O‘zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli Jamil Sharapov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Jamil Sharapov shu kunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Diplomat 42 yoshda bo‘lib, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. Nyu-Yorkka tayinlanishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.
Jamil Sharapov 2018—2023-yillarda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullikni boshqargan Kamol Ikromov o‘rniga tayinlandi.
Bosh konsullikning konsullik okrugiga AQSHning quyidagi shtatlari va maʼmuriy hududlari kiradi: Aydaxo, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Puerto-Riko, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta, shuningdek, Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari (Kuba va Braziliyadan tashqari — ushbu davlatlar O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi konsullik okrugiga kiradi).
Bundan oldin Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi ekani, Mo‘g‘uliston O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)