• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi (foto)

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur majmua davlat rahbarining 2020-yil 28-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan, o‘sha yili 17-aprelda uning qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Birinchi bosqichda qariyb 20 gektar maydonda texnopark barpo etilmoqda. U maʼmuriy markaz, tadqiqot va rivojlanish markazi (R&D), farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti hamda vivariyni o‘z ichiga oladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugungi kunda maʼmuriy markaz qurib bitkazilgan. 11 qavatli ushbu binoda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, konferensiya zali, kovorking markazi, biznes inkubator, kutubxona, soha tarixi muzeyi joylashgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari ushbu markazni va navbatdagi inshootlar qurilishini ko‘zdan kechirdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Klasterdan asosiy maqsad yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro innovatsion tizimga integratsiyalashish, yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish, malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu keng ko‘lamli maqsadlardan kelib chiqib, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan 190 gektar yer maydoni ajratilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hozirgi kunda bu yerdagi sanoat zonasida umumiy qiymati 818 million dollarlik 21 ta loyiha joylashtirilgan. Ularning birinchisi – Grand Pharm Logistics Hub tomonidan 40 million dollarlik distribyutorlik markazi ishga tushirildi va 300 ta ish o‘rni yaratildi. Korxonalar Turkiya, Hindiston, Xitoy, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident ushbu loyihalar tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Investitsiyalarni jalb etish va qo‘llab-quvvatlash izchil davom ettirilishini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kelgusida sanoat zonasida yana 620 million dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Umuman, klasterda yuqori sifatli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi, import bo‘layotgan mahsulotlar mahalliylashtiriladi, 8 ming ish o‘rni yaratiladi. Zarur amaliyotlar markazi (GxP) tovarlarning tayyorlanishidan isteʼmolchiga yetib borishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda xalqaro standartlarga muvofiqlik va sifatni taʼminlashga ko‘maklashadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbariga shu yerda barpo etiladigan Farmatsevtika texnik universiteti haqida axborot berildi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unda farmakopeya markazi, kutubxona, sport majmuasi, o‘qituvchilar va chet ellik xodimlar uchun turar joy bo‘ladi. Sanoat farmatsiyasi, biokimyo va biotibbiyot, biotexnologiya, biofarmatsevtika, bioinformatika kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Buning uchun taʼlim xalqaro dasturlar asosida yo‘lga qo‘yiladi, mikrobiologiya, biotexnologiya, xujayra biologiyasi, farmakologiya, tahliliy kimyo kabi laboratoriyalar tashkil etiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Universitetga joriy o‘quv yilida ilk talabalar qabul qilindi. Prezident ular bilan muloqotda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Biz rivojlangan davlatlardan investorlar olib kelyapmiz. Ular O‘zbekistonga qanday qilib baho beradi? Sizlar bilan muloqot qilib. Mamlakatimizning boyligi – yoshlar! Farmatsevtika bo‘yicha ham eng yaxshi dasturlarni qo‘llab, kelajak uchun mutaxassislarni tayyorlab olmasak, boshqalarga pul to‘laymiz, bog‘liq bo‘lib qolamiz. Shuning uchun zamonaviy universitet tashkil qilib, dual taʼlimni yo‘lga qo‘yyapmiz. Bu yerda ham bilim olasizlar, ham o‘qiganlaringizni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur o‘quv yurti bitiruvchilariga Koreya respublikasining Yonse, Buyuk Britaniyaning Sanderlend va De Montfort universitetlarining xalqaro miqyosda tan olinadigan diplomlari beriladi. Shuningdek, Dandi, Pusan va Purdyu universitetlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

    Foto

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    18.12.2024, 19:55   Izoh (0)   3882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi barcha davlat universitetlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi

    06.12.2024, 21:00

    Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan 483 kishi afv etildi

    06.12.2024, 20:16

    Yangi elektropoyezdda Hojikentga borgan prezident, afv etilgan 483 kishi, Toshkent—Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha yo‘lga qo‘yiladigan “Afrosiyob”: 6-dekabrning eng...

    06.12.2024, 23:05

    Prezident “G‘elon” turistik zonasini tashkil etish bo‘yicha qarorni imzoladi

    07.12.2024, 13:00

    Navoiyga 2025-yili tarmoq korxonalaridan tashqari 2 mlrd dollar investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda

    07.12.2024, 15:16

    Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazil...

    07.12.2024, 20:28

    “Halol mehnatingiz va shijoatingiz uchun katta rahmat” — Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

    08.12.2024, 12:55

    Toshkent viloyatiga 2025-yili 5 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilmoqda

    10.12.2024, 16:43

    Netanyaxu Suriyaga bostirib kirish bilan tahdid qildi 

    11.12.2024, 12:10

    Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimini tark etishi kutilmoqda

    11.12.2024, 12:42

    Janubiy Koreya prezidenti ofisi tintuv qilindi 

    11.12.2024, 13:55

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi etib tayinlanadi

    11.12.2024, 14:50

    O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda

    11.12.2024, 14:37

    Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

    11.12.2024, 18:34

    Tramp Baydenni Ukrainaga ajratilgan pullarni o‘zlashtirishda aybladi 

    11.12.2024, 17:05

    WP: Ukraina Asadni ag‘dargan guruhlarga yordam bergan 

    11.12.2024, 18:05

    Yangidan tashkil qilingan tadbirkorlar rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlari maqbullashtiriladi

    11.12.2024, 19:25

    “Har bir yosh toifasidagi inson bog‘da o‘z joyini topa olsin” – prezident qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    11.12.2024, 19:44

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    11.12.2024, 20:00

    Rossiya razvedka xizmati Asadga Suriyani tark etishga yordam bergan — Bloomberg

    11.12.2024, 20:13

    Suriya isyonchilari Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi (video)

    11.12.2024, 22:10

    Markaziy bank raisi etib tayinlangan Ishmetov, poytaxt bo‘ylab o‘rnatiladigan bayram archalari, Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan qonun loyihalari: 11-dekabr...

    11.12.2024, 22:25

    Rossiya AQSH bilan yangi mahbuslar almashinuvini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi 

    11.12.2024, 23:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.