yili immigratsion vizalar chet elliklarga hadya sifatida taklif qilinadi. Green Card — elektron lotereya. Yaʼni shaxsan kimdir o‘tirib, hujjatlarni titkilab g‘oliblarni tanlamaydi. Balki elektron ravishda tanlanasiz. Tanlanganingiz eʼlon qilingach, sizga immigratsion viza uchun hujjat topshirish imkoniyati beriladi. Yaʼni lotereya o‘ynab, mana shu vizaga hujjat topshirish imkoniyatini qo‘lga kirtasiz xolos. Lotereyada yutish, Green Card olganlikni anglatmaydi. Green Card — Qo‘shma shtatlarda doimiy yashash va ishlash uchun hujjat. Uni siz immigratsion viza orqali olasiz. Lekin bu karta faqatgina lotereya orqali berilmaydi.

    Foto: “Daryo” 

    Har yili Amerikada allaqachon yashayotgan odamlar yoki tashqarida yurganlar boshqa yo‘llar bilan ham Green Card olishi mumkin. Masalan, ish joyingiz homiylik qilsa bo‘ladi. Agar Qo‘shma shtatlardagi biror kompaniyaga kerak bo‘lsangiz, amerikalik bilan turmush qursangiz yoki AQSHda farzandingiz yashab, u yerdagi doimiy rezidentga aylangan bo‘lsa, sizni ota-onasi sifatida taklif qilishi mumkin. Yaʼni Green Card olishning boshqa yo‘llari ham bor. Lekin lotereyada yutish, bu immigratsion viza uchun hujjat topshirishingiz mumkin degani. Murakkab bir jarayon aslida lotereya yutganingizdan keyin boshlanadi.

    Ayni kunlarda minglab o‘zbekistonliklarga “siz bu lotereya o‘yinida tanlandingiz”, degan xabar bordi. Bu “DS—260” formasini to‘ldirishingiz kerak degani. Ushbu forma qabul qilingach, ko‘rib chiqiladi. Agar dastlabki talablarga javob bersangiz, u sizga maʼlum qilinadi. Keyin jarayon boshlanadi. Mamlakatingizdagi AQSH konsulligi siz bilan aloqaga chiqadi va keyingi jarayonlarni tushuntiradi. Formani to‘ldirdingiz, yubordingiz. Ko‘p hollarda sizga hech qanday javob kelmasligi mumkin. Siz bilan aloqaga chiqishmadimi, demak tanlanmagansiz. Undan keyingi bosqichga o‘ta olmagansiz.

    Navbahor Imomova
    Foto: “Daryo” 

    Green Card qaysidir hududda ko‘proq, boshqasida kamroq chiqishi mumkinmi? Xalq orasida maʼlum hududdan turib lotereya o‘ynalsa, yutuq aniq chiqadi degan gaplar bor. Bu haqiqatga qanchalik yaqin?

    Bunday gaplarni o‘zim ham eshitaman. O‘zbekistonda “Samarqandda yutuq ko‘p chiqar ekan”, degan gaplar yuradi. “U yerda bu ish bilan shug‘ullanadigan mafiya bormi, biror tarmoq bormi”, deb so‘rashadi. Samarqand viloyatidan Green Card yutganlar ko‘p. Jarayonni o‘zim ham kuzataman. Demak, u yerdan ko‘proq odam o‘ynagan. Qanchalik ko‘p odam o‘ynasa, yutish ehtimoli ham shunchalik ortadi.

    Har yili dunyoda bu lotereyani 11 milliondan ortiq odam o‘ynaydi. Yaʼni uni yutish ehtimolingiz 200 tadan bitta. Bunda qandaydir formula yo‘q. Bu haqda so‘raganimizda AQSHdagi rasmiylar kulishadi.

    Foto: Nyu York / Yandex

    Immigratsion viza olish uchun nimalarga eʼtibor qaratish muhim?

