O‘zbekiston tomoni Istanbulda deportatsiya markazlarida saqlanib turgan fuqarolar holidan xabar oldi, deb xabar bermoqda mamlakatning ushbu shahardagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxona xodimlari mazkur hududda fohishalik, o‘g‘rilik hamda viza qoidalarini buzish kabi ayblar bilan vaqtinchalik Silivri va Kojayeli deportatsiya markazlarida saqlanib turgan fuqarolar holidan xabar oldi. Vatandoshlarga tegishli konsullik-huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.
“Bosh konsulxona yana bir bor fuqarolarimizga mahalliy tartib-qoida va qonunlarni hurmat qilishi va amal qilishlarini tavsiya etib qoladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)