Samarqand viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xususiy korxona fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya”.

Unga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat departamenti va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Qo‘shrabot tumanida joylashgan “R.U.S.” xususiy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish majmuasida gaz hisoblagichisiz yer osti yo‘li orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 443 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Gazni o‘g‘irlash holatlari:
Izoh (0)