    Lotereya anketasini to‘ldirayotganda biografik maʼlumotlaringiz haqida haqiqatni yozishingiz kerak. Keyin tanlangach, “elak”dan o‘tkazila boshlaysiz. U yerda yozganlaringiz haqiqat va faktlar bilan mos kelishi zarur. Albatta, konsullik tekshiradi. Chig‘iriqdan o‘tasiz. Anketada yozganlaringiz qo‘pol xatolar bo‘lmasligi shart. Baʼzida, masalan, ismning noto‘g‘ri yozilishi ham anketaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Hamisha maslahat beramizki, anketani to‘ldirayotiganda rostgo‘y bo‘ling.

    Foto: smapse.ru

    Green Card yutib, viza olishga erishgan inson, aytaylik, o‘zbekistonlikning Amerikada ishga kirish imkoniyati qanday bo‘ladi? Borib ish izlash kerakmi yoki qandaydir takliflar beriladimi?

    “Siz lotereyada tanlandingiz, immigratsion viza olish uchun hujjat topishirishingiz mumkin”, degan xabarni olgach, bir necha oyni hujjatlashtirish jarayoni uchun sarflaysiz. Deylik, hammasidan yaxshi o‘tib, immigratsion viza oldingiz. Endi sizga Qo‘shma shtatlarning darvozasi ochiq. Istagan shtatingizga borib yashashingiz mumkin.

    Odatda odamlar yaqinlari, tanishlarining oldiga borishga intiladi. Ularning yordamiga tayanadi. Bu nihoyatda muhim faktor. Bizdan o‘zbekistonliklar va umuman, Markaziy osiyoliklar Amerikaning qayeriga borsam ekan, yaqin tanishlarim ham, do‘stlarim ham yo‘q, nima qilay, deb ko‘p so‘rashadi. O‘sha paytda o‘zim maslahat berib kelamanki, Amerikaga borguncha imkon qadar ingliz tilini ozgina bo‘lsa ham o‘rganib oling. Chunki bu yerda biror do‘stingiz bo‘lmasa, imkoniyatlaringiz nihoyatda cheklanadi. Lekin bu kamdan kam uchraydigan holat. Chunki AQSHda 100 minglab Markaziy osiyoliklar yashaydi. Ular orasida uzoq tanishlarni bo‘lsa ham topish mumkin.

    Bu yerda o‘zingizga ishonishingiz va tayanishingiz kerak. Chunki hammaning o‘z hayoti, tirikchiligi, tashvishlari bor. Albatta, vatandoshlar yordam berishga, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Lekin siz bu yerda hayotingizni noldan boshlayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa, oilangiz bilan, bog‘cha yoki maktabga boradigan farzandlaringiz bilan kelayotgan bo‘lsangiz, qiynalishingiz tabiiy. Bu qiyinchilik va sinovlarga ruhan tayyor bo‘lishingiz lozim. Bunga tayyorlanishning asosiy yo‘li tilni o‘rganish, ozgina izlanish, qaysi shaharga ketyapman, cho‘ntagimda qancha pulim bor, nima qilishim kerak, qanday rejalashim lozim, degan aniq bir strategiya ustida bosh qotirishingiz zarur.

    Yuzlab Green Card yutganlar bilan muloqot qilgan bo‘lsam, ularning ko‘pchiligi: “Amerikaga oilangizni darrov olib kelmang. Agar ota yoki ona bo‘lsangiz, oldin o‘zingiz keling. Bu yerda hayotni boshlab, fundamental sharoitni tayorlagandan keyin boshqalar astalik bilan kelishi mumkin”, deb aytishadi.

    Foto: smapse.ru

    O‘zbekistondagi mulkingiz, uy-joyingizni sotishga shoshmang. U yerdagi aloqani uzmang. Hamma ko‘chmas mulkiniyu, boshqa narsalarini sotib, “bo‘ldi, O‘zbekiston men uchun faqatgina tarixiy vatan bo‘lib qoladi, bu yog‘i Amerika”, deb kelganlar, AQSHda yashashga qiynalishganini ko‘rganman. Hatto O‘zbekistonga qaytib borish uchun ham imkoniyatlari cheklanib qolgan. Yaʼni hamma narsani bir paytda hal qilishingiz shart emas. Muhimi sizga Amerika eshigi ochildi. Balki boshida borib, o‘zingizni sinab ko‘rishingiz kerakdir. Balki sizga u yurt yoqmas. Bularni ham hisobga olish kerak.

