• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Eski zamon kasali”. Tadbirkorlardan ortiqcha soliq undirish davom etyaptimi?

    O‘zbekistonda korxonalardan kelgusi oy yoki chorak uchun oldindan soliq undirish amaliyoti borligi aytiladi. Bir necha iqtisodchilar soliqchilar “plan” bajarish uchun avans tarzida pul yig‘ishga urinishini qoralamoqda. Bunda tadbirkor bosimdan qo‘rqib, aylanma mablag‘idan ortiqcha soliq to‘lashga majbur bo‘ladi. Oqibat esa muammolar bilan tugashi mumkin.

    “Eski zamon kasali”

    O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha, soddaroq aytganda kelgusi davr uchun oldindan soliq undirish amaliyoti mavjud. Buni “Daryo” bilan suhbatda bir necha iqtisodchilar, hatto Soliq qo‘mitasi vakili ham tasdiqladi.

    Tahlillarga ko‘ra, bunday norasmiy va noqonuniy xatti-harakat ortidan iqtisodiy vaziyatni real baholash imkonsiz holga keladi. Biznes, ishlab chiqarish va raqobat darz ketishi mumkin. Yaʼni bu davlatga ham, jamiyat va tadbirkorga ham zararli. 

    Aylanma mablag‘laridan hali olmagan foydasi uchun soliq to‘lagan tadbirkorda qiyin moliyaviy ahvolda qolish ehtimoli bor. Shu sabab bo‘lsa kerak, mazkur masala prezident tomonidan ham bir necha bor tanqid qilingan. Muammoga chek qo‘yish zarurligi aytib kelinadi. Masalan, 2023-yil avgustda davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda soliq idoralari qo‘shimcha manbalar topish o‘rniga eski zamon kasaliga berilib, ishlayotgan tadbirkorlarning tayyor mablag‘larini undirishga o‘rganib olgani aytilgan.

    Majlisda 2022-yilda tadbirkorlardan undirilgan 4,4 trillion so‘m mablag‘lar ortiqcha to‘langan soliqlar ekani maʼlum qilingan.

    Afsuski, soliq xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy jinoyatlar soni yildan yilga ko‘paymoqda, degan Shavkat Mirziyoyev.

    Yig‘ilish davomida Bosh prokuratura huzuridagi departament nazoratni susaytirib yuborgani tanqid qilingan. Tuzilmaga soliqchilar tomonidan ortiqcha to‘lovlar undirish, ularni vaqtida qaytarmaslik, tekshirishdagi soxtakorlik kabi qonun buzilishlarini oldini olish bo‘yicha amaliy tizim yaratish topshirilgan.

    Soliq kodeksida yozilishicha: “ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida ortiqcha to‘langan soliq summasi” hisoblanadi.

    Iqtisodchi Bahodir G‘aniyev fikriga ko‘ra, ortiqcha undiriladigan soliqlar tufayli iqtisodiy vaziyatni to‘g‘ri baholab bo‘lmaydi. Bu davlat va biznes uchun jiddiy muammolar yaratishi mumkin.

    Ko‘p tadbirkorlardan eshityapmizki, soliq to‘lovlarini bir oy yoki bir chorak oldindan undirish holatlari uchrayapti. Bizda eskidan qolgan illatlardan biri shuki, soliq idoralariga byudjet daromadlarini shakllantirish uchun rejani bajarish majburiyati yuklanadi. Agar rejani bajarishmasa, jazolanadi. Ular qiladigan hiylalaridan biri — keyingi davr uchun soliqlarni undirish. Yaʼni siz o‘tgan kvartal uchun soliq to‘lab bo‘lgansiz. Lekin soliqchilar yirik va o‘rta tashkilotlarga chiqib: “iltimos, kelasi oy yoki kvartal solig‘ini keyingi oy (kvartal) hisobidan to‘lab bering, qiynalyapmiz, rejani bajarishimiz kerak”, deyishadi. Mamlakat miqyosida byudjet tushumlarining qancha qismi oldindan undirilgan soliqlar ekanini baholay olmaysiz. Yomon tomoni, buni baholay olmaganingiz uchun iqtisodda hammasi yaxshi, soliqlar yetarli darajada undirilayotgan ekan, reja bajarilyapti degan xulosa qilib qo‘yishingiz mumkin. Aslida soliqlar bu tarzda administrativ yo‘l bilan undirilishi kerak emas. O‘shanda iqtisodchilar, qaror qabul qiluvchilar haqiqiy vaziyatdan kelib chiqib, to‘g‘ri choralarni qo‘llashi mumkin, dedi ekspert.

    Soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ortiqcha soliqlar undirish holatlari mavjudligi haqida eshitganini aytdi. Qo‘mita masʼuliga ko‘ra, bunday ishga qo‘l urgan xodimlarga nisbatan keskin chora ko‘riladi.

    Ortiqcha to‘lov undirish holatlari borligi haqida men ham eshitganman. Bunda qaysidir soliq inspektori tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilib, “bu oy solig‘ini to‘lab bo‘lgansiz, hisobotingizga keyingi oy solig‘ini qo‘shib, to‘lab bering”, deydi. Tushum qilinsa, u bazada ortiqcha to‘lov bo‘lib ko‘rinadi. Va inspektorga nisbatan ortiqcha to‘lov undirgani uchun chora ko‘riladi. Bunday xatti-harakatlar uchun xodim qattiq jazolanadi. Dasturlarda ortiqcha to‘lovlar aniq ko‘rinib turadi. Shuning uchun soliqchilar tadbirkorlardan ortiqcha soliq undirishga qo‘rqadi, dedi qo‘mita masʼuli.

    Hozircha 2024-yilda qancha miqdordagi soliqlar ortiqcha undirilgani haqida maʼlumotlar yo‘q. Qo‘mita vakili martgacha tadbirkorlar moliyaviy hisobotlarini topshirishlarini aytdi. Shundagina maxsus maʼlumotlar bazasi orqali ortiqcha undirilgan soliqlar miqdorini ko‘rish imkoni bo‘ladi.

     

    “Plan”mi yoki prognoz?

    Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Islombek Niyozmetov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda soliq tizimida faoliyat yuritgan davrlarini esga oldi. Olim o‘shanda ortiqcha undiriladigan soliq amaliyoti qanday ishlashini tizim ichidan ko‘rganini, bu soliqchilar tilida “plan” deya norasmiy nomlanishini aytdi. Mutaxassis tahliliga ko‘ra, aslida soliq tushumlari prognoz qilinishi kerak. Mablag‘lar reja bilan qonuniy asosda yig‘ilishi zarur. “Plan” esa majburiy tartibni anglatadi.

    Soliq qo‘mitasining Prognoz bo‘limida faoliyat yuritganman. Va mana shu muammo bilan o‘zim to‘qnash kelganman. “Plan”ga biz javob berganmiz. Boshqacha aytganda, bosim ostida soliq to‘lovchilar pullarini oldindan olib qo‘yishda ishtirok etganmiz. Bu juda yomon ish. Meni soliq organlari xizmatidan chiqib ketishimga sabab bo‘lgan omillardan biri ham shu edi. Aslida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish deyiladi. Lekin amalda “plan”ni bajarish kerak deyishadi. Hech qachon soliq tushumlari bo‘yicha “plan” qo‘yilmasligi lozim. Prognoz ko‘rsatkichlari, yaʼni yaxshi ilmiy tahlilga asoslangan bashorat deb yuritilishi zarur. Falon soliq turlari bo‘yicha, aniq bir sanagacha hududlardagi tushumlar prognoz qilinadi. O‘sha prognozlar asosida davlat xarajatlari rejalashtiriladi. Biz nima qilamiz? Oldin xarajatlarni rejalashtirib, keyin daromadlarni shunga moslash uchun “plan” qo‘yamiz. Yaʼni tizim yozilmagan qonun asosida ishlaydi. Bunda ijrochi soliq organlari, aslida ularda ayb yo‘q. Gap bu prognozni qo‘yayotgan yuqori tuzilma — Iqtisodiyot va moliya vazirligida, deydi mutaxassis.

     

    Islombek Niyozmetov soliq to‘lovchining, ayniqsa, tadbirkorlik subyektining aylanma mablag‘lari olib qo‘yilishi yomon oqibatlar yaratishiga eʼtibor qaratdi. Tadbirkor ortiqcha to‘lagan solig‘i o‘rniga tovar yoki xomashyo sotib olganda, o‘ziga va jamiyatga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardi. Yoki bo‘lmasa, ishchilar yollay olardi. Muhimi pul aylansagina biznes rivojlanadi.

