Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Srechko Katanes shogirdlari sentabr oyida AQSH va Meksika terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni gonduraslik Nelson Salgado boshqarib boradi. Unga qanotlarda Limanuel Sola va Jairo Morales (Puerto-Riko) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Melvin Matamorosga (Gonduras) topshirilgan. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi oktabr oyida Xitoy va Vyetnamga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushadi.
Izoh (0)