    Amerikada imkon qadar moslashuvchan bo‘lish tavsiya qilinadi. AQSH tomoni siz uchun nima qiladi? Sizga eshikni ochadi xolos. Sizga bu yerda yordam yoki sharoit taklif qilinmaydi. Faqatgina o‘zingiz kelasiz, qayerda yashashni ham o‘zingiz hal qilasiz. Sizga yashash uchun qo‘lingizga hech kim pul bermaydi. Vaqtincha ish joyi bilan ham taʼminlamaydi. Siz kelib, o‘rnashib, ish topib, hayotingizni yo‘lga qo‘yasiz.

    Agar oliy maʼlumotli, ingliz tilini biladigan, yosh va g‘ayratli bo‘lsangiz, bu yerda sizga mustaqil, o‘zini eplab keta oladigan inson sifatida qarashadi va yordam ham, eʼtibor ham shunga yarasha bo‘ladi. Yaʼni Green Card yutib, immigratsion viza olib, Amerikaga keladigan bo‘lsangiz, o‘zingizidan yaqin, ishonchliroq do‘stingiz yo‘q. Bu yerda faqat o‘zingizga tayanasiz.

    Foto: Vashington / Yandex

    O‘zbekistondan Amerikaga borib yashayotganlarning aksariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanadi? AQSHda bir oy yashash uchun minimal hisobda qancha mablag‘ kerak? O‘zbekistondan AQSHga bormoqchi bo‘lganlar o‘zi bilan qancha pul olib borishi lozim?

    Men turli yoshdagilarni ko‘rdim. Nafaqaga chiqib, bu yerga kelib, hayotini noldan boshlab, yangi kasb o‘rganib, tilni ham eplab, yangi bir turmush boshlaganlar bilan ham tanishman. Shu bilan birga, yosh bo‘laturib, yo‘lini topa olmay, yana O‘zbekistonga qatib ketganlar ham bor.

    Ekstremal holatlar har bir avlod vakilida bo‘ladi. Lekin agar insonda kuchli iroda va xohish, tirishqoqlik, sabr hamda mehnatkashlik bo‘lsa, yo‘lini topib ketish ehtimoli nihoyatda katta. Agar siz O‘zbekistonda ham ishini biladigan, o‘qigan, hunarli bo‘lsangiz, bu yerga ham moslashib ketishingiz oson kechadi. Hunarli odam Amerikada ham ko‘chada qolmaydi. Ingliz tilida hech bo‘lmaganda oddiy, ozgina darajada bo‘lsa-da muloqot qila olasizmi, sizga ish topiladi.

    AQSHda maosh deganda yillik hisob nazarda tutiladi. Keliboq, baʼzi amerikaliklarga o‘xshab 100-150 ming dollar topmasligingiz mumkin, balki 40-50 ming dollar toparsiz, bu ham boshlanishiga yomon pul emas.

    Keyin arzonroq joylarda yashash tavsiya qilinadi. Masalan, Amerikaga keliboq San-Fransisko, Chikago markazida, Nyu York yoki Vashingtonda manaman degan xonadonlarda yashamasligingiz, kichikroq va arzonroq kvartiralarda yashashingiz mumkin. Yaʼni siz shunga tayyor bo‘lishingiz kerak. Muhojirlik sinovlariga, o‘zga yurtda hayotni noldan boshlashga o‘zingizda kuch topa olishingiz lozim.

    AQSHga kelganingizda ozgina bo‘lsa ham cho‘ntagingizda pulingiz bo‘lsin. Chunki bu yerda hech kimdan qarz so‘ray olmaysiz, qarz beradiganlarni ham topish qiyin. Albatta, kelib, bank hisobi ochish mumkin. Bank xizmatlaridan foydalana olasiz. Lekin u yerdan kredit olish uchun ham o‘ziga xos moliyaviy tarix kerak.

