• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Taniqli erkaklarning muvaffaqiyatga erishishida hissasi beqiyos bo‘lgan ayollar (foto)

    Dunyodagi eng mashhur va muvaffaqiyatli kishilarning hayotida muhim rol o‘ynagan ayollar kim ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Ilon Mask va Mey Mask

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mey bugungi kundagi eng muvaffaqiyatli va mashhur kishilardan biri bo‘lgan Ilonning onasi. O‘g‘lining 3 yoshligidayoq uning daho ekanini bilgan Meyni kichik Mask darhaqiqat mislsiz bo‘lgan narsani yaratish uchun iste’dodidan foydalana oladimi, degan savol bezovta qilgan. Bu haqda gap ketganda Mey “Mana, nega men unga boshidanoq sarmoya kiritdim”, — deydi.

    31 yoshida uch nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan ayolning hayotdagi asosiy maqsadi farzandlariga porloq kelajak uchun imkon berish bo‘lgan. O‘z biznesini ochgan va 24 soat davomida tinimsiz ishlagan. Farzandlariga mustaqil, marhamatli, halol, e’tiborli va nazokatli bo‘lish bilan birga, ko‘p ishlashni, yaxshilik qilishni o‘rgatgan. Ularning javobgarligi deb bilgani uchun uy vazifalarini tekshirmagan. Mey hech qachon bolalariga nimani o‘rganishlarini aytmagan. “Odamlar mendan qanday qilib bunday muvaffaqiyatli farzandlarni katta qilganim haqida tez-tez so‘raydi. Bunga ularning o‘z qiziqishlari izidan ketishiga izn berganim sabab bo‘lgan”, — deydi u.

    Ayol farzandlarini hech qachon erkalatmagani sabab ular hashamatdan yiroq bo‘lgan. Mey bolalarini kamtar bo‘lib qolishini afzal bilgan.

    Stiv Jobs va Loren Pauell Jobs

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Stiv Jobs rafiqasi Loren Pauell Jobs bilan 1989-yilda Stenford biznes maktabida ma’ruza o‘qigan kuni tanishgan va raqam almashgan. Bu haqda gap ketganda Stiv: “Men mashinalar to‘xtash joyida avtomobilni qizdirishga urinar ekanman: agar bu mening Yer sayyorasidagi so‘nggi tunim bo‘lsa, uni ish bilan bog‘liq uchrashuvda o‘tkazishni istaymanmi yoki bu ayol bilanmi, deb o‘yladim. Uning oldiga yugurib bordim va men bilan kechki ovqat qilishni istaysanmi, deb so‘radim. Ha, deb javob berdi, biz shaharga ketdik va o‘shandan boshlab hamisha birga bo‘ldik”, — degan.

    Birinchi farzandlari dunyoga kelganidan keyin Stivning hayot tarzi avvalgidan o‘zgargan. Jobs Lorenning u uchun naqadar muhimligini anglatib sevgi maktubi yozgan: “20 yil avval bir-birimiz haqimizda ko‘p narsa bilmasdik. Biz o‘z ichki hislarimizga ishondik va men seni aqldan ozadigan darajada yaxshi ko‘rdim. Avanida turmush qurganimizda qor yog‘gandi. Yillar o‘tdi, farzandlarimiz dunyoga keldi, yaxshi va og‘ir vaqtlar bo‘ldi, ammo hech ham yomoni bo‘lmadi. Bizning sevgimiz va o‘zaro hurmatimiz hammasini yengib o‘tib, yanada ko‘paydi”.

    Mark Sukerberg va Karen Kempner

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Karen Facebook asoschisi bo‘lgan Markning onasi. Mutaxassisligi psixiatr bo‘lgan ayol o‘zini farzandlariga bag‘ishlash maqsadida amaliyotdan voz kechgan va turmush o‘rtog‘ining ofis-menejeri sifatida faoliyat olib borgan. Markning otasi Edvard Sukerberg bergan intervyularida “Mening rafiqam — super ayol. U bir vaqtning o‘zida ishlash va uyda bo‘lishning uddasidan chiqadi”, — degan. Mark esa muvaffaqiyatlarga erishishida onasining xizmati kattaligini ta’kidlashdan charchamaydi: “Men nima bo‘lishidan qat’i nazar, onam bilan faxrlanishimni dunyo bilishini istayman va bu haqda tomdan turib baqirishga tayyorman”, — deydi Mark.

