• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Giyohvandlik vositalari, tig‘li buyumlar, o‘qotar qurollar: Toshkentda o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlarda qanday holatlar aniqlandi?

    Toshkent shahrida 15-yanvardan 15-fevralgacha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi o‘tkazildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Toshkent shahar IIBB

    Maʼlum qilinishicha, oylik davomida tashkil etilgan maxsus guruhlar tomonidan jami 801 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Ular bo‘yicha 567 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 158 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 76 ta holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jami 21 kg 818 gr giyohvandlik vositalari, 28 790 ta kuchli taʼsir “Pregabalin” dori vositalari noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi va minglab insonlarning zaharlanishi oldi olinib, hayoti saqlanib qolindi. 

    Giyohvandlik vositalarini yashirish usuli orqali tarqatuvchilar bilan bog‘liq 34 ta holat aniqlanib, uning natijasida 9 kg 538 gr noqonuniy giyohvandlik moddalari hamda 3 689 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi to‘xtatib qolindi. 

    O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 160 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 45 nafar bedarak yo‘qolganlar aniqlanib yaqinlariga qaytarildi. O‘tkir tig‘li buyumlarni qonunga xilof ravishda olib yurgan 2 181 nafar fuqarolar aniqlanib tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

    Tezkor tadbirlar davomida 1 ta jangovar (PM), 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta o‘qotar ov miltig‘i hamda 14 dona o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Olib borgan tadbirlar natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatchilik 43 foizga kamaydi. Shundan, firibgarlik 72 foizga, talonchilik 47 foizga, o‘g‘rilik 46,5 foizga kamayishiga erishildi.

    So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar

    Avvalroq Farg‘ona viloyatida IIV ishchi guruhi tomonidan “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishlarida reyd tadbirlari tashkil etilib, 8 nafar ov qurolini hujjatsiz noqonuniy saqlab kelayotgan, 27 nafar jamoat joyida tig‘li buyum olib yurgan shaxslarga nisbatan jinoiy va maʼmuriy choralar ko‘rilgan.

    DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 27—31-yanvar kunlari mamlakat miqyosida “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazilgandi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar o‘tkazilib, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil 418 kishi ushlangandi. 

    DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 2025-yilning 3—4-fevral kunlari mamlakat miqyosida “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarining dastlabki bosqichi olib borildi. Unda 112 kilodan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

    Shuningdek, O‘zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5—7-fevral kunlari mamlakat miqyosida “Oriyat” va “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazilgandi.

    Shu bilan birga, Farg‘onada 2,5 gektar yerni 650 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.

    25 fevral, 22:30   Izoh (0)   2111
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #giyohvandlik vositalari#tig'li buyumlar#o'qotar qurol#IIBB

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada pichoq va qilichlari bo‘lgan 20 nafarga yaqin shaxs ishtirokida janjal bo‘ldi

    16.09.2021, 08:42

    Prezidentning Malayziyaga tashrifi, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olingan Samarqand noni, elektromobillar uchun oshirilgan utilizatsiya yig‘imi: 5-fevra...

    5 fevral, 23:14

    “Terminator”. O‘limga hukm qilingan Bahodir Sultonov oliy jazodan qanday qutulib qolgandi?

    7 fevral, 14:38

    O‘zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tungi klublar va boshqa jamoat joylarida reyd o‘tkazdi

    9 fevral, 12:23

    Surxondaryoda 13,5 tonna supurgi orasiga giyohvand vositasini yashirib olib kirishga urinish fosh etildi

    10 fevral, 11:52

    Toshkentda 8,3 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi (video)

    10 fevral, 23:50

    Farg‘onada fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlarini ruxsatsiz olib, tarqatish bilan qo‘rqitgan ikki kishi ushlandi

    11 fevral, 22:45

    O‘zbekistonda bir yilda qancha odam jinoyati ortidan qamalgani ochiqlandi 

    12 fevral, 16:06

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Farg‘onada 2,5 gektar yerni 650 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

    16 fevral, 18:35

    Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh qilindi

    19 fevral, 22:35

    Andijonda 2 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    23 fevral, 20:35

    Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan ota va uning ikki o‘g‘li qo‘lga tushdi (video)  

    25 fevral, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.