    Umuman olganda, Amerikada arzonroq joyning o‘zi yo‘q. Vashington, Nyu York yoki boshqa qimmat shaharlarda har kuni ovqatlana olishingiz, o‘zingizga qaray olishingiz uchun oyiga 1500 dollardan 2000 dollargacha pul kerak. Va bu bilan siz kambag‘al hisoblanasiz. Lekin oilangiz bo‘lsa, buncha pul bilan yashash ilojsiz.

    Foto: San-Fransisko / Yandex

    Qo‘shma shtatlarda inflyatsiya nihoyatda yuqori. Deylik, O‘zbekistondan kelayotgan oilalar er-xotin va ikki farzanddan iborat bo‘ladi. Bu sizga kamida uch yotoqxonali uy kerak degani. Yaʼni siz uyni ijaraga olayotgan bo‘lsangiz ham, sotib olayotgan bo‘lsangiz ham davlat har bir farzandingiz uchun alohida yotoqxona bo‘lishini xohlaydi. Odatda odamlar darrov uy sotib ololmaydi, ijaraga oladi. Sizga ijaraga kvartira berayotgan bizneslar, binolarning egalari ham qonuniy talablarni inobatga olishi kerak.

    AQSHning aksariyat hududlarida siz ikki farzandingiz bilan bir xonali uyda yashay olmaysiz. Chunki bu noqonuniy hisoblanadi. Vashington yoki unga qo‘shni Baltimor shahrida siz ikki farzandingiz va o‘zingiz uchun ijaraga uy olmoqchi bo‘lsangiz, uni eng arzoni, agar omadingiz chopsa, 1500 — 2000 dollarga topishingiz mumkin. Lekin gap ancha xarob ahvoldagi kvartira haqida ketmoqda. Sal yashash uchun osonroq, qulayliklari bor joylar oyiga 3000 — 3500 dollargacha boradi. To‘rt aʼzolik oilaga haftasiga yegulik uchun 400—600 dollargacha sarflashga majbur bo‘lasiz.

    Amerika orzusi ketidan kelganlar, Amerika orzusi bilan yashaganlar va hayajon bilan bu yerga kelib qolganlar, albatta qiynaladi. Chunki real hayot bu yerda oson emas va kutganingizdek bo‘lib chiqmaydi. Oyoqqa turib olguningizcha ancha xavotirda bo‘lsiz, ruhan qiynalasiz. Yaʼni bu yerda hayot siz kutganingizdan ancha boshqacha, achchiq haqiqat har doim ham sizni xursand qilmaydi. Qiynalishga tayyor bo‘lib kelish kerak. Boshida ozgina shokka tushib, keyin darrov o‘ziga kelib, hayotini iziga tushirib olganlar ham juda ko‘p.

    Nafaqat o‘zbekistonliklar, balki ko‘pchilik muhojirlar odatda xizmat ko‘rsatish sektorida ishlaydi. Mehmonxona, keksalarga qarash xizmatlari bu yerda keng tarqalgan. Balki ingliz tilingizni charxlab olguningizcha haydovchilik qilarsiz, taksi xizmatlarida ishlarsiz, qorovul bo‘lishingiz ham mumkin. Yoki hamshiraning yordamchisi bo‘lish mumkin. Restoranlarda, kichik va o‘rta bizneslarda ishlashadi. Lekin AQSHga kelib, o‘zi istagan sohasida ozgina tajriba orttirib, karyerasi avj olganlar ham ko‘p.

    Tilni bilsangiz, tirishqoq, Amerika universitetlarini bitirgan bo‘lsangiz, uquvingiz va tajribaga qarab omad ham keladi. Imkoniyatlar eshigi ham ochiqroq bo‘ladi.

