Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
-51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Do‘stmatov turnirdagi ilk bahsini Puerto-Riko vakili Xuan Manuel Lopesga qarshi o‘tkazdi.
Birinchi raund Hasanboyning ustunligi bilan yakunlandi—5:0. Ikkinchi raundda ham Do‘stmatov yosh raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Uchinchi raund ham o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va Hasanboy 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Professor” nomi bilan mashhur bokschi Do‘stmatov chorak finalda, 2-avgust kuni qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi jang qiladi.
Izoh (0)