AQSH hukumati 2023-yil uchun Green Card berishni yakunladi. Bu haqda AQSH elchixonasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSH hukumati joriy 2023-yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etdi. Sentabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham bekor qilindi.
DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o‘tgan, ammo viza olmagan DV murojaatchilari viza olish huquqiga ega emas.
Izoh (0)