• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida buyuk ayol turadi: Daholarni voyaga yetkazgan onalar

    Har bir ulug‘ insonning ortida buyuk ayol turadi. Qanday onalar o‘g‘illarini daho qilib tarbiyalaydi? Balki ular biror sirni bilar?

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Siyosatchilar, olimlar, aktyorlar, yozuvchilar, biznesmenlar va musiqachilar ham bir vaqtlar bola bo‘lgan. Ammo kim bilsin, agar ularning atrofida eng yaqin, aziz va mehribon odami — onasi bo‘lmasa, ular shunchalik muvaffaqiyatga erisha olarmidi? Lekin onalarning mehnatlari odatda soyada qoladi, shuning uchun adolat bilan yondashgan holda taniqli shaxslarning onalari haqidagi maqolani e’tiboringizga havola etamiz.

    Stiv Jobs – Apple korporatsiyasi va Pixar kinostudiyasi asoschisining onasi Klara Jobs, hisobchi, amerikalik arman

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Stiv asrab olingan bola. Ota-onasi – Klara va Pol Jobsning o‘z farzandi bo‘lmagani uchun ham uni juda kichikligidan boqib olishdi. Stiven 6 yoshga to‘lganida o‘zining kelib chiqishi haqidagi haqiqatni bilib qoladi, uni asrandi o‘g‘il deb atashganda doimo g‘azablanardi. Ammo ota-onasini dunyodagi eng aziz insonlari deb bilgan. Biologik onasi va singlisi bilan ilk bora 31 yoshida uchrashgan. Butun bo‘sh vaqtini bolaga bag‘ishlagan va har doim uni barcha harakatlarida qo‘llab-quvvatlagan onasini Stiv juda yaxshi ko‘rardi. Onasi har doim uning “o‘ziga xos, noyob va yagona ekanini, uni har qanday vaqtda sevishini va qo‘llab-quvvatlashini” takrorlardi. Stiv Apple I ustida ish boshlaganida, ota-onasining garajida birinchi ofisini tashkil etgan. Ish bo‘yicha qo‘ng‘iroqlariga baland ovozda javob berib, mijozga go‘yoki jiddiy kompaniyaga qo‘ng‘iroq qilgandek ko‘rsatishda uning onasi yordam bergan. Klara Jobs keyinchalik Silikon vodiysining bir qismiga aylangan birinchi yuqori texnologiyali kompaniyalardan birida hisobchi bo‘lib ishlagan.

    Stiven Spilberg – kinorejissor, prodyuser, ssenariy muallifining onasi Lea Pozner pianinochi, Ukrainadan kelgan yahudiy muhojirlar oilasidan 

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Stivenning onasi Lea to‘rt farzandni tarbiyalagan, shuning uchun u professional pianinochi sifatidagi faoliyatini erta tark etishga majbur bo‘lgan. Ular Ogayo shtatida yashagan, lekin negadir Spilberglar oilasini ko‘pchilik yoqtirmagan. Stiven ko‘zga tashlanmaydigan, ozg‘in, noodatiy, yahudiy bo‘lgani uchun bir marta kaltaklangan va sinfdoshlariga ko‘rinmaslikka harakat qilib, maktabdan uyga shoshiladigan bola bo‘lgan.

    Uning xonasida har doim tartibsizlik va axlat uyumi bo‘lsa-da, onasining qalbida muhabbat dengizi bor edi. Ota-onasi, ayniqsa, onasi unga deyarli hamma narsaga ruxsat bergan va uni qayta tarbiyalashga harakat qilmagan. Bo‘lajak rejissorning otasi bir kuni o‘g‘liga kamera sovg‘a qiladi, onasi esa hamma narsa, albatta, amalga oshishiga ishontiradi. Uning onasi hattoki o‘g‘lining havaskor filmlarining birida aktrisaga ham aylandi va butun ijodiy guruhni bepul ovqatlantirdi. Lea hatto bu borada shunday hazillashgan: “Agar men tarbiya haqida ozgina bilganimda, o‘g‘limni psixoanalitikga olib borgan bo‘lardim, lekin uning filmlari paydo bo‘lmasdi. Qanday bo‘lmasin, u har doim xohlagan narsasiga erishadi”.

