Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuv 3-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunning dastlabki o‘yini “Buxoro” – “Mashʼal” o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Dastlab, 53-daqiqada Islombek Baratov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, orada 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas Shohruz Norxonov hisobni tenglashtirdi.
90-daqiqada esa Humoyun Murtazoyev gol urib, muborakliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.
Superliga
8-tur
3-may, shanba
“Buxoro” — “Mashʼal” 1:2
Gollar: 0:1 – 53, Islombek Baratov, 1:1 – 55, Shohruz Norxonov, 1:2 – 90, Humoyun Murtazoyev.
“Buxoro” – Shirinboy Abdullayev, Izzatillo Po‘latov, Ravshan Xayrullayev, Anvar Jo‘rayev (Bilol Tupliyev, 56), Shohruz Norxonov, Javohir Ro‘ziyev, Frane Chiryak, Muhammad Yo‘ldoshev, Yosip Tomashevich, Marko Kolakovich, Frane Ikich.
“Mashʼal” – Umid Hamroyev, Samandar Ochilov, Javohir Abdualimov, Sardor Abduraimov (Islom Sharipov, 90+1), Humoyun Murtozoyev (Sherzod Fayziyev, 90+1), Muhammadali Aliqulov, Anvar Murodov (Islom Baratov, 46), Nurjahon Muzaffarov, Avaz Mamatxo‘jayev, Ergash Ismoilov, Ibrohim No‘’monov.
Ogohlantirishlar: Muhammad Yo‘ldoshev 5, Javohir Ro‘ziyev 18, Samandar Ochilov 44.
Navbatdagi uchrashuv esa Olmaliqda bo‘lib o‘tdi. Unda “OKMK” klubi “Andijon”ni qabul qildi.

Ushbu bahs dahshatli ssenariy ostida o‘tdi. Dastlab, 16-daqiqada Xurshid G‘iyosov hisobni ochdi. 3 daqiqa o‘tib, 19-daqiqada Bektemir Abdumannonov hisobni tenglashtirdi. Bo‘lim oxirlariga kelib Altin Kryeziu va Sardorbek Azimovning gollari hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda qator vaziyatlar yaratildi. Olmaliqlar esa o‘yin oxirida ulardan foydalanishni elpadi. Xurshid G‘iyosov 87-daqiqada penaltidan gol urgan bo‘lsa, 90+4-daqiqada Oybek Rustamov hisobni tenglashtirdi. 90+7-daqiqada yana “Andijon” darvozasiga penalti belgilandi va uni ham Rustamov aniq amalga oshirib, jamoasining super kambekini taʼminladi.
Superliga
8-tur
3-may, shanba
“OKMK” — “Andijon” 4:3
Gollar: 1:0 – 16, Xurshid G‘iyosov, 1:1 – 19, Bektemir Abdumannonov, 1:2 – 39, Altin Kryeziu, 1:3 – 42, Sardorbek Azimov, 2:3 – 87, Xurshid G‘iyosov, 3:3 – 90+4, Oybek Rustamov, 4:3 – 90+7, Oybek Rustamov.
“OKMK” – Dilshod Yoqubov, Mirjamol Qosimov (Nodir Abdurazzaqov, 56), Avaz O‘lmasaliyev, Dilshod Ahmadaliyev, Kleydi Datsi (Ali Abdurahmonov, 56), Xurshid G‘iyosov, Ruben Sanches (Aziz Xolmurodov, 77), Oybek Rustamov, Ahmadullo Muqumjonov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Arixiro Sentoku (Asad Sobirjonov, 77).
“Andijon” – Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Altin Kreziu (Iskandar Shoyqulov, 53), Rustam Turdimurodov, Ilhom Abdug‘aniyev, Sardor Azimov, Damir Temirov, Oleg Zoteyev, Miomir Jurichkovich, Bektemir Abdumannonov.
Ogohlantirishlar: Altin Kreziu 31, Avaz O‘lmasaliyev 67.
Chetlatish: Ali Abdurahmonov 60.
Kunning so‘nggi bahsi esa Surxondaryoda bo‘lib o‘tdi.

“Surxon” “Paxtakor”ni qabul qildi. 58-daqiqada Muhammadali Abdurahmonov hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Dostonbek Tursunov ikkitaga oshirdi. 90+6-daqiqada Sergeyev gol urib, hisobni qisqartirdi.
Superliga
8-tur
3-may, shanba
“Surxon” — “Paxtakor” 2:1
Gollar: 1:0 – 58, Muhammadali Abdurahmonov, 2:0 – 64, Dostonbek Tursunov, 2:1 – 90+6, Igor Sergeyev.
“Surxon” – Davron Merganov, Sunnatulloh Hamidjonov (Diyor Ramazonov, 76), Jamaldin Xodjaniyozov, Bekzod Shamsiyev, Doston Tursunov, Dmitriy Pletnev, Muhammadali Abdurahmonov (Abdug‘afur Haydarov, 81), Sherzod Komilov (Dmitriy Kratkov, 81), Asilbek Jumayev (Asadbek Karimov, 65), Behruz Shaydulov, Sunnatillo Poyonov (Kirill Kolosnichenko, 76).
“Paxtakor” – Jonatan, Shahzod Azmiddinov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov, Igor Sergeyev, Bashar Resan, Umar Adhamzoda (Abdulla Abdullayev, 80), Sardor Sobirxo‘jayev, Jonatan Lukka, Muhammadrasul Abdumajidov, Brayan Riaskos.
Chetlatish: Muhammadqodir Hamraliyev, 57 ikkinchi sariq (Paxtakor), Kirill Kolesnichenko, 77 (Surxon)
Ushbu uchrashuvlardan so‘ng Superliga turnir jadvalida quyidagi holatda:

Izoh (0)