O‘zbekistonda 2025-yilning 3 oyida salkam 23 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil birinchi chorak davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 4167 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur ariza va shikoyatlarning 3747 tasi, ya’ni 89,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 22 764 173 107 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste’molchilardan tushgan 27 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 4 240 281 175 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning
- 1133 tasi (27,2 foizi) – savdo;
- 1185 tasi (28,4 foizi) – kommunal xizmat;
- 218 tasi (5,2 foizi) – elektr ta’minoti;
- 370 tasi (8,9 foizi) – gaz ta’minoti;
- 193 tasi (4,6 foizi) – xizmat ko‘rsatish (servis);
- 208 tasi (5,0 foizi) – suv ta’minoti;
- 85 tasi (2,0 foizi) – transport;
- 120 tasi (2,9 foizi) – aloqa (va internet);
- 72 tasi (1,7 foizi) – sog‘liqni saqlash;
- 583 tasi (14,0 foizi) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Ushbu federatsiya O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan iste’molchilarning huquqiy himoyalanish darajasini oshirishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Konstitutsiyasi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” va “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yilda Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International) a’zoligiga qabul qilingan.
Izoh (0)