    Nikola Tesla – olim-ixtirochining onasi Georgina Tesla, serb ruhoniysining qizi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Buyuk ixtirochining onasi Georgina besh farzandni dunyoga keltirgan, u ruhoniyning qizi edi va ruhoniyga turmushga chiqib, Xorvatiyada Smilyan oilasida yashagan. U qo‘l mehnati va to‘qish bo‘yicha usta bo‘lgan, o‘zi uy jihozlarini ixtiro qilgan va hatto to‘quv dastgohini yig‘gan. Nikolay ixtiro g‘oyasini onasidan olgan. U ota-onasini juda qadrlagan va hurmat qilgan, onasi har doim o‘ziga xos yaqin odami bo‘lib, unga barcha sirlari va fikrlari bilan murojaat qilishi mumkin edi. Ammo Tesla otasi va bobosi izidan borishni istamadi. Uni ruhoniy bo‘lish kerak, degan fikr ko‘p o‘ylantirar edi. Tesla otasiga bo‘ysunmaslikka va onasini xafa qilishga jur’at eta olmadi, ruhiy fanlar bilan shug‘ullanishga qaror qildi, lekin vabo bilan kasallandi va tirik qolishiga umidi qolmadi. Keyin otasi unga agar tuzalib ketsa, muhandislik fakultetigda o‘qishga ruxsat berishini tantanali ravishda va’da qildi, asosiysi, uning tuzalib ketishi edi. Nikola to‘liq sog‘aygach, Gratsdagi oliy texnika maktabga o‘qishga kirdi.

    Stiven King – “Dahshatlar qiroli” nomi bilan mashhur yozuvchining onasi Nelli Rut Pillsber, ingliz 

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Stiven tug‘ilganda Nelli Rut Pillsberi 33 yoshda edi. Aslida Nelli uzoq vaqt davomida shaxsiy hayotini tartibga sola olmagan, keyin dengiz savdogarining kapitani Donald Edvard Kingga turmushga chiqdi, ammo ularning farzandi bo‘lmadi. 1945-yilda er-xotin o‘g‘il asrab olishga qaror qildi. Bir muncha vaqt o‘tgach, shifokorlarning bashoratidan farqli o‘laroq, Stiven dunyoga keldi. Ammo endi juftlikning munosabatlari kundan kunga yomonlashib borardi. Bir kuni kechqurun turmush o‘rtog‘i sigaret chekishga chiqdi va qaytib kelmadi. Rut esa bolasiga otasini marsliklar olib ketganini aytdi. Darhaqiqat, u erining qandaydir ofitsiant bilan uchrashayotganini anchadan beri bilar edi.

    Nelli oilasini boqishi uchun ko‘p ishlashi kerak edi, natijada bolasi uchun deyarli vaqt ajrata olmasdi. U pianinochi ma’lumotiga qaramay, novvoyxonada xizmatkor, sotuvchi bo‘lib ishlagan. Onasi qattiqqo‘l, asabiy, ziqna ayol bo‘lsa-da, Stiven uni sevar va hamma narsa uchun minnatdor edi. Ehtimol, onasining sharofati bilan u buyuk yozuvchiga aylandi. Birinchi sinfga borishdan avval Stiven juda ko‘p kasal bo‘lar va zerikish ortidan o‘qishni o‘rgandi, komikslar to‘plamini o‘qidi va ularning biri asosida hikoya yozdi. Rut Stiven Kingning ijodi bilan birinchi bo‘lib tanishdi, u hamma narsani diqqat bilan o‘qib chiqdi va unga boshqa odamlarning hikoyalarini takrorlamaslikni, balki o‘zidan nimadir yozishni maslahat berdi. Bola buni qabul qildi, u bolalarga yordamga keladigan o‘rmon hayvonlari haqida yozdi va onasi buni ma’qulladi, u hatto Stivenga hayotidagi birinchi gonorarini ham berdi. Natijada o‘g‘il shu qadar ilhomlandiki, u dunyodagi eng mashhur yozuvchilardan biriga aylandi.

