• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nikohli farzandmanmi, bilmayman. O‘zim ham 15 yoshimda zo‘rlandim” — Moskvada sotib yuborilgan, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan mahkuma nadomatlari

    “Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi ayni damda 21-sonli ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. U jinoyatga qo‘l urgani sabab ozodlikdan mahrum etildi. Hammasi 15 yoshida ko‘chadagi yomon qizlarga qo‘shilishi va uydan butunlay chiqib ketishidan boshlandi. Ikki yil ichida hayoti ostin-ustun bo‘ldi.

    Mahkuma Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik va fohishaxona saqlash) bilan ozodlikdan mahrum etilgan.

    U 16 yoshidan fohishalik qilgan, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan.

    “Yengil hayotni istab, uydan chiqib ketdim”

    — Ota-onam meni asrab olgan, juda yaxshi odamlar. Men noshukrlik qildim, yengil hayot ortidan quvib, oson yo‘llar bilan pul topishni xohlardim. Mehnatga bo‘ynim yor bermaydi, ishlashni yoqtirmasdim. Uydan chiqib ketib, ko‘chadan dugonalar orttirib, birgalikda ijarada yashay boshladik. Ishim yosh qizlarni yigitlarga gaplashib berish edi va shu orqali pul topardim. Harom ishdan kelgan foyda qancha ham bo‘lardi, faqat kundalik yeb-ichishimga yetardi, kayf-safoga sovurardim. Boshqa hech qancha pul orttirmadim. Mana endi yosh umrimni shu joyda o‘tkazyapman. Boqib olgan ota-onamda farzand bo‘lmagan, ukamni ham asrab olishgan. Moliyaviy qiyinchilik bo‘lmagan, ulardan doim yaxshi munosabat ko‘rganmiz, o‘qishimiz, rivojlanishimiz tarafdori edi. Barchasiga o‘zim sababchiman, — deydi mahkuma.

    Foto: “Daryo”

    “Nikohli farzandmanmi, bilmayman. O‘zim ham 15 yoshimda zo‘rlandim”

    — Tug‘gan onam meni tug‘uruqxonada tashlab ketgan ekan. Nikohli farzandmanmi, yo‘qmi, bilmayman. Tarbiyasi og‘ir deb, 14 yoshimda Qo‘qondagi bolalar koloniyasiga yuborishgan. O‘sha yerda ma’lumotlarim ko‘tarilganda, tug‘gan onamni topib, men haqimda xabar berishgan. Chiqqanimdan keyin onam bilan bir oy yashadik, lekin bir-birimizni tushunolmadik. Yana ikkinchi ota-onamnikiga qaytdim. U onam og‘ir ish qildirmasdi, faqat o‘qi derdi. Yoshim 15 ga yetganda bir dugonamning taklifi bilan tungi klubga bordik, u meni ochiq-sochiq kiyintirdi. O‘shanda birinchi marta spirtli ichimlik ichdim, hushim o‘zimda emasdi. Bir erkak zo‘rladi. Shu kundan boshlab hayotim barbod bo‘ldi, — deydi mahkuma.

    “Qilgan ishlarimdan pushaymon emasdim”

    Foto: “Daryo”

    — Bir ayol yordami bilan 16 yoshimda Moskvaga ketdim. Yo‘l xarajatlariga yordam berib, u yerda bolalariga enagalik qilishimni aytdi. Keyin hujjatlaringni rasmiylashtirib beraman deb, pasportimni oldi. Shu bilan qaytarib bermadi — meni sotib yubordi. Sakkiz oy fohishalik qildim. Bir o‘zbek insonning yordami bilan O‘zbekistonga qaytdim, vaqtinchalik pasport qilib berdi. Shundan keyin ham qilgan ishlarimdan pushaymon bo‘lmay, yana shu ishlarimda davom etdim. Ijaraga uy olib, tungi klubda ofitsiantlik qildim. Fohishalik qiladigan dugonalarim qo‘shmachilik bilan shug‘ullansam oson daromad kelishini aytishdi, — deydi mahkuma.

    “Oq libos kiyish armon bo‘ldi”

    — Hech kimning ustidan shikoyat qilib ariza yozmaganman, chunki hamma ayb o‘zimdaligini bilaman. Asrab olgan ota-onamning gapiga quloq solmay, jerkib, urishib tashlardim. Shu yerda o‘tirib, xatolarimni anglab yetyapman, barcha ishim uchun onamdan kechirim so‘rayman. Oq libos kiyolmadim, ko‘p narsa armon bo‘lib qoldi. Bilaman, endi kech, — deydi mahkuma.

    Videoni to‘liq holda YouTube’dagi “Daryo media” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    05.07.2024, 19:21   Izoh (0)   11716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘g‘rilik qilib 17 yoshida ozodlikdan mahrum etilgan mahkum nadomatlari (foto, video)

    25.04.2024, 13:10

    Qo‘shmachilik, OITS yuqtirishga urinish va farzandlar sog‘inchi. Panjara ortida jazo muddatini o‘tayotgan ayol nadomatlari (video)

    08.05.2024, 22:20

    “Hammasini kayf-safoga sarfladim” — 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan andijonlik xaker nadomati (video)

    11.05.2024, 23:28

    O‘zbekistonda 2024 yilning yozni birinchi oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi

    05.07.2024, 19:04

    O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda ko‘proq qaysi davlatlarga chiqayotgani ma’lum qilindi

    05.07.2024, 18:34

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi

    05.07.2024, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muxlislar tomonidan ortiqcha baholangan 7 turk qahramoni

    Kino | 12 avgust, 20:25

    Kavkazdagi “katta o‘yin”ning yangi sahifasi. Zangazur koridori ustidagi geosiyosiy raqobat

    Dunyo | 12 avgust, 20:12

    Yevropa Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam berdi

    Dunyo | 12 avgust, 19:55

    Nega ko‘pchilik smartfondan ko‘ra tugmachali telefonni afzal ko‘rmoqda?

    Layfstayl | 12 avgust, 19:40

    Prezident Buxorodagi 5 mingta xonadonda arzon issiqxonalar qurish vazifasini qo‘ydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:30

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Kelajakda Somon yo‘li Andromeda galaktikasi bilan to‘qnashishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 12 avgust, 19:25

    “Ovoz” ogohlantirildi: loyihada Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i bo‘yicha mualliflik huquqi buzilgan

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:13

    Argentinada Netanyaxuni mamlakatga kelgan taqdirda hibsga olish so‘ralmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.