    Krishtianu Ronaldu va Mariya Dolores Dush Santush Aveyru

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Nochor oilada dunyoga kelgan Krishtianuning onasi Mariya oshpaz bo‘lib ishlagan. Qiyinchiliklarga qaramay, hamisha o‘g‘lining yonida bo‘lgan ayol bugungi kunda ham uni qo‘llab-quvvatlashdan charchamaydi. Ronalduni mashhur futbolchi bo‘lishiga uning hissasi katta. Mariya o‘g‘lining 14 yoshida maktabni tark etib bor diqqatini futbolga qaratish qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Aynan shu sabab ham bugungi kunda muvaffaqiyatli va mashhur futbolchining karyera bilan bog‘liq qarorlariga onasi hali hamon ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayver

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Arnold va Mariya ajrashganiga qaramay, ular hali hamon bir-biri bilan yaxshi munosabatda tug‘ilgan kunlarni ham birgalikda nishonlaydi hatto. Arnold 25 yil davomida birga hayot kechirgan rafiqasidan minnatdorligini yashirmaydi. “U hayratomuz va hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadigan ayol. Mariya bag‘oyat ajoyib ona”, — deydi u. Shuningdek, aktyor Mariya uning butun umrlik sevgisi ekanini aytib, munosabatlarida muammo kuzatilishini istamaganlarga xato qilmaslikni tavsiya qiladi.

    Kianu Rivz va Patrisiya Teylor

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kianu onasi bilan juda ham do‘stona munosabatda buni ularning 2020-yildagi qizil yo‘lakdagi suratlaridan ham bilsa bo‘ladi. Ommaga kamdan kam ko‘rinish beradigan Patrisiya aksariyat hollarda sahna ortida qoladi. Aktyor esa muvaffaqiyatli karyerasiga onasining hissasi katta ekanligini ta’kidlaydi. “Jon Uik” filmining taqdimotida aktyor onasiga bag‘ishlab nutq so‘zlagan. “15 yoshimda onamdan aktyor bo‘lsam bo‘ladimi, deb so‘raganimda: Nima xohlasang shuni qil, azizim, deb javob bergan. Hammasi shunday boshlangan”, — degan aktyor.

    Kichik Robert Dauni va Syuzan Dauni

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Baxtli juftlik ekaniga qaramay Robert va Syuzanning qiyinchilik va quvonchli lahzalarni o‘zida mujassam etgan o‘z hikoyasi bor. Avvaliga Syuzan Robertga qiziqmagan va uni g‘alati deb hisoblagan. U Robertning yomon odatlaridan qutulishiga yordam bergan, yomon qiliqlari ma’lum bo‘lganida uni tark etishni istagan, ammo tashlab ketolmagan. Robert tobora Syuzanga o‘xshab borgani va haligacha nima bo‘lganini tushunishga urinishini ta’kidlagan.

    Leonardo Di Kaprio va Irmelin Indenbirken

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Muvaffaqiyatli karyera uchun onasidan minnatdor bo‘lgan aktyor Irmelinni haqiqiy mo‘jiza deb biladi. “Men imtiyozli sharoitda katta bo‘lmadim. Sharqiy Los-Anjelesning jinoyatlarga boy tumanida o‘sib-ulg‘aydim. Onam meni boshqa maktabga olib borish va boshqa imkoniyatlar borligini ko‘rsatish uchun kuniga 3 soat sarflagan”, — deydi aktyor. Rossiyalik immigrantning qizi bo‘lgan Irmelin AQShga o‘smirlik vaqti kelib qolgan va farzandini yolg‘iz o‘zi katta qilgan. Leonardo onasining bolalikdagi suratlarini tomosha qilganda uning boshdan kechirganlarini o‘ylab, ko‘ziga yosh kelishini ta’kidlaydi.

