• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “O‘zbekiston Soliq kodeksining asli rus tilida qabul qilingan. Tarjimada ko‘plab xatolar o‘tib ketgan” — iqtisodchi Islombek Niyozmetov

    Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Islombek Niyozmetov “Daryo”ga bergan intervyusida O‘zbekiston Soliq kodeksini rossiyalik iqtisodchilar yozib berganini aytdi. Olimning ta’kidlashicha, hujjatning asli rus tilida qabul qilingan, o‘zbek tilidagi tarjimasida xatoliklar mavjud. 

    Suhbat davomida Islombek Niyozmetov amaldagi Soliq kodeksida tushunarsiz jihatlar borligini aytib, bunga ayrim misollarni keltirdi.

    “Soliq tizimi mujmal, qiyin, ikki xil talqin qilinadigan emas, sodda va aniq bo‘lishi zarur. Bitta o‘qiganda hamma tushuna olishi kerak. Amaldagi Soliq kodeksimiz Rossiyaning MIFI instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ruslar yozib bergan. Kodeks rus tilida qabul qilingan. Yaʼni originali ruschada. Kodeksni Lex.uz saytidan ochib ko‘rsangiz, o‘zbek tilidagi versiyasida haligacha xatolari turibdi. Masalan, yakka tartibdagi tadbirkorlik tushumi 100 million so‘mdan oshgan paytda soliqning oshgan qismidan aylanmadan soliqqa o‘tadi deyiladi. Soliqning oshgan qismidan nima degani? Tushumning oshgan qismidan deyish kerak. Bunaqa xatolari juda ko‘p. Ayrim shogirdlarim kodeksni o‘zbek tilidagisi bilan ishlab, xatolikka yo‘l qo‘yadi. Keyin men ularga ruschasini o‘qishini aytaman. Eng qizig‘i, ruschasida ham mujmalliklar bor”, deydi mutaxassis.

    Suhbatda Islombek Niyozmetov O‘zbekiston soliq qonunchiligi mustaqillikka erishilganidan beri tinimsiz o‘zgarib kelayotganiga urg‘u berdi.

    “Amaldagi kodeksni to‘rtinchisi desak ham bo‘ladi. Hammasi yangidan qabul qilingan. Har safar o‘zgarish va qo‘shimchalarning dastidan ilma-teshib bo‘lib, yaroqsiz holga kelgach, uni yangilaymiz. Har 10 yilda bir kodeks qabul qilyapmiz. Biror yil yo‘qki, biz Soliq kodeksini o‘zgartirmagan. Nima uchun? Sababi soliq qonunchiligimiz fundamental talablarga javob bermaydigan tarzda ishlab chiqiladi. 2020-yilda yangi kodeks qabul qilib, uni o‘sha yilning o‘zidayoq o‘zgartirdik. Negaki, koronavirus boshlandi, yangi kodeks epidemiya sharoitiga tayyor emas ekan. Lekin tarixdan kishilik jamiyatida turli o‘lat va boshqa epidemiyalar bo‘lib kelgan. Nega kodeksda shu masala o‘z vaqtida inobatga olinmagan? Yaʼni moslashuvchanlik talabi ishlamaydi”, deya fikr bildirdi professor.
    Islombek Niyozmetov
    Foto: “Daryo”

    Islombek Niyozmetov amaldagi Soliq kodeksi qabul qilinishi jarayonida ishtirok etganini ham eslab o‘tdi. Fan doktorining taʼkidlashicha, vazirliklar olimlarni jarayonga majburlikdan jalb qildi. Ko‘p muhokamalar yuzaki bo‘lgan.

    “Hujjat qabul qilinayotgan vaqtda men: “bu kodeks hali xom, qabul qilsanglar, baribir o‘zgaradi”, deganman. Jarayonda xatoliklar ketayotganini ko‘rib turganman. Lekin to‘xtatib bo‘lmadi. Shunday bosim bilan ketaverdi”, deydi iqtisodchi.

    Olim fikrini davom ettirar ekan, kodeks tayyorlanishi bilan bog‘liq hujjatlar o‘zbek iqtisodiy bloki tomonidan puxta o‘rganilmaganini aytdi.

    “Taqdir taqozosi bilan Moliya vazirligida ishladim. O‘shanda stolimda har biri 150 betli hisobotlar turgandi. Rahbarim shu hisobotlarni o‘qib, bir yarim sahifali tezis yozib berishimni topshirdi. Qarasam, 2018—2019-yillardagi hisobotlar ekan. Men esa 2020-yilda ishga borganman. “Hujjatda yozilganlari o‘tib ketgan jarayonlar-ku, shu paytgacha o‘qilmaganmi”, deb so‘radim. U odam: “kim o‘qiydi shuncha narsani. Bir yarim bet qilib, asosiy joylarini yozib bersangiz o‘qishadi”, deb javob bergan. Xulosa chiqardimki, o‘sha Soliq kodeksi bo‘yicha rus tomoni yuborgan hisobotlar o‘qilmagan, o‘rganilmagan va tekshirilmagan. Bizning milliy manfaatlarimiz, O‘zbekiston iqtisodiyotiga, milliy mentalitetimizga mos yoki yo‘qligi ekspertiza qilinmagan. Uni o‘qish uchun mutaxassis ham bo‘lmagan. Bugungi Soliq kodeksimiz Rossiya soliq kodeksining “kopiya”si asosida, O‘zbekistonga biroz moslashtirib tayyorlangan. Rossiya soliq kodeksi esa 2004-yillarda yozilgan. Oradan o‘tgan vaqtni, yaʼni iqtisodiyotning zamonaviylashuvi, raqamlashini hisobga olgan holda kodeksimiz yozilgan. Lekin u qabul qilinganidan beri tinmay o‘zgaradi. Hozir ham ko‘ryapmanki, ko‘p normalari hali ham ishlamaydi”, deya xulosa qildi mutaxassis.

    Avvalroq “Daryo”da Islombek Niyozmetov bilan suhbat matni hamda videosi eʼlon qilingandi.

    25 fevral, 19:00   Izoh (0)   4463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir yilda qancha soliq undirilgani maʼlum qilindi

    1 yanvar, 19:05

    “O‘zbekiston Soliq kodeksi Rossiyanikidan ko‘chirilgan” — iqtisodchi Islombek Niyozmetov bilan suhbat

    22 fevral, 16:51

    “Boy odam ko‘proq, kambag‘al kamroq soliq to‘lashi kerak” — professor Islombek Niyozmetov

    25 fevral, 12:39

    O‘zbekistonda vino va tamaki ishlab chiqarish hajmi keskin qisqardi

    25 fevral, 18:50

    O‘zbekiston qiymati qariyb 1,5 mlrd dollar bo‘lgan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi

    25 fevral, 14:50

    Yanvarda O‘zbekiston eksporti hajmi 14 foizga o‘sdi

    24 fevral, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.