    So‘ngi vaqtda Meksika chegarasi orqali noqonuniy ravishda AQSHga borishga urinayotganlar soni ortgani to‘g‘risida xabarlar ko‘paydi. Afsuski, ular orasida vatandoshlarimiz ham borligi aytiladi. Uyi, mashinasi, mol-mulkini sotib bo‘lsa ham Meksika chegarasidan o‘tishga urinishadi. Mamlakatga noqonuniy tarzda kirganlarga Amerikada yashash imkoni bormi?

    Foto: Yandex

    Birinchidan, hech kimga chegarani buzib, Amerikaga kirishni aslo tavsiya qilmayman. Bu xavfli, bu jinoyat. Chegaradan bunday kirib kelayotganlarga jiddiy choralar ko‘riladi, jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Bedarak ketganlar ham ko‘p. Yillar davomida shu yo‘l bilan AQSHga kirmoqchi bo‘lganlar bilan gaplashib kelaman. Juda ko‘p murojaat qilishadi. Kelib, bu yerda hisbda o‘tirganlarni ham bilamiz.

    Bir amallab Meksikaga kelib, buyog‘iga qanday kirsam ekan deb o‘ylanib o‘tirganlar ham bor. Ularning ko‘pidan o‘zim intervyular olishga harakat qilganman. Yashirinib yurganlari ham mavjud. Chegaraga kelib: “o‘z yurtimda hayotim xavf ostida, menga boshpana bering”, desangiz, Amerika har doim ham sizga ishonmasligi mumkin. Chegara xizmatidan o‘ta olmagan bo‘lishingiz, AQSHdagi tanishlaringiz sizni u yerdan olib keta olmaydi. Yaʼni bu nihoyatda qaltis va xavfli tavakkal.

    Bugun ham kamida ikkita odamga “bunday qilmang”, deb maslahat berdim. Odamlar sizdan maslahat so‘rashadi, vaqtingizni zoye ketkizishadi, ammo bilganidan qolmaydi. O‘zboshimchalik ko‘plab balolarga yetaklashi mumkin.

    Shunday o‘zbekistonliklar borki, ular borini sotib, oilasidan voz kechib, hatto turmush o‘rtog‘i va farzandlari hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham Amerikaga kelishga harakat qiladi. Bu — xavfli safar. Bunday qilmaslik kerak. Noqonuniy kelgan bo‘lsangiz sizga Amerikada ham kun yo‘q. To‘g‘ri, Qo‘shma shtatlarda 12 millionga yaqin hujjatsiz immigrant bor. Lekin siz “ulardan biriga aylanib olsam, mening ham ishlarim joyida bo‘ladi, men ham Qo‘shma shtatlarda bemalol yashab yurar ekanman”, deb tasavvur qilayotgan bo‘lsangiz, xato qilasiz. Chunki har bir migrantning boshidan nima o‘tayotganini uning o‘zi biladi.

    To‘g‘ri, bu yerda 10-15 yildan beri hujjatsiz yashayotgan muhojirlar bor. Ular kimningdir yordamiga tayanadi, balki kimdir ish bergan va boshini silaydi. Lekin bu siz ham ulardan biriga aylanib qolishingiz mumkin degani emas. Qo‘shma shtatlarda noqonuniy migrantlar hech kimga yoqmaydi. Va bir amallab yashab yurganlariga qarab havas qilish noto‘g‘ri.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi.

    14.05.2023, 20:14   Izoh (0)   26775
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misr hukumati yuborgan gepatit C ga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    14.05.2023, 17:56

    Navoiyda kelib chiqishi nomaʼlum 82 kg go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi

    14.05.2023, 16:17

    Toshkentda ayolning foto-videolarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, undan pul talab qilgan erkak ushlandi

    14.05.2023, 15:49

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligida qurilayotgan yangi avtomobil zavodi haqida nimalar ma’lum? 

    14.05.2023, 15:19

    O‘zbekistonda shaharda yashovchilar soni qishloqda yashovchilar sonidan ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi

    14.05.2023, 14:20

    Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 320 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi (video)

    14.05.2023, 13:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.