“Barselona” sport direktori Deko kataloniyaliklar futbolchisi Rafinya Diasning vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv 28 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasini uzaytirish masalasiga oid dastlabki muzokaralar sifatida tashkil etilgan. Hozircha tomonlar hali aniq qarorga kelmagan va muzokaralar dastlabki bosqichda ekanligi xabar qilingan.
Avvalroq futbolchi faoliyatini Saudiya Pro Ligasi jamoasida davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati braziliyalik vingerni boshqa klubga qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu bois u bilan uzoq muddatli yangi bitim imzolashni maqsad qilgan.
Rafinya 2022-yil yozida “Lids” klubidan “Barselona”ga 55 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda Rafinya 51 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 ta gol va 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan
Izoh (0)