    Tadbirkorning pulini oldindan soliq uchun olib qo‘yilishi mutlaqo foydasiz ish. Aksincha, turgan-bitgani zarar. Afsuski, bu muammo azaldan bor. Soliq to‘lovchining, ayniqsa tadbirkorlik subyektining aylanma mablag‘i oldindan to‘lov tarzida olib qo‘yilishi iqtisodiyotga bevosita zarar keltiruvchi omil. Biznesmenlar shunday mablag‘ uchun hatto yuqori foizlarda kredit olishadi. Qanchadan qancha korxonalar aylanma mablag‘ yetishmovchiligidan kasodga uchraydi. Tadbirkor pulining bog‘lab qo‘yilishi to‘lov intizomining buzilishiga, keyin korxonalar o‘rtasida debitor kreditorlik qarzlarining surunkali tus olishiga sabab bo‘ladi. Biz tahlil qilayotgan muammo noqonuniy xatti-harakatdir, deya vaziyatni tahlil qildi iqtisodchi.

    Ortiqcha to‘lov natijasida tadbirkor xodimlariga vaqtida ish haqi to‘lay olmasligi mumkin. Oqibatda yaxshi xodimlar boshqa ishga o‘tadi. Ishlab chiqarish yoki boshqa ishlar unumdorligi pasayadi.

    Hisobingda pul bo‘lsa, uni “plan” uchun byudjetga soliq sifatida yechib oladi. Bir nima deb norozilik bildirmoqchi bo‘lsangiz, soliqchilar sizdan kamchilik qidirishni boshlaydi. Tadbirkorlik subyekti soliq idoralari bilan kelishib ishlash uchun mayli desa, aylanma mablag‘i soliq byudjetga olib qo‘yilsa, ish haqi, mol yetkazib berish bilan bog‘liq to‘lovlarda to‘lov intizomi buziladi. Qarzdorlik yuzaga keladi. Korxona kasod bo‘lishi ham mumkin, deya fikr bildirdi Islombek Niyozmetov.

    Ortiqcha soliq undirish noqonuniy ekan, tadbirkorlik subyektlari o‘z haq-huquqlari uchun kurashishlari kerak. Aslida tadbirkor rozligisiz hech kim undan ortiqcha pul olishga haqli emas. Chunki ortiqcha soliq undirish davlat byudjeti “yurishi” uchun kafolat yaratsa-da, biznes barqarorligiga taʼsir ko‘rsatadi. Ortiqcha yoki keraksiz avans to‘lovlari tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘lishi tabiiy.

    O‘z navbatida soliq organlari xodimlari ham bunday nomaqbul ishga qo‘l urishni to‘xtatishlari kerak. Mamlakatda yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘p takrorlanadi. Qator sohalardagi korxonalar, shu bilan birga norasmiy ishlayotgan mehnatga layoqatli insonlar soni ham kam emas. Shunday ekan, ishlab turgan va soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotganlardan ortiqcha pul undirish emas, soliq to‘lashdan qochayotganlarni soliqqa tortish asosiy masalalardan. Tizimda adolat ta’minlash muammolar yechimiga yo‘l ochadi. 

    1 mart, 15:15   Izoh (0)   4294
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Islombek Umaraliyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston Soliq kodeksi Rossiyanikidan ko‘chirilgan” — iqtisodchi Islombek Niyozmetov bilan suhbat

    22 fevral, 16:51

    “Boy odam ko‘proq, kambag‘al kamroq soliq to‘lashi kerak” — professor Islombek Niyozmetov

    25 fevral, 12:39

    “O‘zbekiston Soliq kodeksining asli rus tilida qabul qilingan. Tarjimada ko‘plab xatolar o‘tib ketgan” — iqtisodchi Islombek Niyozmetov 

    25 fevral, 19:00

    Yanvarda O‘zbekistonning qaysi hududlarida iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani ochiqlandi

    1 mart, 14:15

    1999-yilgi 100 ming so‘m hozir 1,2 mln so‘mga teng. Markaziy bank inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

    28 fevral, 13:42

    O‘zbekiston aholisi pullarini ko‘proq nimalarga sarflamoqda?

    27 fevral, 21:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    World Boxing. O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi finalda, 2 sportchi bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 16 may, 13:12

    Buxoroda ayol ekskavator bosib ketishidan halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 16 may, 12:52

    “Qabristonga borib, lahad ichiga tushib turaman” — aktrisa Vazira Yunusova

    Kino | 16 may, 12:50

    O‘zbekistonda 17—19-may kunlari sel kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 may, 12:29

    Indoneziyada amerikalik basketbolchi o‘limga hukm qilinishi mumkin

    Dunyo | 16 may, 12:20

    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

    Reklama | 16 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.