Prezidentning O‘zbekiston futbolini raqamlashtirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish hamda iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish mamlakat futbolini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi.

Qarorga asosan, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi va 2026-yil 1-yanvardan boshlab unda sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish ishlari olib boriladi.
2026-yilning 1-mart sanasidan esa futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda QR kod texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Izoh (0)