    Jeff Bezos va Jaklin Bezos

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Onasi Jaklin Bezos bo‘lmaganida Jeff bugungi kunda Amazon’ga asos solmagan va dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatidan o‘rin olmagan bo‘lardi. “Onam meni 17 yoshida dunyoga keltirgan. 1964-yil Albukerkida maktab o‘quvchisining homiladorligi yaxshi qabul qilinmagan. Unga oson bo‘lmagan”, — deydi Jeff. Ayol ishga bazo‘r joylashganidan keyin oyiga 190 dollar topa boshlagan. Jaklin turli qiyinchiliklarga qaramay, hayotda o‘z o‘rnini topgan o‘g‘il tarbiyalashga muvaffaq bo‘lgan.

    Benedikt Kamberbetch va Vanda Ventxam

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Benediktning kelajakda aktyorlik kasbini tanlashiga onasi Vanda sababchi bo‘lgan. Bolaligidan onasi bilan birga teatrga borgani va shunday muhitda katta bo‘lgani kichik Kamberbetchga ta’sir qilmay qolmagan. Onasi bilan birga tez-tez ko‘rinish beradigan aktyor orzularini amalga oshirish uchun hamisha qo‘llab-quvvatlagani uchun onasidan minnatdor.

    Mavzuga doir:

    • Buyuk ayollar haqidagi eng yaxshi 10 film (foto)
    • Dunyodagi eng badavlat 5 ayolning muvaffaqiyat sirlari
    • Erining xiyonati moda imperiyasiga asos solishiga sabab bo‘lgan Enne Burda hikoyasi

    11.07.2021, 16:57   Izoh (0)   36943
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Juliya Roberts, Megan Foks va boshqa go‘zal aktrisalar kimga ko‘ngil qo‘ygan? (foto)

    10.07.2021, 17:55

    Gollivud yulduzlari — Juliya Roberts, Anjelina Joli va boshqalarning qizlari qanday ko‘rinishga ega (foto)

    10.07.2021, 08:44

    Instagram: Jahongir Ortiqxo‘jayev qizining to‘yi, klipda Sitora Farmonovaning haydovchisiga aylangan Shohruxxon, Moskvaga ketgan Nilufar Usmonova

    09.07.2021, 22:24

    Foto: 74-Kann festivalining ochilish marosimiga tashrif buyurgan yulduzlarning eng esda qolarli obrazlari

    09.07.2021, 21:58

    Engin Akyurek va Tolga Saritash ishtirokidagi yangi loyihaning suratga olish ishlari boshlandi

    09.07.2021, 19:56

    Anjelina Joli va Bred Pitt hamda farzandlariga vasiylik qilish huquqi uchun sudlashgan boshqa mashhur ota-onalar

    09.07.2021, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent shahrida issiq suv quvuri yorilishi fonida gidravlik sinovlar to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 23:00

    Qozog‘istonda uchuvchilar ko‘zini lazer bilan qamashtirganlar jazolanadi

    Qozog‘iston | 10 iyul, 22:46

    Chilonzor tumanida kambag‘allik darajasi yarim yilda 2,2 foizga tushdi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 22:28

    AQSHda o‘qishni istagan xorijlik talabalar Netanyaxu va Trampga qarshi tanqidiy postlarni o‘chirishmoqda

    Dunyo | 10 iyul, 22:10

    AQSHda sud Trampning “tug‘ilganlik asosida fuqarolik” bermaslik farmonini to‘xtatdi

    Dunyo | 10 iyul, 21:50

    “Tottenhem” “shaharliklar” qiziqish bildirayotgan futbolchiga ega chiqish niyatida — Romano

    Sport | 10 iyul, 21:38

    Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat loyihalari bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 21:33

    “Liverpul” futbolchisi “Real”ga erkin agent sifatida o‘tmoqchi

    Sport | 10 iyul, 21:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.