    Albert Eynshteyn – fizik, 300 dan ortiq ilmiy ishlar va nisbiylik nazariyasi muallifining onasi Paulina Eynshteyn (Kox), makkajo‘xori sotuvchisining qizi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Paulina bo‘lajak daho Albert tug‘ilgan joy – Ulmda (Bavariya) yashagan. U boy makkajo‘xori sotuvchisining qizi va matras va to‘shak uchun yung ishlab chiqaradigan kichik tadbirkor Hermann Eynshteynning rafiqasi edi. Hamma biladiki, maktabda Eynshteyn ajoyib qobiliyatlarga ega emas edi va hatto maktab diplomini ham ololmagan. Ular oddiy oilaviy hayot kechirgan va Paulinaning o‘zi qattiqqo‘l va qat’iy xarakteri bilan ajralib turardi. Albert o‘qishga qiynalar, lekin Paulina o‘g‘liga uning juda iste’dodli ekanligini takrorlashdan charchamasdi. U o‘g‘liga skripka chalishni o‘rganishga ishontirdi. Eynshteyn ko‘pincha skripka chalganda savollariga javob topdi va butun umri davomida musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qoldi.

    Ilon Mask – milliarder, SpaceX va Tesla kompaniyasi asoschisining onasi Mey Mask, Kanada-Janubiy Afrika modeli

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Mey hozir 73 yoshda va u hali ham millionlab muxlislarini hayratga soladigan mashhur model. U uchta farzandni tarbiyalagan, Meyning katta o‘g‘li Ilon raketalar uchiradi, qizi filmlar suratga oladi, kenja o‘g‘li esa muvaffaqiyatli restorator.

    Mey Janubiy Afrikadagi eng go‘zal qizlardan biri edi, u Errol Maskga turmushga chiqqanidan keyin Ilon, Kibmal va bir necha yildan so‘ng Toska tug‘ildi. U uchta farzandni katta qildi, model bo‘lib ishladi va o‘qidi. 1979-yilda Mey turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi va uch farzandi bilan Torontoga ko‘chib o‘tdi. Puli deyarli bo‘lmagan onaga oilani boqish oson kechmagan. Meyning farzandlari mustaqil ulg‘aygan, u bolalariga ortiqcha g‘amxo‘rlik qilmagan, ular uchun reja tuzmagan, uy vazifalarini tekshirmagan, lekin har doim “ideal ona” talabiga javob bergan. Ona va to‘ng‘ich o‘g‘ilning munosabatlari juda yaxshi, u bilan faxrlanadi, o‘g‘il esa onasiga Tesla avtomobillarini sovg‘a qiladi.

    Mavzuga doir:

    • Ota-onasi ularga ism tanlashga kuchli fantaziya bilan yondashgan mashhurlar (foto)
    • Farzandlariga og‘ir kasallik tashxisi qo‘yilgan mashhur ota-onalar (foto)
    • Madonna, Silvestr Stallone va farzandlarini qattiqqo‘llik bilan tarbiya qilayotgan boshqa mashhurlar (foto)

    30.11.2021, 15:21   Izoh (0)   27609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jahongir Otajonov ashula aytmasligi estradamiz uchun jinoyat”. Jahongir Otajonov Davron Kabulovning “7 yulduz” konsertida sahnaga chiqdi (video)

    30.11.2021, 13:41

    Kinoda yovuz qahramon, hayotda qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan aktyorlar (foto)

    30.11.2021, 11:43

    Instagram: Vayner Dili.me’ning gala konsertga aylangan to‘yi, Rayhon va Munisani yarashtirib qo‘ygan Davron Kabulov, Zarina Nizomiddinova namoz o‘qiydimi?

    29.11.2021, 22:24

    Foto: Ommaga arzon kiyim-kechakda ko‘rinish bergan mashhurlar

    29.11.2021, 19:39

    Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada?

    29.11.2021, 10:50

    Instagram: Dilshod Musabekov avariyaga uchradimi? Lexus’ini sotayotgan aktrisa, uyatsiz filmdagi ishtirok uchun katta pulni rad etgan aktyor

    28.11.2021, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.